Anvarov Shukurulloxon Maxsudxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geoaxborot texnologiyalari asosida Toshkent shahrida erdan foydalanish va hududiy kengayish jarayonlarini tadqiq etish masalalari”, 11.00.07 – Geoinformatika (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Gr417.
Ilmiy rahbar: Rahmonov Dilshod Nurboboevich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.01.17.
Rasmiy opponentlar: Sultanov Murodjon Qilichevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Yakubov G‘ayrat Zaidovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy geoaxborot texnologiyalari metodlari asosida Toshkent shahrida erdan foydalanish holatini tahlil qilish, shaharning hududiy kengayishi kartalarini tuzishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geoaxborot texnologiyalari yordamida shaharlarda erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi kartalarni yaratish metodikasi geoma’lumotlar asosida takomillashtirilgan;
Toshkent shahrining tarixiy kartalari, statistik va boshqa ma’lumotlar asosida ArcGIS dasturi yordamida shaharning 1865-yildan bugungi kungacha bo‘lgan turli davrlarni qamrab olgan erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi kartalari yaratilgan;
ArcGIS online dasturi OpenStreetMap bazasidan foydalanib, Toshkent shahrining turli yillardagi erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi interaktiv veb-kartalari yaratilgan;
geoaxborot texnologiyalari yordamida shaharning erdan foydalanish va hududiy kengayishini ifodalovchi kartalari asosida Toshkent geoportalining umumiy tizimiga funksional, analitik va vizual qiymat qo‘shish orqali geoportal takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geoaxborot texnologiyalari yordamida Toshkent shahrida erdan foydalanish va hududiy kengayish jarayonlarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
geoaxborot texnologiyalari yordamida shaharlarda erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi kartalarni yaratishning takomillashtirilgan metodikasi “Toshkent atlasi”ni tuzishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 05/03-10629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent atlasi tarkibidagi kartalarning mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
ArcGIS dasturi yordamida yaratilgan Toshkent shahrining 1865-yildan bugungi kungacha bo‘lgan turli davrlarni qamrab olgan erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi kartalari Toshkent shahri hududiy chegaralarining rivojlanish kartalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 05/03-10629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hududining turli vaqtlardagi holatini vizuallashtirish imkoniyati yaratilgan;
ArcGIS online dasturi OpenStreetMap bazasi asosida yaratilgan Toshkent shahrining turli yillardagi erdan foydalanish va hududiy kengayishini ifodalovchi interaktiv veb-kartalari HisTashkent loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 05/03-10629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahridagi hududiy o‘zgarishlarni vizual kuzatish imkoniyati yaratilgan;
geoaxborot texnologiyalari yordamida erdan foydalanish va hududiy kengayishni ifodalovchi takomillashtirilgan kartalari Toshkent geoportalini ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025 yil 22 sentyabrdagi 05/03-10629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent geoportalining umumiy tizimiga funksional, analitik va vizual qiymat qo‘shish imkoniyatini bergan.