Maqsudxo‘jaeva Dilshodaxon Mansurxo‘ja qizining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda aholi moliyaviy savodxonligi iqtisodiy o‘sish omili      sifatida”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5035. 
Ilmiy rahbar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
markaziy bankning asosiy stavkasi asosida 7 yil muddatga ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihalari uchun kreditlar ajratish mexanizmi doirasida ayollar tadbirkorlari uchun moliyaviy savodxonlikka oid ta’lim dasturlarini raqamli platformalar, onlayn kurslar va mikro-maslahat tizimlari orqali tashkil etish taklif etilgan;
aholi o‘rtasida substandard qarz oluvchilar sonini qisqartirish, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, kiberjinoyatchilik holatlarini kamaytirish hamda mas’uliyatli moliyaviy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan maxsus loyihani joriy etish taklif etilgan;
qishloq va chekka hududlarda fintex-startaplar hamda raqamli servislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli bank kreditlarini ajratish zarurligi asoslangan;
davlat dasturlariga tizimli integratsiyalash asosida aholining moliyaviy savodxonligi bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi va belgilangan maqsadli indikatorlar asosida shakllantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda amaliyotga joriy etildi:
markaziy bankning asosiy stavkasi asosida 7 yil muddatga ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash loyihalari uchun kreditlar ajratish mexanizmi doirasida ayollar tadbirkorlari uchun moliyaviy savodxonlikka oid ta’lim dasturlarini raqamli platformalar, onlayn kurslar va mikro-maslahat tizimlari orqali tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 7 martdagi PQ-96-sonli qarori “Ayol tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 210-sonli qarori “2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” hujjatlarida o‘z ifodasini topgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 19 sentyabrdagi  06-12/20072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy kompetensiyalarini oshirish hamda moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatini yaxshilashga xizmat qiladi.
aholi o‘rtasida substandard qarz oluvchilar sonini qisqartirish, moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, kiberjinoyatchilik holatlarini kamaytirish hamda mas’uliyatli moliyaviy xulq-atvorni shakllantirishga qaratilgan maxsus loyihani joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 apreldagi PQ-153-sonli qarori “Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hujjatida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 25 iyuldagi 22-17/61-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning amalga oshirilishi aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bilan bir qatorda kiberjinoyatchilik xavflarini kamaytirishga xizmat qilgan.
qishloq va chekka hududlarda fintex-startaplar hamda raqamli servislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozli bank kreditlarini ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasida moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga doir chora-tadbirlar doirasida qo‘llanilib, “2021-2023 yillarda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasi”da o‘z aksini topgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 19 sentyabrdagi  06-12/20072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moliyaviy xizmatlar qamrovi bo‘yicha shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi farqni kamaytirishga xizmat qilgan.
davlat dasturlariga tizimli integratsiyalash asosida aholining moliyaviy savodxonligi bo‘yicha 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi va belgilangan maqsadli indikatorlar asosida shakllantirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2025 yil 19 sentyabrdagi 06-12/20072-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2030 yilga kelib aholining moliyaviy savodxonligi barqaror yuqori darajaga chiqadi, fuqarolarning moliyaviy qaror qabul qilish sifati yaxshilanadi, ortiqcha qarzdorlik kamayadi va iqtisodiy barqarorlik mustahkamlanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish