Ne’matov Ozodbek Ne’matovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jizzax va Nurota vohalari turizm obektlari hududiy xususiyatlari va rivojlanish tarixi (1991-2023)”, “07.00.01 – O‘zbekiston tarixi”.
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1918.
Ilmiy rahbar: Masalieva Oltinoy Masalievna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01 
Rasmiy opponentlar:  tarix fanlari doktori Xushvaqov Nabi Olimovich,  tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Eralov Azamat Jomurodovich.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax va Nurota vohasi turizmning rivojlanishining tarixiy tendensiyalari va hududiy xususiyatlarini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi tarixiy turistik maskanlarning xaritasi tuzilib, Navoiy-Nurota-Sentob-Jizzax, Jizzax-Forish-O‘xum-Nurota va Toshkent-Jizzax-Forish-Nurota kabi marshrutlar qadimiy meros, urf-odatlar va hunarmandchilik bilan turistlarga jozibador ekanligi, rivojlangan transport infratuzilmasi bu yo‘nalishlarni etnoturistik hudud sifatida qulay qilishi ilmiy asoslab berilgan;
hududlarda turizm rivojlanishining dinamikasi va istiqbollari hamda uning respublika iqtisodiyotiga ta’siri chuqur tahlil qilinib, turizm industriyasi va turistik zonalarning imkoniyatlari va strategiyalari aniq belgilandi. Shuningdek, turistik obektlardagi mavjud muammolarni hal qilish uchun tegishli takliflar ishlab chiqilib, turizm rivoji uchun zarur chora-tadbirlar dalillangan;
“Mehmon uylari”ning ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra: doimiy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”; muddatli hordiq chiqarishga mo‘ljallangan “Mehmon uylari”; kunlik hordiq chiqarishga mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, turistlarning tashrif maqsadlariga ko‘ra madaniy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, turistlarni qamrovi nuqtai nazaridan doimiy ravishda faoliyat yurituvchi “Mehmon uylari” va mavsumiy ravishda faoliyat yurituvchi “Mehmon uylari”ga bo‘lish mumkinligi asoslangan;
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi O‘xum va Mojrum qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomini berish ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy an’analarni saqlab qolish, yanada boyitish, keng targ‘ib qilish, hududining mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari hamda etnik xususiyatlari mintaqada va mamlakatda turizm infrastrukturasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax va Nurota vohasi turizm obektlari: tarixi, hududiy xususiyatlari va rivojlanish strategiyasiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Jizzax va Navoiy viloyatlaridagi tarixiy turistik maskanlarning xaritasi Navoiy-Nurota-Sentob-Jizzax, Jizzax-Forish-O‘xum-Nurota va Toshkent-Jizzax-Forish-Nurota kabi marshrutlar qadimiy meros, urf-odatlar va hunarmandchilik bilan turistlarga jozibador ekanligi, mintaqada turizm rivojlanishining dinamikasi va istiqbollari, uning respublika iqtisodiyotiga ta’siri, turizm industriyasi va turistik zonalarning imkoniyatlari va strategiyasini aniqlashtirish, turistik obektlardagi mavjud muammolarni hal qilishga oid takliflar ishlab chiqilganligi va unga oid takliflardan hamda tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yilning 13-dekabrdagi 02-31-1299-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomosha¬binlar Jizzax va Navoiy viloyatlarining tarixiy maskanlari, madaniy merosi va turistik marshrutlari haqida tizimli va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lib, ichki turizm yo‘nalishlari bo‘yicha aniq tasavvur va amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.
Hududlarda turizm rivojlanishining dinamikasi va istiqbollari hamda uning respublika iqtisodiyotiga ta’siri chuqur tahlil qilinib, turizm industriyasi va turistik zonalarning imkoniyatlari va strategiyalari aniq belgilandi. Shuningdek, turistik obektlardagi mavjud muammolarni hal qilish uchun tegishli takliflar ishlab chiqilib, turizm rivojini keng targ‘ib qilish, hududning mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari hamda etnik xususiyatlari mintaqada va mamlakatda turizm infrastrukturasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi haqidagi ma’lumotlardan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yilning 13-dekabrdagi 02-31-1299-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarning turistik salohiyati, rivojlanish istiqbollari va iqtisodiy ahamiyati keng jamoatchilikka tizimli ravishda etkazilib, ichki turizmni faollashtirish, investision jozibadorlikni oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy media mahsulot yaratildi.
“Mehmon uylari”ning ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra: doimiy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”; muddatli hordiq chiqarishga mo‘ljallangan “Mehmon uylari”; kunlik hordiq chiqarishga mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, turistlarning tashrif maqsadlariga ko‘ra madaniy hordiq chiqarish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, sog‘lomlashtirish uchun mo‘ljallangan “Mehmon uylari”, turistlarni qamrovi nuqtai nazaridan doimiy ravishda faoliyat yurituvchi “Mehmon uylari” ni ijtimoiy-madaniy xususiyatlariga ko‘ra hamda turistlarning tashrifi va ularning qamrovi nuqtai nazaridan guruhlarga bo‘lgan holda qiyosiy tahlil qilingan ma’lumotlardan va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turistik marshrutlar tuzishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 21 yanvardagi № 03-10-17-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Mehmon uylari”ning ijtimoiy-madaniy va funksional tasnifi asosida mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun maqsadli va segmentlashtirilgan turistik marshrutlar shakllantirilib, joylashtirish infratuzilmasidan samarali foydalanish, hududiy turizm salohiyatini oshirish va xizmatlar diversifikatsiyasini ta’minlashga erishildi.
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi O‘xum va Mojrum qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomini berish ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy an’analarni saqlab qolish, yanada boyitish, keng targ‘ib qilish, hududining mavjud tabiiy, tarixiy-madaniy resurslari hamda etnik xususiyatlari mintaqada va mamlakatda turizm infrastrukturasini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turistik marshrutlar tuzishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025 yil 21 yanvardagi № 03-10-17-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, Forish tumanining O‘xum va Mojrum qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilishi ularning tabiiy, tarixiy-madaniy va etnik salohiyatini tizimli rivojlantirishga zamin yaratib, milliy an’analarni asrab-avaylash va targ‘ib etish, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun yangi turistik marshrutlar shakllantirish orqali hududiy turizm infratuzilmasini kengaytirishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish