Baxramova Farangiz Nuriddin qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Homilador va tug‘ruqdan keyingi davrdagi ayollarda surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni kompleks davolashni takomillashtirish, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Tib1060.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sokolovich Nataliya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitida homilador va emizikli ayollarni kompleks davolash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polimer zanjir reaksiyalaridan olingan tadqiqot natijalari, og‘iz bo‘shlig‘idan olingan qirindida gerpes virusini aniqlanishi, kasallikning bosqichi va davomiyligiga bog‘liqligi, virus nekrozga uchragan to‘qimada aniqlanmasligi, ammo sirkulyator qonda virus antitelasi saqlanib qolishi isbotlangan;
homiladorlik va laktatsiya davridagi gormonal o‘zgarishlar, gormonlarning qonga me’yoridan ortiqcha chiqarilishi va so‘lakda erkin holatda gormonlar hosil bo‘lishi hujayralar differensiatsiyasiga ta’sir qilishi va bukkal epiteliy hujayralari funksiyasining buzilishiga olib kelishi, natijada latent virusli infeksiyaning avj olishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
residivlar chastotasi va immun tizim holati o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik, T-xelperlarni T-supressorga nisbati 2,6±0,2ga oshishi hamda sitokinlarning disbiotik holati kasallik rivojlanishining erta prediktorlari ekanligi isbotlangan;
og‘iz bo‘shlig‘i gomeostazi holati so‘lak tarkibi, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi, immun tizimining himoya xamda tartibga solish xususiyatlari, shuningdek, epiteliotsitlar funksiyasi bilan chambarchas bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqligi, ushbu bo‘g‘inlardan biridagi o‘zgarish muqarrar ravishda boshqalarga ta’sir qilishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi muvozanatni buzishi aniqlangan;
homilador va emizikli ayollarda surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni davolashda fotodinamik terapiya va proteflazid preparatini qo‘llash samaradorligi asoslangan;
fotodinamik terapiyaning qizil spektorli nurlari latent gerpes virusining faollashuviga sabab bo‘lgan immun holat va lokal hujayra muvozanatining buzilishiga bilvosita kompleks ta’siri ostida kasallikning davolash muddatini 3,2±0,9 kunga qisqarishi, residivlar sonini kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17 noyabr` 29/50-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor polimer zanjir reaksiyalaridan olingan tadqiqot natijalari, og‘iz bo‘shlig‘idan olingan qirindida gerpes virusini aniqlanishi, kasallikning bosqichi va davomiyligiga bog‘liqligi, virus nekrozga uchragan to‘qimada aniqlanmasligi, ammo sirkulyator qonda virus antitelasi saqlanib qolishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/125-sonli xulosasi “Effektivnost` kompleksnogo lecheniya xronicheskogo residiviruyushhego gerpeticheskogo stomatita u beremennix i kormyashhix jenjin” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №878-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №9 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-82% bemorlarda surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni davolash muddatini qisqartirdi va remissiya davrini 3-4 barobarga uzaytirdi. Hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va maxalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Cheklangan miqdordagi (95 nafar) bemorlarni o‘rganishda iqtisodiy samara 4,75 million so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n marta oshishi mumkin. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 89%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirildi hamda remissiyaning sezilarli darajada uzaytirilishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va laktatsiya davridagi gormonal o‘zgarishlar, gormonlarning qonga me’yoridan ortiqcha chiqarilishi va so‘lakda erkin holatda gormonlar hosil bo‘lishi hujayralar differensiatsiyasiga ta’sir qilishi va bukkal epiteliy hujayralari funksiyasining buzilishiga olib kelishi, natijada latent virusli infeksiyaning avj olishiga sabab bo‘lishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/126-sonli xulosasi “Osenka funksional`nogo sostoyaniya bukkal`nix epiteliotsitov u beremennix i kormyashhix jenshhin s xronicheskim residiviruyushhim gerpeticheskim stomatitom” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №879-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №8 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni xomilador va emizikli ayollarda tashhislash sifatini takomillashtirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi bemorlarni (95 ta) o‘rganishda iqtisodiy samara 4745000 so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshishi mumkin.
uchinchi ilmiy yangilik: residivlar chastotasi va immun tizim holati o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik, T-xelperlarni T-supressorga nisbati 2,6±0,2ga oshishi hamda sitokinlarning disbiotik holati kasallik rivojlanishining erta prediktorlari ekanligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/124-sonli xulosasi “Osenka immunologicheskogo statusa beremennix i kormyashhix jenshhin s xronicheskim residiviruyushhim gerpeticheskim stomatitom” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №862-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №10 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni xomilador va emizikli ayollarda tashhislash sifatini takomillashtirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi bemorlarni (95 ta) o‘rganishda iqtisodiy samara 4745000 so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshishi mumkin.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i gomeostazi holati so‘lak tarkibi, og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi, immun tizimining himoya xamda tartibga solish xususiyatlari, shuningdek, epiteliotsitlar funksiyasi bilan chambarchas bog‘liqligi va o‘zaro bog‘liqligi, ushbu bo‘g‘inlardan biridagi o‘zgarish muqarrar ravishda boshqalarga ta’sir qilishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi muvozanatni buzishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/125-sonli xulosasi “Effektivnost` kompleksnogo lecheniya xronicheskogo residiviruyushhego gerpeticheskogo stomatita u beremennix i kormyashhix jenjin”, 20.05.2025 № 01-r/126-sonli xulosasi “Osenka funksional`nogo sostoyaniya bukkal`nix epiteliotsitov u beremennix i kormyashhix jenshhin s xronicheskim residiviruyushhim gerpeticheskim stomatitom” va 20.05.2025 № 01-r/124-sonli xulosasi “Osenka immunologicheskogo statusa beremennix i kormyashhix jenshhin s xronicheskim residiviruyushhim gerpeticheskim stomatitom” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №878-14-197-TB/2025-sonli, №879-14-197-TB/2025-sonli, №862-14-197-TB/2025 buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №9 – sonli, №8 – sonli, №10 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni xomilador va emizikli ayollarda tashhislash sifatini takomillashtirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi Cheklangan miqdordagi (95 nafar) bemorlarni o‘rganishda iqtisodiy samara 4,75 million so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n marta oshishi mumkin. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 89%ni tashkil etgan.
beshinchi ilmiy yangilik: homilador va emizikli ayollarda surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni davolashda fotodinamik terapiya va proteflazid preparatini qo‘llash samaradorligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/125-sonli xulosasi “Effektivnost` kompleksnogo lecheniya xronicheskogo residiviruyushhego gerpeticheskogo stomatita u beremennix i kormyashhix jenjin” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №878-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №9 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijasida 80-82% bemorlarda surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni davolash muddatini qisqartirdi va remissiya davrini 3-4 barobarga uzaytirdi. Hayot sifatini yaxshilash va mehnat qobiliyatini oshirishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan davolash usullari bemorlarning davolash samarodorligini oshirib, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samarani pul ko‘rinishida hisoblash, kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra umumiy va maxalliy davo uchun sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Cheklangan miqdordagi (95 nafar) bemorlarni o‘rganishda iqtisodiy samara 4,75 million so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n marta oshishi mumkin. Xulosa: An’anaviy davolash kursiga nisbatan tavsiya etilgan kompleks davolash iqtisodiy samaradorligi 89%ni tashkil etgan. Shuningdek, davolanish kunlari o‘rtacha 5-7 kunga qisqartirildi hamda remissiyaning sezilarli darajada uzaytirilishiga olib keldi.
oltinchi ilmiy yangilik: fotodinamik terapiyaning qizil spektorli nurlari latent gerpes virusining faollashuviga sabab bo‘lgan immun holat va lokal hujayra muvozanatining buzilishiga bilvosita kompleks ta’siri ostida kasallikning davolash muddatini 3,2±0,9 kunga qisqarishi, residivlar sonini kamayishi Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.05.2025 № 01-r/125-sonli xulosasi “Effektivnost` kompleksnogo lecheniya xronicheskogo residiviruyushhego gerpeticheskogo stomatita u beremennix i kormyashhix jenjin” uslubiy tavsiyalarda asoslangan. Ilmiy yangiliklarni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, hususan, Toshkent shahar Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga (2025 yil 1 iyul` №878-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i bilan) hamda Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi (2025 yil 14 iyul` №9 – sonli buyrug‘i bilan) amaliyotiga tatbiq qilindi. Ijtimoiy samaradorligi: tadbiq qilish natijalari surunkali qaytalanuvchi gerpetik stomatitni xomilador va emizikli ayollarda tashhislash sifatini takomillashtirishga yordam beradi, bu o‘z navbatida mahalliy klinik va immunologik ko‘rsatkichlarni va hayot sifatining stomatologik parametrlarini yaxshilaydi, shuningdek, kompleks davolash samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: samarali laboratoriya usulini tanlashni optimallashtirish imkonini beruvchi uslubiy tavsiyalarni qo‘llash natijasida cheklangan miqdordagi bemorlarni (95 ta) o‘rganishda iqtisodiy samara 4745000 so‘m bo‘lsa, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich o‘n barobarga oshishi mumkin.