Mallaev Muhriddin G‘ofur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Echkilar postnatal ontogenezida jinsiy organlarning morfofunksional xususiyatlari”, 16.00.02-Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V104
Ilmiy rahbar: Tangirov Kayum Juraevich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.08/2025.27.12.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Baliev Shavkat Kuchkarovich, veterinariya fanlari boʻyicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyatida parvarishlanayotgan mahalliy zotli echkilarning postnatal ontogenezida jinsiy organlar va qalqonsimon bezlarining morfologik xususiyatlarini turli yosh davrlar kesimida o‘rganish, shuningdek, qalqonsimon bezlari va urg‘ochilik jinsiy organlarining makromorfometrik o‘lchamlari hamda gistologik tuzilishidagi o‘zgarish dinamikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Surxondaryo viloyati tabiiy iqlim sharoitida parvarishlanayotgan mahalliy zotli echkilarning urg‘ochilik jinsiy a’zolari va qalqonsimon bezlarining postnatal ontogenez davrida makro- va mikromorfologik rivojlanish xususiyatlari aniqlangan;
mahalliy zotli echkilar ko‘payish a’zolari morfometrik o‘lchamlari postnatal rivojlanishning 3 kunlik davridan 18 oylikkacha jadal o‘sishi, keyingi 60 oylikkacha mazkur jarayonning nisbatan sekinlashishi aniqlangan;
echkilar postnatal ontogenezining 3 kunligidan 60 oyligiga qadar tuxumdon uzunligi 2,49 sm ga, bachadon o‘ng shoxi uzunligi 14,4 martagacha, chap shoxi uzunligi 13,4 martagacha ortishi aniqlangan; 
bachadon devorining endometrium, miometrium va perimetrium qavatlarining qalinligi echkilar postnatal ontogenezining 60 oyligiga qadar bosqichli tarzda ko‘tarilib borishi, xususan, perimetrium 3 kunlikdan 60 oylikkacha 17,48±0,67 mkm dan 207,1±6,72 mkm gacha qalinlashishi aniqlangan;
mahalliy zotli echkilar postnatal ontogenezida qalqonsimon bezlari morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari aniqlanib, 60 oylikda ularning og‘irligi o‘ng bo‘lagida 2,96±0,09 g, chap bo‘lagida 3,34±0,12 g gachaga, o‘sish koeffisienti mos ravishda, 10,57 va 12,0 martagacha ortishi ilmiy asoslangan;
Surxondaryo viloyatining turli hududlarida parvarishlanayotgan mahalliy zotli echkilarning urg‘ochilik jinsiy a’zolari va qalqonsimon bezlarining morfometrik, gistologik ko‘rsatkichlarining postnatal ontogenezida o‘zgarish xususiyatlari hamda o‘sish koeffisientlariga oid yangi ma’lumotlar asosida uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy zotli echkilar urg‘ochilik jinsiy a’zolari va qalqonsimon bezlarining postnatal ontogenezi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqot materiallari asosida tayyorlangan «Mahalliy zotli echkilar urg‘ochilik jinsiy organlarining morfofunksional xususiyatlari» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan va o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 12-martdagi 3-son bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma joriy etilish natijasida echkilar biologiyasi oid bilimlar bazasi boyitildi hamda veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlashda «ko‘payish organlar» tizimini postnatal ontogenezdagi rivojlanish qonuniyatlari, morfologik va gistologik xususiyatlarini ilmiy asoslash imkoniyati yaratilgan;
Surxondaryo viloyatida parvarishlanayotgan mahalliy zotli echkilarning postnatal ontogenezida jinsiy organlar va qalqonsimon bezining morfologik xususiyatlarini turli yosh davrlar kesimida o‘rganish, shuningdek, qalqonsimon bezlari va urg‘ochilik jinsiy organlarining makromorfometrik o‘lchamlari hamda gistologik tuzilishidagi o‘zgarish dinamikasini aniqlash va olingan natijalar asosida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 2-oktyabrdagi 02/23-683-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxondaryo viloyatining tabiiy sharoitida parvarish qilinayotgan mahalliy zotli echkilarning biologik xususiyatlari, ayniqsa, qalqonsimon bez va urg‘ochilik jinsiy organlarining morfologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari, postnatal ontogenezining turli bosqichlarida qalqonsimon bez va jinsiy organlarning chiziqli o‘lchamlari va og‘irliklaridagi o‘zgarish dinamikasi, turli yoshdagi echkilarda ushbu a’zolarning morfometrik va gistologik tuzilishidagi farqlar qiyosiy tahlil qilinib, ularning morfologik rivojlanish dinamikasi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish