Valieva Farangiza Sadikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pastki jag‘ning sinishi bo‘lgan bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining og‘riq disfunksiyasini davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4105.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib. 17.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupov Ruslan Dakkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sakarya universiteti (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘simtasining yuqori sinishlaridan keyin bemorlarda chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining og‘riqli disfunksiyasini davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlaridan keyin chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im tuzilmalarining topografik deformatsiyasi natijasida og‘riq disfunksiyasi kuzatilgan bemorlarda kompleks morfofunksional tadqiqotlar asosida chaynash apparatining yaxlitligi buzilishi xamda chaynashda yuklama noteng taksimlanishi va masseter va medial qanotsimon mushaklarning haddan tashqari qisqarishi, lateral qanotsimon mushaklarning bo‘shashi asoslangan;
pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlari mavjud bemorlarda mushak-bo‘g‘im disfunksiyasining klinik kechishiga xos xususiyatlar aniqlanib, og‘riq sindromi rivojlanishi 88,1% holatlarda, tishlov okklyuziyasining buzilishi esa 91,7% holatlarda kuzatilishi ilmiy asoslangan;
pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlari mavjud bemorlarda elektromiografik tadqiqot natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, chaynov mushaklarining bioelektrik faolligi amplitudasi fiziologik me’yorlarga nisbatan ishonchli darajada pasayganligi aniqlangan, jumladan, miorelaksatsiya holatida o‘rtacha ko‘rsatkich 191,3±35,7 mkV ni, funksional yuklama — mastikatsiya jarayonida esa 124,6±27,4 mkV ni tashkil etgan bo‘lib, bu holat neyromushak uzatilishining samaradorligi pasayishi va motor birliklar rekrutmentatsiyasining cheklanishi bilan izohlangan;
bo‘g‘im o‘sig‘i sinishlaridan keyin pastki jag‘ bo‘g‘imi og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlarni bosqichli tashxislash (EMG, UTT, MSKT va psixoemotsional testlash) hamda kam jarohatli endoxirurgik aralashuvlar va funksional reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash sxemasini qo‘llanilishi natijasida asosiy guruh bemorlarida shifoxonada yotish muddati o‘rtacha 17,4±3,8 kunni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri esa 26,5±3,9 kunni tashkil etgani ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida 15 yanvar` 2025 yilda imzolangan 11/37-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlaridan keyin chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi bo‘g‘im tuzilmalarining topografik deformatsiyasi natijasida og‘riq disfunksiyasi kuzatilgan bemorlarda kompleks morfofunksional tadqiqotlar asosida chaynash apparatining yaxlitligi buzilishi xamda chaynashda yuklama noteng taksimlanishi va masseter va medial qanotsimon mushaklarning haddan tashqari qisqarishi, lateral qanotsimon mushaklarning bo‘shashi asoslangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: kompleks morfofunksional tadqiqot natijalariga ko‘ra, pastki jag‘ sinishi bo‘lgan bemorlarda ChPJB og‘riq disfunksiyasining chastotasi yuqori ekani, aksariyat hollarda (88%) spesifik davolash yo‘qligi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ushbu taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30 aprel` 2024 yildagi 1156-7-107-TV\2024-son buyrug‘i va Toshkent shahrida 28 yanvar` 2024 yilda imzolangan 28-son buyruq talablariga muvofiq keladi. Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi faoliyatida amaliyotga kiritildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi chora-tadbirlar ishlab chiqish hisobiga, bir nafar bemor misolida olganda, 1800000 so‘m tejash imkonini berdi. Takroriy operatsiyalar ulushi 10,2% dan 3,8% gacha kamaydi (1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilindi, kasallik residivi 40 nafar bemordan 6 nafardan 2 nafargacha qisqardi, ya’ni 1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilinganda, bir yilda 3 nafar bemor hisobiga olingan yillik iqtisodiy samaradorlik 7200000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: Mazkur holatda ko‘rsatilgan davolash taktikasini joriy etish byudjet mablag‘laridan 3600000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 1800000 so‘m tejash imkonini berdi va ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish uchun zamin yaratdi. Ilmiy yangilikdan yanada keng ko‘lamda foydalanish: “ChPJB biomexanikasining sinishdan keyingi ichki buzilishlari va pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishi bo‘lgan bemorlarni davolash” mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 06.05.24 yildagi 91-son yig‘ilish bayonnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar pastki jag‘ sinishi qayd qilingan va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining yuqori chastotada uchraydigan og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlar tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ambulator va statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishni algoritmik protseduralar yordamida takomillashtirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlari mavjud bemorlarda mushak-bo‘g‘im disfunksiyasining klinik kechishiga xos xususiyatlar aniqlanib, og‘riq sindromi rivojlanishi 88,1% holatlarda, tishlov okklyuziyasining buzilishi esa 91,7% holatlarda kuzatilishi ilmiy asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: pastki jag‘ning yuqori sinishlarida EMG va UTT ko‘rsatkichlari asosida chaynov mushaklari bioelektrik faolligining buzilishlari baholandi, davolash jarayonida yuqori aniqlikdagi tashxislash taktikalari aniqlandi va taklif etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30 aprel` 2024 yildagi 1156-7-107-TV\2024-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 28 yanvar` 2024 yildagi 28-son buyrug‘iga muvofiq keladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlarida tashxislash samaradorligini qiyosiy baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi chora-tadbirlar ishlab chiqish natijasida, 1 nafar bemor misolida olganda, 1800000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Takroriy operatsiyalar ulushi 10,2% dan 3,8% gacha kamaydi (1 nafar bemordan 1 800000 so‘m iqtisod qilindi, kasallik qaytalanishi 40 nafar bemorga nisbatan hisoblaganda 6 nafardan 2 nafargacha kamaydi, ya’ni 1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilinganda, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7200000 so‘mni tashkil etdi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: Mazkur holatda ushbu davolash taktikasini qo‘llash byudjet mablag‘laridan 3600000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 1800000 so‘m tejab qolish imkonini berdi, bu esa ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish uchun zamin yaratdi. Ilmiy yangilikdan keng ko‘lamdan foydalanish: “ChPJB biomexanikasining sinishdan keyingi ichki buzilishlari va pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishi bo‘lgan bemorlarni davolash” mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 06.05.24 yildagi 91-son yig‘ilish bayonnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar pastki jag‘ sinishi qayd qilingan va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining yuqori chastotada uchraydigan og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlar tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ambulator va statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishni algoritmik protseduralar yordamida takomillashtirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlari mavjud bemorlarda elektromiografik tadqiqot natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, chaynov mushaklarining bioelektrik faolligi amplitudasi fiziologik me’yorlarga nisbatan ishonchli darajada pasayganligi aniqlangan, jumladan, miorelaksatsiya holatida o‘rtacha ko‘rsatkich 191,3±35,7 mkV ni, funksional yuklama — mastikatsiya jarayonida esa 124,6±27,4 mkV ni tashkil etgan bo‘lib, bu holat neyromushak uzatilishining samaradorligi pasayishi va motor birliklar rekrutmentatsiyasining cheklanishi bilan izohlangan; Ilmiy yangilikning mohiyati: osteosintez usulini tanlash pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining anatomik-topografik parametrlariga bog‘liqligi isbotlandi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: osteosintez usullari EMG va ko‘rsatkichlari asosida, hamda bo‘g‘im bo‘laklarining fazoviy holatini hisobga olgan holda aniqlandi va davolash natijalari prognoz qilindi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30 aprel` 2024 yildagi 1156-7-107-TV\2024-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 28 yanvar` 2024 yildagi 28-son buyrug‘iga muvofiq keladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlarida tashxislash samaradorligini qiyosiy baholash imkonini beradi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi chora-tadbirlar ishlab chiqish hisobiga, bir nafar bemor misolida olganda, 1800000 so‘m tejash imkonini berdi. Takroriy operatsiyalar ulushi 10,2% dan 3,8% gacha kamaydi (1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilindi, kasallik residivi 40 bemordan 6 nafardan 2 nafargacha qisqardi, ya’ni 1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilinganda, yillik iqtisodiy samaradorlik 7200000 so‘mni tashkil etadi (3 bemor uchun). Xulosa: Mazkur holatda ko‘rsatilgan davolash taktikasini joriy etish byudjet mablag‘laridan 3600000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 1800000 so‘m tejash imkonini berdi va ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish uchun zamin yaratdi. Ilmiy innovatsiyadan yanada keng ko‘lamda foydalanish: "Pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining sinishi bo‘lgan bemorlarda mushak-bo‘g‘im buzilishlari klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 06.05.24 yildagi 90-son yig‘ilish bayonnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar pastki jag‘ sinishi qayd qilingan va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining yuqori chastotada uchraydigan og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlar tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ambulator va statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishni algoritmik protseduralar yordamida takomillashtirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘g‘im o‘sig‘i sinishlaridan keyin pastki jag‘ bo‘g‘imi og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlarni bosqichli tashxislash (EMG, UTT, MSKT va psixoemotsional testlash) hamda kam jarohatli endoxirurgik aralashuvlar va funksional reabilitatsiyani o‘z ichiga olgan takomillashtirilgan davolash sxemasini qo‘llanilishi natijasida asosiy guruh bemorlarida shifoxonada yotish muddati o‘rtacha 17,4±3,8 kunni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri esa 26,5±3,9 kunni tashkil etgani ilmiy isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorlarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm o‘z vaqtida asoratlarning oldini olish masalasini optimallashtirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash va tashxislash usullari samaradorligini oshirishda ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 30 aprel` 2024 yildagi 1156-7-107-TV\2024-son buyrug‘i va Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasining 28 yanvar` 2024 yildagi 28-son buyrug‘iga muvofiq keladi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining yuqori sinishlarida tashxislash samaradorligini qiyosiy baholash imkonini beradi. Ilmiy innovatsiyaning iqtisodiy samaradorligi chora-tadbirlar ishlab chiqish hisobiga, bir nafar bemor misolida olganda, 1800000 so‘m tejash imkonini berdi. Takroriy operatsiyalar ulushi 10,2% dan 3,8% gacha kamaydi (1 nafar bemordan 1800000 so‘m iqtisod qilindi, kasallik residivi 40 nafar bemordan 6 nafardan 2 nafargacha pasaydi, ya’ni 1 nafar bemordan 1 800000 so‘m tejalganda, yillik iqtisodiy samaradorlik 7200000 so‘mni tashkil etdi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: Mazkur holatda ko‘rsatilgan davolash taktikasini joriy etish byudjet mablag‘laridan 3600000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 1800000 so‘m tejash imkonini beradi va ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish uchun zamin yaratadi. Ilmiy innovatsiyadan yanada keng ko‘lamdan foydalanish: "Pastki jag‘ bo‘g‘im o‘sig‘ining sinishi bo‘lgan bemorlarda mushak-bo‘g‘im buzilishlari klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlari" mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlandi (Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 06.05.24 yildagi 90-son yig‘ilish bayonnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar pastki jag‘ sinishi qayd qilingan va chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imining yuqori chastotada uchraydigan og‘riq disfunksiyasi mavjud bemorlar tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, ambulator va statsionar sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishni algoritmik protseduralar yordamida takomillashtirish imkonini beradi.