Ismoilov Xursandbek Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy konussimon qobiqning deformatsiyalanuvchi muhit bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi (Nestatsionarnoe vzaimodeystvie krugovix konicheskix obolochek s deformiruemoy sredoy)”.
01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2025.4.PhD/FM1408
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xasanov Askar Zabievich, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.FM/T.09.03
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mardonov Batirjan: texnika fanlari doktori, professor. Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich: texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan doiraviy elastik konussimon qobiqlarning nostatsionar buralma tebranishlari matematik modelini yaratish va ularning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi ko‘chish va kuchlanishlarni aniqlash algoritmini ishlab chiqishdan hamda olingan tenglamalar asosida deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan doiraviy elastik konussimon qobiqlarning nostatsionar buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalarni tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
doiraviy kesik konussimon qobiqning deformatsiyalanuvchi tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi hisobga olingan holda dinamik yuklanishlar ta’siri ostidagi doiraviy konussimon qobiqning nostatsionar buralma tebranishlari hisobining matematik modeli  takomillashtirilgan;
deformatsiyalanuvchi tashqi muhitning mexanik xossalarini hisobga olib doiraviy konussimon qobiqning nostatsionar buralma tebranishlarida uning ixtiyoriy kesimidagi nuqtalarining kuchlangan deformatsiyalangan holatini aniqlashga imkon beruvchi sonli algoritimi yaratilgan;
deformatsiyalanuvchi tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi doiraviy kesik konussimon qobiqning buralma tebranishlari amaliy masalasi qo‘yilgan hamda masalaning qo‘yilishiga mos bo‘lgan qulay echish usuli ishlab chiqilgan;
deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan doiraviy konussimon qobiqning buralma tebranishlarida unga ta’sir etuvchi dinamik kuchlar va momentlar ta’sirini hisobga olgan holda doiraviy kesik konussimon qobiq kesimlarida yuzaga keluvchi ko‘chish va kuchlanishlarini hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
gruntda joylashgan konussimon sterjenning buralma tebranishlari Kulon modelini hisobga olgan holda exsperimental tadqiqotlar asosida aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Deformatsiyalanuvchi muhitda joylashgan doiraviy kesik konussimon qobiqning nostatsionar buralma tebranishlari bo‘yicha olingan umumiy natijalari asosida:
geologik ishlarni amalga oshirishda burg‘ulash paytida shtanganing buralishidan uning uchida hosil bo‘ladigan qarshilik Samarqand shahar “Geofundament project” MChJ korxonasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” ning 2025 yil 24 iyun 37-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijasida, doiraviy konussimon qobiqlarning buralma tebranishlarida qobiq ko‘ndalang kesimi sohalarida paydo bo‘ladigan eng katta urinma kuchlanishni aniqlash natijasida, konussimon qobiqda hosil bo‘ladigan tebranishlarni shtanga tizimining mustahkamlik parametrlariga mos tarzda optimallashtirishga imkon yaratiladi, natijada material sarfi xarajatlari 4–5 % ga qisqargan;
buralish deformatsiyalari va ularning dinamik parametrlaridan, shtanganing buralish bikrligidan va uning uchidagi tuproq siljishidan bog‘liq ravishda aniqlangan muhit qarshiligi “O‘ZGAShKLITI” loyiha qidiriv tashkilotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi” ning 2025 yil 24 iyun 37-06/7004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada burg‘ulash shtangasining buralma tebranishlarning asosiy dinamik parametrlarini aniqlash, uning oxirida doiraviy konus o‘rnatiladi, ishqalanishga ega bo‘lgan gruntga tiqiladi. Statsionar bo‘lmagan tebranishlarni uning sirtidan shtangaga uzatiladigan moment ta’siridagi zo‘riqishlarni aniqlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Shtanga sirtidagi kuchlarni tashqi momentlardan hisoblash natijalari ichki kuchlarni aniq aniqlash imkoniyatini beradi, bu muftaning ishonchliligini oshirishga shuningdek moliyaviy xarajatlarni 5-6% ga kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish