Ismoilov Obid Tashtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalangan qorin churralarida gernioplastika usulini tanlashni asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4692.
Ilmiy rahbar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jabaev Safarboy Tuxtabaevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
residivli va operatsiyadan keyingi ventral churralar bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini separatsion gernioalloplastikani qo‘llash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tibbiy amaliyotda separatsion gernioalloplastikaning turli usullarini residiv va operatsiyadan keyingi katta hamda gigant o‘lchamdagi ventral churralarda (W3, W4 – EHS tasnifiga ko‘ra) qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar KT ma’lumotlari hamda asoratlar rivojlanish ehtimolini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
ilk bor old va orqa separatsion gernioalloplastika variantlariga qarab bemorlarda davolash natijalari va asoratlar xususiyatlarini baholash hamda operatsiya usulini tanlash bo‘yicha patomorfologik o‘zgarishlarga asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan.
rekonstruktiv-tiklash gernioplastikasining turli variantlarida semizlik (IMT ≥ 35 kg/m²), qandli diabet va bemor yoshi mavjud holatda mahalliy va umumiy asoratlar (Clavien–Dindo bo‘yicha) shakllanish xavfini ko‘p omilli tahlil yordamida aniqlangan.
amaliyotda ilgari qo‘llanilmagan yondashuv asosida katta va gigant o‘lchamdagi residiv va operatsiyadan keyingi ventral churralarda separatsion gernioalloplastikaning turli variantlari samaradorligi operatsiyadan keyingi asoratlar, residiv va letallikning kamayishi orqali klinik jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalangan qorin churralarida gernioplastika usulini tanlashni asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.08.2025 y. 23/02-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tibbiy amaliyotda separatsion gernioalloplastikaning turli usullarini residiv va operatsiyadan keyingi katta hamda gigant o‘lchamdagi ventral churralarda (W3, W4 – EHS tasnifiga ko‘ra) qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar KT ma’lumotlari hamda asoratlar rivojlanish ehtimolini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (14.03.2025 y. 132U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: residiv va operatsiyadan keyingi qorin devori churralari bilan kasallangan bemorlarda churra hajmi hamda kompyuter tomografiyasi asosidagi abdominometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha separatsion churratikuv amaliyotini o‘tkazish uchun aniq ko‘rsatmalarni belgilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: residiv va operatsiyadan keyingi qorin devori churralari bilan kasallangan bemorlarda churra hajmi hamda kompyuter tomografiyasi asosidagi abdominometrik ko‘rsatkichlar bo‘yicha separatsion churratikuv amaliyotini o‘tkazish jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 5625400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: separatsion gernioalloplastika o‘tkazish uchun asosiy ko‘rsatma bu — KT abdominometriya ma’lumotlari bo‘yicha churra xaltasining hajmi qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatan ≥25% bo‘lgan holatlar hisoblanadi. Katta va gigant o‘lchamdagi (W3, W4 – EHS) residivli ventral churralarda old va orqa separatsion gernioalloplastika o‘tkazilishi operatsiyadan keyingi asoratlar, residiv (3,6%) va o‘lim holatlari (1,8%)ni kamaytirishda klinik jihatdan asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor old va orqa separatsion gernioalloplastika variantlariga qarab bemorlarda davolash natijalari va asoratlar xususiyatlarini baholash hamda operatsiya usulini tanlash bo‘yicha patomorfologik o‘zgarishlarga asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (14.03.2025 y. 132U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta va gigant o‘lchamdagi qorin devori churralari (W3, W4 – EHS) bo‘lgan bemorlarda rekonstruktiv jarrohlik usulini tanlash uchun maxsus algoritm ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: old va orqa separatsion gernioalloplastika variantlariga qarab bemorlarda jarrohlik aralashuvi usulining samaradorligi ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 15024100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: separatsion gernioplastikadan o‘tgan bemorlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, old separatsion gernioplastikadan so‘ng yaraga oid asoratlar sezilarli darajada ko‘proq uchragan (erta davrda 8,9%, kech davrda 10,7%) va bu ko‘rsatkichlar orqa separatsion gernioplastikaga nisbatan yuqori (erta va kech davrda tegishli ravishda 3,6%).
uchinchi ilmiy yangilik: rekonstruktiv-tiklash gernioplastikasining turli variantlarida semizlik (IMT ≥ 35 kg/m²), qandli diabet va bemor yoshi mavjud holatda mahalliy va umumiy asoratlar (Clavien–Dindo bo‘yicha) shakllanish xavfini ko‘p omilli tahlil yordamida aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (14.03.2025 y. 132U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tananing nisbiy og‘irlik indeksi 35 kg/m² va undan yuqori bo‘lgan semizlik hamda qandli diabet kabi xavf omillari old tomondan bajarilgan separatsion churra gernioplastika amaliyotidan keyin mahalliy asoratlarning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega ekani aniqlandi va shu asosda orqa tomondan bajariladigan usulni qo‘llash uchun ilmiy jihatdan asoslangan ko‘rsatmalar belgilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizlik hamda qandli diabet kabi xavf omillari old tomondan bajarilgan separatsion churra gernioplastika amaliyotidan keyin operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: xavf omillari mezonlarini tahlil qilish natijasida qandli diabet va semizlik (IMT ≥ 35 kg/m²)ning operatsiyadan keyingi mahalliy asoratlar (Clavien–Dindo I va III daraja) shakllanishiga statistik jihatdan ishonchli ta’siri borligi aniqlangan, bu holat faqat old separatsion gernioplastikada kuzatilgan. Orqa separatsion gernioplastikada bunday bog‘liqlik aniqlanmagan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: amaliyotda ilgari qo‘llanilmagan yondashuv asosida katta va gigant o‘lchamdagi residiv va operatsiyadan keyingi ventral churralarda separatsion gernioalloplastikaning turli variantlari samaradorligi operatsiyadan keyingi asoratlar, residiv va letallikning kamayishi orqali klinik jihatdan asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (22.05.2025 y. 59-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali (14.03.2025 y. 132U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi erta davrda asoratlar va o‘lim holatlarini kamaytirish maqsadida suyuqlik to‘planishlarini (seroma, gematoma) UTT nazorati ostida navigatsion punksiya orqali kuzatish hamda kompartment-sindromning oldini olish uchun qorin ichi bosimini monitoring qilish asoslab berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: katta va gigant o‘lchamdagi residiv va operatsiyadan keyingi ventral churralarda separatsion gernioalloplastikaning turli variantlari samaradorligi bilan intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 9855450 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: erta operatsiyadan keyingi asoratlarni aniqlash va davolashda UZI nazoratida navigatsion punksiya orqali suyuqlik to‘planmalarini (seroma, gematoma) tekshirish va bajarish birinchi 3–5 kun ichida zarur hisoblanadi. Kompartment-sindromning oldini olish maqsadida qorin ichi bosimini (VBD) operatsiya boshlanishidan oldin, operatsiya tugashidan oldin va operatsiyadan keyingi birinchi sutkada kamida 3 marta o‘lchash zarur. Separatsion gernioplastikadan so‘ng churraning residiv sababi 3,6% holatda to‘r implantini olib tashlashga olib kelgan yallig‘lanishli asoratlar bo‘lgan. Kompartment-sindrom rivojlanishi esa o‘lim holatlarining asosiy sababi hisoblanadi.