Aliev Shokir Jo‘raqulovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Solih Kashfiy Termiziyning adabiy mahorati”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (tojik tili va tojik adabiyoti) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4109.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ramazon Jumaqulovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.08.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Husniddin Pirimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mirzaev Xayyom Toshqulovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Solih Kashfiy Termiziyning hayoti, devoni va asarlarining tarkibiy qismi, she’riyatidagi tasavvufiy motivlar, ijodkor poetik mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Termiz adabiy maktabi vakillari Xuroson, Hind diyorlarida ham ijod etganligi, adabiyot va san’at rivojiga katta hissa qo‘shganligi Muhammad Solih Kashfiy Termiziy adabiy merosi orqali aniqlanib, shoir ijodidagi ilohiy ishqqa etishmaslik, hayot va o‘lim falsafasi, fano va baqo singari tragizm hamda murshid-murid, sham va parvona, may va mayxona, ma’shuq, gul kabi tasavvuf motivlarining faol qo‘llanilgani ochib berilgan;
Boburiylar hukmronligi ostida bo‘lgan Hindiston diyorida Termiziy sayyidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ijodiy mahorati, asarlarining mavzu-mundarijasi yoritilib, g‘azal, muxammas, soqiynoma, masnaviy, mustazod, ruboiy, musaddas kabi janrlarning taraqqiy etganligi va insonparvarlik, xalqchillik singari gumanistik g‘oyalar asarlar tarkibiga singib ketganligi aniqlangan;
Muhammad Solih Kashfiy Termiziy “Devon”ining genezisi aniqlanib, undagi “Manoqibiy Murtazoviy”, “E’jozi Mustafaviya”, “Risolai musiqiy”, “Ruboiyyot”, “Shohid Qudsiy” kabi asarlaridagi san’at, islom tarixi, tasavvuf nazariyasi kabi turli xil yo‘nalishlarni o‘zida jamlaganligi hamda mazkur asarlarida tavsif, tashbeh, tajnis, kinoya, majoz, istiora, ishtiqoq, irsoli masal singari san’atlardan mohirona foydalanganligi aniqlangan;
Kashfiyning “Manoqibi Murtazoviy” asari tarkibi, mavzulari undagi g‘oyalar ko‘lami, tarixiy voqealarning real tasviri hamda shoir har bir nasriy va nazmiy bayonlarni lafziy va ma’naviy san’atlari bilan boyitganligi, boshqa asarlaridan farqli ravishda ahli bayt hayoti, siyrati, suratiga bag‘ishlanganligi, muhaddislar, mutasavvif zotlar asarlari va salaf shoirlar ijodi bilan asoslaganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVI asr oxirlari XVII boshlarida Termiz adabiy muhitining etuk vakili Kashfiyning boy adabiy merosini tadqiq etishda olingan ilmiy natijalar asosida:
Termiz adabiy maktabi vakillari Xuroson, Hind diyorlarida ham ijod etganligi, adabiyot va san’at rivojiga katta hissa qo‘shganligi Muhammad Solih Kashfiy Termiziy adabiy merosi orqali aniqlanib, shoir ijodidagi ilohiy ishqqa etishmaslik, hayot va o‘lim falsafasi, fano va baqo singari tragizm hamda murshid-murid, sham va parvona, may va mayxona, ma’shuq, gul kabi tasavvuf motivlarining faol qo‘llanilgani ochib berilganligidan A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy va 2017- 2020 yillarda amalga oshirilgan F3-2016-0908165532 - raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotni rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024 yil 10 oktyabr`dagi №198/7-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida keltirilgan bandlarning ruhiy, tarbiyaviy, odob-axloq va insoniy fazilatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularidan keng foydalanishga xizmat qilgan;
Boburiylar hukmronligi ostida bo‘lgan Hindiston diyorida Termiziy sayyidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ijodiy mahorati, asarlarining mavzu-mundarijasi yoritilib, g‘azal, muxammas, soqiynoma, masnaviy, mustazod, ruboiy, musaddas kabi janrlarning taraqqiy etganligi va insonparvarlik, xalqchillik singari gumanistik g‘oyalar asarlar tarkibiga singib ketganligi aniqlangan xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 2024 yil “Termiziylar avlodimiz” va “Buyuk Termiziylar” rukni ostida tayyorlangan “Kashfiy Termiziy” va boshqa Termiziylar haqidagi xalqchil risolalarni tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024 yil 16 sentyabr`dagi №01-07/122-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanishi orqali bir qator Termiz adabiy muhiti tarixi, termiziy sayyidlarning adabiyot va san’atga salmoqli hissa qo‘shganligi, Kashfiy Termiziy hayoti va boy merosini teranroq o‘rganish, Boburiylar saroyida Termiziy sayyidlar o‘ziga xos ilmiy-adabiy maktab yaratganligini hamda adabiy manbalarni tavsiflash va ularni tadqiq etish metodini o‘rganishga yo‘l ko‘rsatgan;
Muhammad Solih Kashfiy Termiziy “Devon”ining genezisi aniqlanib, undagi “Manoqibiy Murtazoviy”, “E’jozi Mustafaviya”, “Risolai musiqiy”, “Ruboiyyot”, “Shohid Qudsiy” kabi asarlaridagi san’at, islom tarixi, tasavvuf nazariyasi kabi turli xil yo‘nalishlarni o‘zida jamlaganligi hamda mazkur asarlarida tavsif, tashbeh, tajnis, kinoya, majoz, istiora, ishtiqoq, irsoli masal singari san’atlardan mohirona foydalanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida bajarilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2024 yil 21 noyabr`dagi №02/515-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi orqali Boburiylar sulolasining siyosiy arboblari Akbarshoh va Shohjahon davrida vujudga kelgan bir qator adabiy an’analar va ularning badiiy ahamiyati, shuningdek, xattotlik, rassomchilik badiiy san’atining rivojlanishi hamda tariqat ahli bo‘lgan shoirlar merosini o‘rganish imkoniyatiga zamin hozirlagan;
Kashfiyning “Manoqibi Murtazoviy” asari tarkibi, mavzulari undagi g‘oyalar ko‘lami, tarixiy voqealarning real tasviri hamda shoir har bir nasriy va nazmiy bayonlarni lafziy va ma’naviy san’atlari bilan boyitganligi, boshqa asarlaridan farqli ravishda ahli bayt hayoti, siyrati, suratiga bag‘ishlanganligi, muhaddislar, mutasavvif zotlar asarlari va salaf shoirlar ijodi bilan asoslaganligi ochib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanalida efirga uzatilgan “Bedorlik”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ranginkamon” va “Adabiy jarayon” kabi teleko‘rsatuv va eshittirishlar senariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024 yil 29 oktyabr`dagi 01-13-1694-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning qo‘llanishi XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asr boshlaridagi Termiziy sayyidlar she’riyati, badiiy san’at, xattotlik va adabiyotga qo‘shgan hissalarini o‘rganishga xizmat qilgan.