Soqieva Qunduz O‘tkir qizining
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy xomashyolar asosida neft qazib chiqarish intensivligini oshiruvchi namyutgichlarni olish va qo‘llash” 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5587.
Ilmiy rahbar: Shirinov Shavkat Davlatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li,  texnika fanlari doktori, professor; Xusanova Mamlakat Furqatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  mahalliy xom ashyolar asosida yuqori namyutuvchan polimer absorbentlar (gidrogellar) sintez qilish hamda ularni neft qazib chiqarishda neft quduqlari samaradorligini oshirishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
neft quduqlari va ulardan chiqayotgan suyuqliklarning fizik kimyoviy xossalari, gidrogel qo‘llash nuqtai nazaridan tadqiq etildi va aniqlangan natijalar asosida gidrogel absorbentlariga qo‘yiladigan zarur talablar ishlab chiqilgan;
gipan, poliakrilamid kombinatsiyasi va choklovchi agentlar ishtirokida agressiv muhitlarga samarali ishlay oladigan gidrogellar sintez qilingan va jarayonning optimal sharoitlarini aniqlangan;
olingan gidrogellarning tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari, jumladan bo‘kish darajasi va knetikasi, termik barqarorligi hamda uning suv – neft aralashmasidagi selektivlik va sorbsiya xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar kompleks ravishda baholangan;
boshlang‘ich polimerlarning kimyoviy tuzulishi, tarkibi va sintez sharoitlarini, olingan gidrogellarning kimyoviy hamda fizik-mexanik xossalariga ta’sirini o‘rganish orqali, oldindan belgilangan zarur xossalarga ega gellar olish mumkinligi aniqlangan; 
olingan uch o‘lchamli strukturaviy absorbent gidrogellarni modellashtirilgan neft qatlamiga sinash orqali, real sharoitlarda ham neft qazib chiqarish samaradorligini 51 % gacha oshirish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlangan;
neft quduqlaridan, neft qazib chiqarish samaradorligini oshiruvchi gidrogellarni olish va qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Mahalliy xom ashyolar asosida neft qazib chiqarish intensivligini oshiruvchi namyutgichlarni olish va qo’llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
olingan gidrogellar «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da neft quduqlarining qatlam suvlaridagi samaradorligini baholash uchun amaliyotga joriy qilingan («Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» ning 2025 yil 28 maydagi OP 25/ED-1956-son ma’lumotnomasi). Natijada, namyutgichlarning suv yutish ko‘rsatkichlarini, neft suv aralashmasida 20℃ da 14 dan 17 g/g., gacha 70℃ da 19 dan 23 g/g gacha, yo‘ldosh suvlarida esa 20℃ da 16 dan 19 g/g gacha, 70℃ da 23 dan 28 g/g gacha oshirish imkonini bergan;
izolyasiyalovchi absorbent gidrogellarni olish va qo‘llash texnologiyasi «Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning «2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati»ga kiritilgan  («Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2025 yil 28 maydagi OP 25/ED-1956-son ma’lumotnomasi). Natijada qazib olinayotgan neft suyuqligi tarkibidagi neftning ulushi 10 % dan 15,1 % gacha oshirish orqali, quduqlarning iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish