Bobomurotov Tojiddin G‘aybulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta chigitidan kalta momiq ajratish jarayoni texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3 PhD/T5977
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Sirojiddinov Fazliddin Nasriddinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta chigitidan kalta momiq ajratish jarayonining samaradorligini oshiruvchi, chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi resurstejamkor, takomillashtirilgan texnologiyani ishlab chiqish va ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
chigit mexanik shikastlanishining tuksizlangan chigit chiquvchi to‘siqning geometrik o‘lchamlariga bog‘liqligi aniqlangan hamda aylana sirtli shakl o‘rniga ko‘p qirrali kamera qo‘llash asosida chigitdan kalta momiq ajratish jarayonining takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ko‘p qirrali kamerada kalta momiqni ajratish jarayonida ishqalanish kuchining qamrash burchagiga bog‘liqligi sim cho‘tkali baraban aylanishlar sonining turli xil qiymatlarida aniqlangan;
kalta momiqni ajratish jarayonida normal bosim kuchining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi texnologik tirqish va aylanishlar soniga bog‘liqligi Eyler tenglamasi asosida aniqlangan;
chigitdan kalta momiq ajratish samaradorligining ishchi kameradagi qovurg‘a balandligi, soni va baraban aylanishlar soniga bog‘liqligi to‘liq omilli ko‘p faktorli regression modellar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Paxta chigitidan kalta momiq ajratish jarayoni texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
takomillashtirilgan delinter mashinasi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri “Sara Urug‘ Qo‘qon” MChJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29-yanvardagi № 05/04-04-136-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi kameraning geometrik o‘lchamlari uchun ratsional konstruktiv ko‘rsatkichlar aniqlandi va ularni qo‘llash orqali chigitning mexanik shikastlanish darajasi 1,5% ga, qizishi 6,5% ga kamayishiga erishilgan. Shu bilan birga, tuksizlantirilgan chigit bo‘yicha mashinaning ish unumdorligi o‘rtacha 16,06 % ga, chigitning unuvchanligi esa mavjud ko‘rsatkichga nisbatan 3,5% ga oshirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish