Jumanova Shaxnoza Ikromjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida peyzaj tipologiyasi (Usmon Azim, Shavkat Rahmon, Xurshid Davron ijodi misolida)”, 10.00.02 - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil692.
Ilmiy maslahatchi: Qobilova Zeboxon Bakirovna. Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Amonova Zilola Qodirovna filologiya fanlari doktori, professor; Almaz Ulvi Binnatova filologiya fanlari doktori, professor, Abdullaeva Dildora Zumradbekovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatidagi peyzaj tasvirlarining tipologiyasi va badiiy-estetik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk marotaba XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xurshid Davron ijodi misolida peyzaj tasvirlarining badiiy-estetik, falsafiy va ijtimoiy qatlamlari aniqlanib, ularning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan;
milliy estetik tafakkur va qadriyatlarning peyzaj vositasida badiiy ifodalash mexanizmlarining yangicha poetik talqini yaratilgan; milliy madaniyat hamda tarixiy xotiraning peyzaj orqali badiiy tasvirlash qonuniyatlari ilmiy asoslanib, tabiat tasvirlari orqali insonning ichki kechinmalari, ijtimoiy muhit va tabiat manzaralari o‘rtasidagi uyg‘unlik adabiy-nazariy tahlil qilinib, zamonaviy peyzaj poetikasining konseptual asoslari belgilangan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida peyzajning mavsumiy, ramziy, urban, pastoral, tarixiy va ekzisensial turlari tasnifi amalga oshirilib, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xurshid Davron lirikasi misolida poetik funksiyalari va estetik vazifalari tizimlashtirilgan;
XX asr so‘nggi choragida o‘zbek peyzaj lirikasining modern va postmodern adabiy tafakkur bilan o‘zaro aloqasi aniqlanib, milliy adabiyotdagi evrilish tenensiyalari, ijtimoiy hayotdagi shiddatli o‘zgarishlarni peyzaj lirikasi orqali ifodalash mexanizmlari tahlil qilingan;
o‘zbek she’riyatidagi peyzajlarni ramziylik va madaniy identifikatsiya nuqtai nazaridan tahlil qilish asnosida milliy poetika tizimidagi o‘rni va funksional roli bo‘yicha yangi nazariy yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ilk marotaba XX asr so‘nggi choragi o‘zbek she’riyatida Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xurshid Davron ijodi misolida peyzaj tasvirlarining badiiy-estetik, falsafiy va ijtimoiy qatlamlari aniqlanib, ularning o‘zaro mushtarak va farqli jihatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan o‘rinlaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi anjumanlarning rejalarini ishlab chiqish va o‘tkazishda foydalanilgan. (2025-yil 19-noyabrdagi №10/768-son ma’lumotnomasi). Natijada anjumanning ilmiy-ma’rifiy jihatdan saviyasining yuksalishiga, badiiy adabiyotning inson va tabiat o‘rtasidagi aloqadorlik munosabatlari holatini ochib berishga erishilgan;
milliy estetik tafakkur va qadriyatlarning peyzaj vositasida badiiy ifodalash mexanizmlarining yangicha poetik talqini yaratilgan; milliy madaniyat hamda tarixiy xotiraning peyzaj orqali badiiy tasvirlash qonuniyatlari ilmiy asoslanib, tabiat tasvirlari orqali insonning ichki kechinmalari, ijtimoiy muhit va tabiat manzaralari o‘rtasidagi uyg‘unlik adabiy-nazariy tahlil qilinib, zamonaviy peyzaj poetikasining konseptual asoslari belgilanganligi haqidagi nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (2025-yil 9-dekabrdagi №04/1-5898-sonli ma’lumotnomasi).Natijada, milliy poetika tizimidagi o‘rni va funksional roli bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi nazariy yondashuvlar fundamental loyihaning boyishiga xizmat qilgan;
o‘zbek she’riyatidagi peyzajlarni ramziylik va madaniy identifikatsiya nuqtayi nazaridan tahlil qilish asnosida milliy poetika tizimidagi o‘rni va funksional roli bo‘yicha yangi nazariy yondashuv ishlab chiqilgan va tahlilga tortilgan o‘rinlaridan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan.(Qo‘qon universitetining 2025-yil 29-dekabrdagi №01/03-3208-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida platforma adabiy ta’sir va izdoshlik masalalariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek she’riyatida peyzajning mavsumiy, ramziy, urban, pastoral, tarixiy va ekzisensial turlari tasnifi amalga oshirilib, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xurshid Davron lirikasi misolida poetik funksiyalari va estetik vazifalari tizimlashtirilgan o‘rinlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy tanqid kengashi hisobot yig‘ilishlarida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tgan adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va “mahorat darslari”da, Adiblar xiyobonida talabalar ishtirokida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan. (2025-yil 29-dekabrdagi 01-03/494 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yosh ijodkorlar va ilmiy izlanuvchilarning adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, xususan, o‘zbek she’riyatida peyzaj tipologiyasini shakllantiruvchi asosiy uslubiy va tematik yo‘nalishlarni aniqlash, Usmon Azim, Shavkat Rahmon va Xurshid Davron ijodida peyzaj tasvirlari orqali inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikning poetik talqinini o‘rganish, XX asr so‘nggi choragida o‘zbek she’riyatida peyzaj tasvirlarining umumiy badiiy xususiyatlarini tushunish yuzasidan ko‘nikmalari rivojlangan;
XX asr so‘nggi choragida o‘zbek peyzaj lirikasining modern va postmodern adabiy tafakkur bilan o‘zaro aloqasi aniqlanib, milliy adabiyotdagi evrilish tenensiyalari, ijtimoiy hayotdagi shiddatli o‘zgarishlarni peyzaj lirikasi orqali ifodalash mexanizmlari tahlil qilingan xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariylarining 2022-2023-yil hamda 2024-yil yanvar va fevral oylari sonlarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan berilgan 2025-yil 28-noyabrdagi №05-09-1909 son ma’lumotnoma). Natijada, ijodkorlarning poetik qarashlari va estetik tamoyillarida peyzaj tasvirlari orqali ifodalangan g‘oyalari haqidagi nazariy xulosalar eshittirishning mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
XX asr boshlari poeziyasida yangi vazn va shakllarning paydo bo‘lishi, she’riyatning har tomonlama yangilanishi, poetik obrazlar yaratishdagi an’anaviy yondashuvlarning o‘zgarishi; ijtimoiy muhit va tabiat manzaralari o‘rtasidagi uyg‘unlik adabiy-nazariy tahlil qilinib, zamonaviy peyzaj poetikasining konseptual asoslari belgilanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Turkiya Respublikasi, Karabuk universiteti qoshidagi Chingiz Aytmatov nomidagi Turk dunyosi amaliy tadqiqotlar markazi boshqarmasining O‘zbek tili va adabiyoti kurslarida qo‘llanilgan hamda Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti Turk tili va adabiyoti bo‘limida TED730 Turk dunyosi, TRE 229 Zamonaviy turkiy shevalar I, TRE 331
Zamonaviy turk dunyosi adabiyoti II kurslari uchun materiallarni tayyorlashda foydalanilgan. ( 2025-yilning 10-noyabrdagi №7481740-251.51-996215 son ma’lumotnomasi). Erishilgan ilmiy natijalar talabalarning qardosh bo‘lmagan xalqlar adabiy asarlarini qiyosiy o‘rganish borasida keng tasavvurlarini rivojlantirishga, adabiyot nazariyasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.