Madartov Baxrom Kuvandikovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-toʻqimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish va uning hisobi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” hamda 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt929.
Ilmiy maslahatchi: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti i.f.d. professori Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, i.f.d. professor Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, i.f.d. professor Pulatov Dilshod Haqberdievich
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlarining investisiya faoliyatini moliyalashtirish va uning hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni uzlyuksiz, jumladan revolver kreditlash asosida aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun paxta-to‘qimachilik klasterlariga investisiya mablag‘lari qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratish taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklari bilan birgalikda soha korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 2 yil muddatga 500 million AQSh dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish taklif etilgan;
investisiya kirim va chiqimlari balansning aktiv va passiv tuzilishiga ta’sirini aniqlovchi strukturaviy balans indeksi (SBI) ishlab chiqilgan va shu asosida investisiya manbalarining samaradorligini baholash taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini balans moddalari bo‘yicha risk tahlilini audit jarayoni bilan bog‘lash hamda moliyaviy risklarni aniqlash va baholash maqsadida buxgalteriya hisobotlari ko‘rsatkichlariga asoslangan klaster moliyaviy barqarorlik indeksini aniqlash algoritimi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta-to‘qimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish va uning hisobi metodologiyasini takomillashtirish natijalari asosida:
gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni uzlyuksiz, jumladan revolver kreditlash asosida aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun paxta-to‘qimachilik klasterlariga investisiya mablag‘lari qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 4 dekabrdagi № 04/35-5-27065-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta-to‘qimachilik klasterlariga investisiya mablag‘larini yo‘naltirish imkoniyati yaratilb, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilinishida ijobiy natijaga erishilgan, shuningdek, milliy valyutada loyihalar amalga oshirilgan hamda ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilgan.
paxta-to‘qimachilik klasterlari investisiya faoliyatini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklari bilan birgalikda soha korxonalarini aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 2 yil muddatga 500 million AQSh dollari miqdorida xorijiy moliyaviy tashkilotlar mablag‘larini jalb qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-son Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 4 dekabrdagi № 04/35-5-27065-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tarmoqda paxta xom ashyosini izchil va barqaror realizatsiya qilish mexanizmi qat’iy mustahkamlanib, xorijiy investisiya va bank kreditlari hisobidan mablag‘lar jalb qilingan.
paxta-to‘qimachilik klasterlari to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarining 50 foizini qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-205-son Farmonida o‘z aksini topgan. (Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 4 dekabrdagi № 04/35-5-27065-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil
1-yanvardan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taqdim qilingan arizaga real vaqt rejimida tezkor javob berilgan. Klasterlar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilishga to‘liq o‘tkazilib, nufuzli xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda, ularni o‘z faoliyati samaradorligi va moliyaviy ko‘rsatkichlarini mustaqil tashqi auditdan o‘tkazish imkoniyati yaratilgan.
investisiya kirim va chiqimlari balansning aktiv va passiv tuzilishiga ta’sirini aniqlovchi strukturaviy balans indeksi (SBI) ishlab chiqilgan va shu asosida investisiya manbalarining samaradorligini baholash taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 5 dekabrdagi № 06/26-4-05/1033-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya kirim va chiqimlarining bank balansining aktiv va passiv tuzilishiga ta’siri aniq baholash, bu esa investisiya manbalarining samaradorligini tizimli tahlil qilish imkonini bergan.
paxta-to‘qimachilik klasterlarini balans moddalari bo‘yicha risk tahlilini audit jarayoni bilan bog‘lash hamda moliyaviy risklarni aniqlash va baholash maqsadida buxgalteriya hisobotlari ko‘rsatkichlariga asoslangan klaster moliyaviy barqarorlik indeksini aniqlash algoritimi ishlab chiqish taklifi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 5 dekabrdagi № 06/26-4-05/1033-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, paxta-to‘qimachilik klasterlarining balans moddalari bo‘yicha risk tahlili audit jarayoni bilan integratsiyalashadi, bu esa moliyaviy risklarni aniq va tizimli baholash imkonini yaratgan.