Payziev Komiljon Sobirovichning 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdulla Oripov publisistikasining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5523 
Ilmiy rahbar:Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.22.03
Rasmiy opponentlar: Muhammadjonova Go‘zalxon, filologiya fanlari doktori, professor; Olimov Farruxbek Sultonmurodovich, filologiya fanlari doktori 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi A.Oripov publisistikasining mavzular ko‘lami, janrlari, tasviriy vositalari, sarlavhalarini tahlil va tadqiq etish orqali g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Oripovning o‘zbek adabiy janrlar takomili va rivojiga, qo‘shgan hissasi, publisistik asarlari salmog‘i, mavzular ko‘lami, til va uslubining betakrorligi, hayotiyligi, izchil tizimi hamda shoir fuqarolik pozisiyasining o‘zbek xalqi ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga g‘oyaviy-badiiy ta’siri asoslangan;
adibning XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek yoshlari ijodidagi mazmun va shakl uygunligi, ijodkor mas’uliyati, tarjima muammolariga, Vatan va vatanparvarlik, mustaqillik, ozodlik, erk mavzularidagi turkum maqolalari orqali o‘zbek xalqini milliy istiqlol g‘oyasi atrofida jipslashtirish, yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirilishdagi xizmatlari  dalillangan; 
A.Oripovning o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyandalariga bag‘ishlangan tarixiy-ilmiiy, adabiy-badiiy maqolalarining mavzusi, g‘oyaviy mazmuni va uslubining mukammallik darajasini ortishida asosiy tayanch omil bo‘lgan portret publisistikasi yo‘nalishining mukammallashuvi hamda rivojidagi namunasi va samarali ulushi isbotlangan; 
adib publisistikasidagi tadrijiy evrilishlar, zamon bilan hamnafaslik, milliy g‘urur, faxr va iftixor tuyg‘ularining o‘ziga xos tasvirlashda obrazli va yorqin sarlavha yaratish mahorati, ularda o‘zbek tilining paremiologik, frazeologik va uslubiy-tasviriy vositalaridan foydalanishdagi indiyidual badiiy mahorati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abdulla Oripov  publisistikasining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
A.Oripovning o‘zbek adabiy janrlar takomili va rivojiga, qo‘shgan hissasi, publisistik asarlari salmog‘i, mavzular ko‘lami, til va uslubining betakrorligi, hayotiyligi, izchil tizimi hamda shoir fuqarolik pozisiyasining o‘zbek xalqi ma’naviy-ma’rifiy yuksalishiga g‘oyaviy-badiiy ta’siri asoslangan fikr va xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda amalga oshirilgan IL-402104474-raqamli “Bolalar adabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan. (Alisher  Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-oktyabrdagi N-04/1-5005-sonli ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
adibning XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek yoshlari ijodidagi mazmun va shakl uygunligi, ijodkor mas’uliyati, tarjima muammolariga, Vatan va vatanparvarlik, mustaqillik, ozodlik, erk mavzularidagi turkum maqolalari orqali o‘zbek xalqini milliy istiqlol g‘oyasi atrofida jipslashtirish, yurtga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirilishdagi xizmatlari  dalillangan o‘rinlardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz, tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 18-oktyabrdagi N-04/1-5006-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu elektron platforma yangi badiiy so‘z va o‘zbekcha iboralar bilan to‘ldirilgan;
A.Oripovning o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti namoyandalariga bag‘ishlangan tarixiy-ilmiiy, adabiy-badiiy maqolalarining mavzusi, g‘oyaviy mazmuni va uslubining mukammallik darajasini ortishida asosiy tayanch omil bo‘lgan portret publisistikasi yo‘nalishining mukammallashuvi hamda rivojidagi namunasi va samarali ulushi isbotlangan hamda adib publisistikasidagi tadrijiy evrilishlar, zamon bilan hamnafaslik, milliy g‘urur, faxr va iftixor tuyg‘ularining o‘ziga xos tasvirlashda obrazli va yorqin sarlavha yaratish mahorati, ularda o‘zbek tilining paremiologik, frazeologik va uslubiy-tasviriy vositalaridan foydalanishdagi indiyidual badiiy mahorati ochib berilgan xulosalardan an’anaviy respublika “Zomin” seminarida yosh ijodkorlar uchun tashkil etilgan “Mahorat maktabi” mashg‘ulotlarida, adabiy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 4-noyabrdagi N-01-03/365 sonli ma’lumotnomasi). Natijada A.Oripov hayoti va badiiy ijodidagi ma’lumotlar, o‘ziga xosliklar yanada kengroq va to‘liqroq yangi ma’lumotlar orqali kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish