Qurbonov Nodirjon Buriboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik sifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Fil4168.
Ilmiy rahbar: Enazarov Tolib Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.10.05.
Rasmiy opponentlar: Ganieva Dildora Azizovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ergashev Abduxalim Abdujalilovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning nazariy masalalari, motivasiyasi, tasnifi, derivasion jihatlari, leksik-semantik tarkibini tahlil qilish asosida chog‘ishtirma aspektda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning metaforik va metonimik asosli onomastik birliklar ekanligi, ob’ektning shakliy o‘xshashligi va assotsiatsiyasi, antropomorf va zoomorf tasavvurlarning obrazli toponominatsiyani hosil qilish xususiyatlari Supatog‘, Oqbosh, Tumshuq, Qangshar, Beshqo‘l, Tojik, Shohimardonobod / Saddle Hill, Bigfoot, Sweet Lips, Snake Island, Essex, New London kabi nomlanishlar misolida lingvistik va etimologik jihatdan asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillarida obrazli toponimlar lingvistik va ekstralingvistik omillar: mehnat faoliyati, joyning etnik, antroponimik, ma’naviy-madaniy va tabiiy xususiyatlari, joy nomlarining ko‘chishiga bog‘liq holda yuzaga kelishi Moygir, Nayman, Ilonsoy, Kulolon, Kavsar, Qatormoya, So‘xobod / Pala, Frisby, Dunstable, Appleton, Felixkirk, Frogmore, New Boston kabi nomlanishlar misolida isbotlangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlar motivatsiyasi va tizimli leksik-semantik tasnifi, funksional xususiyatlari sifatida manzilni ifodalashi, inson sog‘ligi uchun foydali yoki zararli bo‘lishi Abduamin, Minglar, Laylakuya, Ayronko‘l, Jilonsoy, Oqsuv / Franklin, Sussex, Eagle River, Devil Town, Bear Creek, Sweetwater Creek kabi nomlanishlar misolida asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarga xos bo‘lgan onomastik-derivatsion jihatlar Nayzatosh, Tovoqsoy, Jiydakapa / Emerald, Blackwater, Gunpowder kabi toponimlar misolida, obrazli toponimlarning deonimik derivatsiyasi farg‘onalik, musichalik, qoshqayronlik / American, Washingtonian, New Yorker kabi derivatlar misolida, onimizatsiya va transonimizatsiya Archa, Pichoqchilik, Ahmadbek / Oake, Swinethorpe, Albert Town kabi nomlanishlar misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarni chog‘ishtirma tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarning metaforik va metonimik asosli onomastik birliklar ekanligi, ob’ektning shakliy o‘xshashligi va assotsiatsiyasi, antropomorf va zoomorf tasavvurlarning obrazli toponominatsiyani hosil qilish xususiyatlari Supatog‘, Oqbosh, Tumshuq, Qangshar, Beshqo‘l, Tojik, Shohimardonobod / Saddle Hill, Bigfoot, Sweet Lips, Snake Island, Essex, New London kabi nomlanishlar misolida lingvistik va etimologik jihatdan asoslanganligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan «Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun «Bolalar raqslari» fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish» mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, «O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati»ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025 yil 23 iyundagi 1/04-268-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarga xos nazariy ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli toponimlarga xos bo‘lgan onomastik-derivatsion jihatlar Nayzatosh, Tovoqsoy, Jiydakapa / Emerald, Blackwater, Gunpowder kabi toponimlar misolida, obrazli toponimlarning deonimik derivatsiyasi farg‘onalik, musichalik, qoshqayronlik / American, Washingtonian, New Yorker kabi derivatlar misolida, onimizatsiya va transonimizatsiya Archa, Pichoqchilik, Ahmadbek / Oake, Swinethorpe, Albert Town kabi nomlanishlar misolida dalillanganligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan «O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish» mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, «O‘zbek fol`klor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati»ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024 yil 14 oktyabrdagi 1/04-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental loyiha o‘zbek va ingliz toponimikasi bo‘yicha muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida obrazli toponimlar lingvistik va ekstralingvistik omillar: mehnat faoliyati, joyning etnik, antroponimik, ma’naviy-madaniy va tabiiy xususiyatlariga bog‘liq holda yuzaga kelishi, obrazli toponimlarning motivatsiyasi, leksik-semantik tasnifi, obrazli toponimlarning funksional xususiyatlari sifatida manzilni ifodalashi, inson sog‘ligi uchun foydali yoki zararli bo‘lishi asoslanganligiga doir xulosalaridan 2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariylari va Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuvlari va radioeshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining 2024 yil 14 oktyabrdagi 26-36-909-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar uchun toponimlarning shakllanishi va tarixiy etimologiyasi bo‘yicha tayyorlangan materiallarning mazmunini ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish