Komilova Mukammal Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida depozit siyosatini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5420
Ilmiy rahbar: Niyozov Zuxur Davronovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sobirova Nozima Normat qizi, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand fililali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy moliya bozorining transformatsiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan konseptual yondashuvlar hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini va depozit resurslarini jalb etish samaradorligini oshirishda depozit mahsulotlarini obligatsiyalar, obligatsiyalar fondlari va boshqa moliyaviy investisiya instrumentlari bilan integratsiyalash orqali depozit siyosatini takomillashtirish asoslangan.
tijorat banklarida mijozlar ehtiyojlarini qondirish va depozit resurslarini samarali jalb etishda depozit mahsulotlarini talabalar, nafaqaxo‘rlar, tadbirkorlar kabi toifalarga ajratgan holda mijoz segmentlari bo‘yicha depozit mahsulotlarini differensiallashtirish va moslashuvchan depozit dasturlarini joriy etish taklif etilgan;
tijorat banklarida uzoq muddatli jamg‘armalarini rag‘batlantirish va depozit sodiqligini oshirishda mijozlarning 13 oydan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlariga foiz bonuslari, naqd pul mukofotlari va xizmat imtiyozlarini o‘z ichiga olgan bonus dasturlari hamda sodiqlik mukofotlarini joriy etish asoslangan;
 omonatlarni kafolatlash jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bir martalik badallar sifatida ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizini va taqvimiy badallar sifatida bankning depozit bazasidan hisoblangan summani chorak davomida 0,5 foizdan oshmagan miqdorda undirish mexanizmini joriy etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat bankining depozit siyosatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini va depozit resurslarini jalb etish samaradorligini oshirishda depozit mahsulotlarini obligatsiyalar, obligatsiyalar fondlari va boshqa moliyaviy investisiya instrumentlari bilan integratsiyalash orqali depozit siyosatini takomillashtirishga doir taklif AT “Xalq banki” tomonidan “Bankning 2025 yil uchun depozit siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Xalq bank”ning 2025-yl 1 dekanrdagi 9-23/4835-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat bankining depozit resurslari ulushi AT “Xalq banki” ning depozit portfelida 7–12 foizga oshgan; 
tijorat banklarida mijozlar ehtiyojlarini qondirish va depozit resurslarini samarali jalb etishda depozit mahsulotlarini talabalar, nafaqaxo‘rlar, tadbirkorlar kabi toifalarga ajratgan holda mijoz segmentlari bo‘yicha depozit mahsulotlarini differensiallashtirish va moslashuvchan depozit dasturlarini joriy etish taklif, O‘zbekiston bank amaliyotida AT “Xalq banki” tomonidan “Bankning 2024 yil uchun depozit siyosati”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (AT “Xalq bank”ning 2025-yl 1 dekanrdagi 9-23/4835-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Xalq bank”ning depozit resurslari ulushi 2023 yildagi 10 foizdan 2024 yilda 17 foizga oshgan; 
tijorat banklarida uzoq muddatli jamg‘armalarini rag‘batlantirish va depozit sodiqligini oshirishda mijozlarning 13 oydan ortiq muddatga joylashtirilgan depozitlariga foiz bonuslari, naqd pul mukofotlari va xizmat imtiyozlarini o‘z ichiga olgan bonus dasturlari hamda sodiqlik mukofotlarini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki” tomonidan “Bankning 2025 yil uchun depozit siyosati”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (AT “Xalq bank”ning 2025-yl 1 dekanrdagi 9-23/4835-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT “Xalq banki” ning depozit portfelida depozit resurslari ulushi 10–17 foizga oshgan;
omonatlarni kafolatlash jamg‘armasining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda bir martalik badallar sifatida ustav kapitalining eng kam miqdorining 0,1 foizini va taqvimiy badallar sifatida bankning depozit bazasidan hisoblangan summani chorak davomida 0,5 foizdan oshmagan miqdorda undirish mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 18 fevraldagi O‘RQ-№1031 “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Xalq bank”ning 2025-yl 1 dekanrdagi 9-23/4835-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda aholining bank omonatlari 12 foizga oshgan, bu esa bankning resurs bazasining ortishiga va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish