Safarova Shahlola Amin qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlaridagi an’anaviy boblarning manbalari va qiyosiy tahlili”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3358
Ilmiy rahbar: Amonova Zilola Qodirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.07
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; G‘oyipov Dilshod Qadamboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy “Xamsa” asari tarkibidagi dostonlarning an’anaviy boblari (hamd, munojot, na’t)ni o‘zaro qiyoslash va mazkur boblarning manbalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Hayrat-ul abror” an’anaviy boblarining strukturasi “Qur’oni Karim”dagi “Fotiha” surasi tarkibi va mazmuni bilan bir xil ekanligi ilk marotaba dalillangan, asardagi boblarning tuzilishi, miqdori muallifning g‘oya va maqsadiga xizmat qilganligi aniqlangan;
“Xamsa” dostonlari tarkibidagi hamdlar mazmun-mohiyati bilan bir nuqtada birlashsa-da, har bir doston hamdida muallif dunyoqarashining badiiy ifodasida ilohiy-irfoniy manbalar asos bo‘lganligi tadqiq etilgan;
munojot boblarda qazo va qadar, qiyomat kabi diniy tushunchalar, karam, afv va malomat motivlari talqinida manba va ijodiy g‘oya mutanosibligi ochib berilgan;
mumtoz adabiyotda na’t boblarining an’anaviyligi va bu borada Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi na’tlarning o‘ziga xosligi, shoir ilohiy-irfoniy qarashlarining badiiy in’ikosi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlaridagi an’anaviy boblarning manbalari va qiyosiy tahlili tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Alisher Navoiy “Xamsa” dostonlaridagi an’anaviy boblar(hamd, munojot, na’t)ning manbalariga oid yangi ma’lumotlar, nazariy fikrlar va manbalarga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining
2025-yil 17-maydagi 01/4-2011-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha Alisher Navoiy dostonlaridagi an’anaviy boblarning manbasiga oid yangi ma’lumotlar, shuningdek, ilmiy asoslangan kuzatish va qarashlar bilan boyitilgan;
“Xamsa”ning an’anaviy boblaridagi Qur’oni Karim va Hadisi Sharif bilan bog‘liq sharh, tahlil va ma’lumotlar, ulardagi me’roj hodisasining ifoda etilishi davomida to‘plangan yangiliklarga oid xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan “PZ-20170926459 raqamli Navoiyshunoslik tarixi (XX-XXI asrlar)” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17- maydagi 01/4-2012-son ma’lumotnomasi). Natijada “Xamsa” tarkibidagi dostonlarning anʼanaviy boblari tadqiqiga bag‘ishlangan tadqiqotlarning asosiy mazmuni kabi masalalarga doir muhim nazariy xulosalar chiqarishga erishilgan; “Xamsa” dostonlarining an’anaviy boblari (hamd, munojot, na’t)dagi baytlarning manbalari bo‘lgan Qur’oni Karim va Hadisi Sharif bilan bog‘liq sharhlar va qiyosiy tahlillar badiiy ifodalanganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniyasining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Ta’limdagi muammolar”, “Muloqot va munozara” teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniyasining 2025-yil 20-fevraldagi 01-09-66-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi oshgan, yangi manbalar bilan boyigan.