Raximova Zarafat Matyusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar: “Qardosh bo‘lmagan tillarda mahalliy toponimlarning atalish prinsiplari” (o‘zbek va nemis tillari misolida) 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B20243.PhD/Fil5109.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zaribboy Dusimov, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.06.05.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Tyan Natalya Viktorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dots. v.b.. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va nemis tillaridagi mahalliy toponimlarning atalish prinsiplari, tarkibiy-derivatsion xususiyatlari, lingvomadaniy o‘ziga xosliklari va motivatsion omillarlarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek va nemis tillaridagi toponimlarning onomastik sathdagi maqomini tahlil qilish asnosida atoqli ot va uning ma’nosi, nom va nomlashning mohiyati, onomastik universaliyalar va toponimlarning nomlanish tamoyillarini, shuningdek, ularning shakllanishini belgilaydigan lingvistik va ekstralingvistik omillar aniqlangan;
ob’ekt sifatida olingan hudud oykonimlarining nomlanishi tahlili asosida nomlash uchun tanlangan motivatsiya, nomning funksional yuki va information quvvati kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan erstralingvistik universaliyalar hamda nomlash tamoyillari, tarkibi va semantikasi kabi onomastik universaliyalar misollar yordamida dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi toponimlarni nomlashning uchta asosiy tamoyillari doirasida tahlil qilish orqali Gurlan mahalliy toponimiyasidanominatsiyaning egalik (posessiv) tamoyili eng samarali, undan keyin sifatiy (qualitativ) va eng kam uchraydigani joylashuv (lokativ) tamoyili sanalishi; Müldorf am Inn mahalliy toponimiyasida esa qualitativtamoyil yetakchi, undan keyin lokativ va eng kamiposessiv tamoyili ekani isbotlangan;
o‘zbek va nemis mahalliy toponimlarining nominatsiyasida umumiy tipologik an’analar mavjud bo‘lishi bilan birga, o‘rganilayotgan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, milliy-madaniy va tarixiy an’analari, hududlarning farqlanuvchi tabiiy va geografik sharoitlari hamda har bir tilning o‘zigagina xos tarkibiy-derivatsion xususiyatlari bilan bog‘liq differensial xususiyatlarga egaligi dalillar orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qardosh bʻolmagan tillarda mahalliy toponimlarning atalish prinsiplarini o‘rganishda olingan natijalar asosida:  
dissertatsiya ishining onomastik leksika va uning tilshunoslikda o‘rganilishiga oid qarashlardan, ayrim noodatiy toponimlar haqidagi fikrlaridan, qarindosh bo‘lmagan tillarda mahalliy toponimlarning nomlanish prinsiplari haqidagi natija va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 17-iyundagi 334/1-son ma’lumotnomasi). Natijada grant loyihani o‘zbek va nemis tilshunosligidagi yangi yondashuvlar, mahalliy toponimlarning nomlanish tamoyillari va tahlili bilan to‘ldirilishida tadqiqot ishi zaruriy manba vazifasini o‘tagan hamda loyiha ilmiy bazasi boyitilishiga xizmat qilgan; 
dissertatsiyaning mavzu doirasida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy tavsiyalaridan, shuningdek, geografik ob’ektlarni nomlash tamoyillari, geografik ob’ektlarning mentalitet bilan bog‘liqligi, nomlanish motivlari asoslangan natijalaridan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-son “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni asosida Xorazm viloyatida ayrim geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimining 2025-yil 04-iyundagi №4-2181-son ma’lumotnomasi). Natijada bu jarayonda ob’ektlarning milliy mentalitetga xos xususiyatlari ochib berilishiga, ularning ma’nosi va nomlanish motivlarining ilmiy jihatdan asoslab berilishiga erishilgan; 
dissertatsiyaning o‘zbek va nemis tillarida geografik nomlarning kontrastiv tadqiqi, ularning o‘xshash va noo‘xshash xususiyatlari tahlil qilingan, ularning semantik, etimologik, funksional, derivatsion va tarkibiy aspektlari, mahalliy toponimlarning atalish motivlariga ta’sir qiladigan omillar haqidagi ilmiy ma’lumotlardan Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining (2025-yil 18-mayda efirga uzatilgan) “Assalom Xorazm” teleko‘rsatuvi hamda “Tilimizni o‘rganamiz” radioeshittiruvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-maydagi №350-son ma’lumotnomasi). Natijada bir necha tilni bilish nafaqat tilni o‘rganish, balki shu til egalarining madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini berishi, mahalliy oykonimlar turli ijtimoiy, madaniy va ma’naviy omillar asosida shakllanishi, toponimlar ma’lum bir joyda yashayotgan aholi haqida, har bir davrdagi ularning turmush tarzi, ijtimoiy rivojlanishi haqida ma’lumot berishini anglash muhim ahamiyat kasb etishi orqali eshittirish hamda ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi taʼminlangan, ko‘rsatuv ilmiy manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish