Mahkamov Ilhomjon Turdalievichning 
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini texnika yo‘nalishi kasbiy faoliyatida qo‘llash metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – «Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10136
Ilmiy rahbar: Xanbabaev Xakimjon Ikramovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc. 10/2025.27.12.T.01.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qurbonov Jasur Akmaljonovich – Qo‘qon davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, (bir martalik  ilmiy kengash a’zosi);  Bekmurzaev Nurxon Xayitovich – Toshkent davlat transport unversiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini texnika yo‘nalishi kasbiy faoliyatida qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
texnik yo‘nalish talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini orttirish, raqamli savodxonlikka oid kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida differensial yondashuv asosida metodik tizim mazmuni, mantiqiy tarkibiy tuzilishi aniqlangan va takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan;
pedagogik jarayonni dinamik boshqarish texnologiyalarini ishlab chiqishda (www.eduhelper.uz ta’limiy platformasi) interaktiv vositalar (interaktiv doska, onlayn platformalar)dan foydalanish, ta’lim texnologiyalari (Project Based learning, Inquiry based learning, Problem based learning)ning raqamli imitatsiyasini qo‘llash orqali fanlarni o‘qitishning mantiqiy tuzilmasi va metodikasi takomillashtirilgan;
pedagogik jarayonni loyihalashda didaktik uchlik (didaktik triada) asosida ta’lim mazmuni, innovasion texnologiyalar, raqamli vositalarni mujassamlashtirish orqali kontentning adaptivligi ta’minlangan va respodentlarning kasbiy mahoratini rivojlantirishning mantiqiy modeli raqamli-innovasion jihatdan takomillashtirilgan;
ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirishning mantiqiy modelidan foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar va qaytar-aloqa (feedback) tizimlari ishlab chiqilgan,  kasbiy mahorat darajasini orttirish va rivojlantirish  texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini texnika yo‘nalishi kasbiy faoliyatida qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
texnika yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi talabalarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, o‘zlashtirishning boshlang‘ich va o‘rganish darajasiga qarab individual ta’lim rejasini tuzish texnologiyasini ishlab chiqishga oid tavsiyalar «Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash» nomli darslik mazmunini qamrab oladi va ta’lim tizimiga qabul qilingan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-551/22-son dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalarini texnika yo‘nalishi kasbiy faoliyatida qo‘llash metodikasini nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish imkoni oshirilgan;
texnika yo‘nalishlarga oid fanlarni o‘qitishning mantiqiy tuzilmasi interaktiv vositalardan (interaktiv doska, onlayn platformalar) foydalanish texnologiyasini raqamli imitatsiya yordamida loyihalashning pedagogik  tizimini takomillashtirishga oid takliflar «Informatika va raqamli texnologiyalar» nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini qamrab oladi va ta’lim tizimiga qabul qilingan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-551/22-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur takliflar bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirish imkonini bergan; 
texnika yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirishning ta’lim mazmunini raqamli didaktikaning interaktivlik, simulyasiya kabi jihatlari adaptivligini ta’minlovchi raqamli vositalarni (video darslar, interaktiv taqdimotlar, o‘quv o‘yinlari) yaratishga o‘rgatish usulini takomillashtirishga oid tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika instituti Informatika kafedrasining 2022-2023 yillarda bajarilgan "RoboGirls"  amaliy loyiha bajarilishida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorining 2024-yil 7-dekabrdagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuv va natijalar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning sifat va samaradorligini ta’minlash imkonini bergan; 
texnika yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi talabalarda kasbiy mahoratning intensiv rivojlanishini ta’minlash texnologiyasi shaxsiy fikr-mulohazalar, amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va kasbiy muammolarni hal qilishda yordam beradigan qaytar-aloqa (feedback) tizimlarini takomillashtirishga oid takliflar «Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash» nomli darslik mazmunini qamrab oladi va ta’lim tizimiga qabul qilingan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-avgustdagi 22-01-551/22-son dalolatnomasi). Natijada, mutaxassislarni tayyorlashda auditoriya va auditoriyadan tashqari jarayonda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasi samaradorligining ortishiga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish