Suyunova Dilfuza Dilmurod qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy qilish orqali korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integrasiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4844.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Malik Naimovich – iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.16/2025.27.12.I.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Berdinazarov Zafar Ulashovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnolgiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy qilish orqali aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv samaradorligini oshirishga oid ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
rivojlangan mamlakatlarda korporativ boshqaruv tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishga oid tajribalarni o‘rganish va tahlil qilish asosida “korporativ boshqaruvni transformatsiyalash”, “raqamli korporativ boshqaruv” va “sun’iy intellektga asoslangan korporativ boshqaruv” kabi tushunchalarga mualliflik ta’riflari hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida korporativ boshqaruvning tizimini shakllantirish va uning samaradorligini oshirishga uslubiy yondashuv ishlab chiqildi;
aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli korporativ boshqaruvni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvning raqamli modellari ishlab chiqilib, raqamlashtirishga ta’sir qiluvchi omillar va risklarni baholashning metodologik asoslari takomillashtirildi;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llashning joriy holati va uning samaradorligi, shuningdek korporativ boshqaruv jarayonlarida sun’iy intellektni joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari takomillashtirildi;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni raqamlashtirish samaradorligini integral baholashga qaratilgan metodika ishlab chiqilib, unda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektga yo‘naltirilgan investisiyalarning boshqaruv xarajatlariga ta’siri kompleks tarzda hisobga olindi. Taklif etilgan yondashuv asosida normallashtirilgan ko‘rsatkichlar va integral indeks shakllantirilib, aksiyadorlik jamiyatlarining raqamli korporativ boshqaruv samaradorligini qiyosiy baholash ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy qilish orqali korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“korporativ boshqaruvni transformatsiyalash”, “raqamli korporativ boshqaruv” va “sun’iy intellektga asoslangan korporativ boshqaruv” kabi tushunchalarga mualliflik ta’riflari hamda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosida korporativ boshqaruvning tizimini shakllantirish va uning samaradorligini oshirishga uslubiy yondashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (2026-yil 6-fevraldagi 01/181-sonli ma’lumotnoma), “O‘zsanoatqurilishbank” AJ (2026-yil 5-fevraldagi 7-sonli ma’lumotnoma) va “O‘zkimyosanoat” AJ (2026-yil 6-fevraldagi 19-321-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Uning natijasida jamiyatlari xodimlari va tinglovchilarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy qilish asosida korporativ boshqaruvning samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirishga imkon yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli korporativ boshqaruvni transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvning raqamli modellarini joriy etish, raqamlashtirishga ta’sir qiluvchi omillar va risklarni baholash usuli), “O‘zsanoatqurilishbank” AJ (2026-yil 5-fevraldagi 7-sonli ma’lumotnoma) va “O‘zkimyosanoat” AJ (2026-yil 6-fevraldagi 19-321-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilgan. AJ larda korporativ boshqaruv samaradorligi ko‘rsatkichining 7-10 foizgacha (85-120 ball) o‘sishiga erishgan. Raqamli echimlar asosida mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish va foyda o‘sishi hisobiga yangi ish o‘rinlarini yaratish, xodimlar daromadlarining o‘sishi va ularning ijtimoiy farovonligini yaxshilash imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llashning samaradorligiga ta’siri va korporativ boshqaruv jarayonlarida sun’iy intellektni joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha takliflarning “O‘zsanoatqurilishbank” AJ (2026-yil 5-fevraldagi 7-sonli ma’lumotnoma) va “O‘zkimyosanoat” AJ (2026-yil 6-fevraldagi 19-321-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilishi natijasida raqamlashtirish salohiyatidan foydalanish darajasi 3 foizga, jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 4 foizga oshgan va boshqaruv xarajatlari 2,3 foizga qisqartirildi. Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish korxonalar faoliyatida shaffoflik va samaradorlikni oshirib, aksiyadorlar manfaatlarini yaxshiroq himoya qilishga xizmat qiladi;
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni raqamlashtirish samaradorligini integral baholash uslubiyoti “O‘zsanoatqurilishbank” AJ (2026-yil 5-fevraldagi 7-sonli ma’lumotnoma) va “O‘zkimyosanoat” AJ (2026-yil 6-fevraldagi 19-321-sonli ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy etilib, aksiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.