Maxsudova Gulnora Muxammadjonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik asoslari” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8240 
Ilmiy rahbar: Mamajonov Shuxratjon Asqarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fargʻona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.10.08.
Rasmiy opponentlar: Xushvaktova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qo‘ychieva Mojizaxon Abdumannopovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ekologik ta’limni modernizatsiyalashning ilmiy-konseptual tahlili asosida ekologik bilim, dunyoqarash va faollikni ekologik tarbiyaga yo‘naltirish, ekologik bilimlarni amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, tabiiy-ekologik ta’limni tarbiyaviy fanlar bilan o‘zaro integrallashuvini ta’minlash hamda tabiiy fanlar mazmunini ekologik bilimlarni rivojlantiruvchi amaliy va nazariy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy ekologik ta’limda o‘quvchilarning ekosavodxonligini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ekologik savodxonlikni oshiruvchi ekologik, biologik, antropologik, gigienik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qo‘llashga o‘rgatuvchi interfaol metodlardan ko‘rgazmali, amaliy va integrativ yondashuvlar orqali foydalanish asosida dalillangan;
ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirish modeli – maqsadli, mazmunli, jarayonli va natijaviy komponentlar integratsiyasi asosida ekosavodxonlikni shakllanganlik darajalari (yuqori, o‘rta va quyi) aniqlashga xizmat qiluvchi   kognitiv, operativ va refleksiv mezonlar rivojlanganligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik tizimi va texnologik asoslari ekologik ta’limni zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli dasturlar yordamida modernizatsiyalash, raqamli metodlar, virtual texnologiyalar yordamida zamonaviylashtirish va ekologik ta’limni diniy-axloqiy ekologik tarbiya bilan uyg‘unlashtiruvchi metodologiyaga ustuvorlik berishga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchida ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik asoslari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik tizimi, didaktik vazifalar va texnologik asoslaridan iborat tuzilmasining imkoniyatlari ochib berilgan va ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida zamonaviy ekologik ta’lim – tarbiyani amalga oshirishga mos taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligiga doir taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishi 37-bandi “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy portreti”ni yaratish loyihasi bo‘yicha Harakatlar dasturini ishlab chiqish, targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 2-avgustdagi 251/1-son dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning metodik asoslari bo‘yicha targ‘ibot materiallarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirish modeli maqsadli-mazmunli yondashuvlar, strategik faoliyatli komponentlar, hamda texnologiyani amalga oshiruvchi kognitiv, operativ va refleksiv bosqichlar ketma-ketligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №314-26-sonli nashr ruxsatnomasi chop etilgan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4165/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashga xizmat qilgan; 
ekologiya darslarida o‘quvchilarning ekosavodxonligini rivojlantirishning pedagogik mazmuni ekologik savodxonlikni oshiruvchi axborotlarni qidirish, yig‘ish, o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish va ekologiya darslarida hamda darsdan tashqari holatlarda qo‘llashga o‘rgatuvchi interfaol metodlaridan ko‘rgazmali, amaliy va integrativ foydalanish asosida dalillanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-133-sonli “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi, qayta tiklanadigan energiya resurslari va aholi salomatligi” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 13-avgustdagi 11-05-4165/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllanganlik darajasini ko‘rsatuvchi mezonlar, uning samaradorlik darajalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida ekologik tarbiyaning tarkibiy asosini ekologik bilim, dunyoqarash va faollik bilan o‘zaro integrallashuvini belgilash hamda tabiiy fanlar mazmunini tarbiyaviy fanlar bilan bog‘lash asosida integrativ ta’limni tashkil etish asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar “Ekologiya o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №122377-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada ekologik ta’limni modernizatsiyalash jarayonida o‘quvchilarda ekosavodxonlikni shakllantirish tuzilmasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish