Arzimatova Inoyatxon Madimarovnaning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Rahbar kadrlarning axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy muammolari”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal160
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy maslaxatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldasheva Farida Xujamkulovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Hakimov Nazar Hakimovich falsafa fanlari doktori, professor; G‘aybullaev Otabek Muhammadievich falsafa fanlari doktori, professor; Xolmirzaev Nodir Nizomjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rahbar kadrlarning axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy muammolarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv tizimining evolyusiyasi va tarixiy an’analari shakllanishining ijtimoiy-falsafiy tadqiqi asosida rahbar kadrlar uchun zaruriy axloqiy sifatlar va estetik ko‘nikmalarning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri, adolatli va qonuniy tashkil etishdagi imkoniyatlari, boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar va mutafakkirlarning qarashlari asosida adolatli boshqaruvchi fazilatlarini rivojlantiruvchi omillarining falsafiy argumentlari ochib berilgan;
jamiyatni modernizatsiyalash va islohotlar samaradorligiga erishishda zamonaviy rahbar shaxsning axloqiy madaniyati (farosatlilik, mas’uliyatlilik, halollik, adolatlilik) va estetik madaniyati (didlilik, notiqlik, muloqotchanlik) ni uyg‘unlikda rivojlantirishning ahamiyati, tashabbuskorlik va kreativlik fazilatlarini boshqaruv samaradorligiga ta’siri imperativ asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda boshqaruv tizimining demokratlashuvi va erkinlashuvi jarayonida rahbar kadrlarning boshqaruv faoliyatida insonparvarlik tamoyillari va adolat prinsiplariga tayanishi, kasbiy faoliyatda notiqlik, kasbiy etiket, axloqiy madaniyat va estetik didni mujassamlashtirish asosida boshqaruv tizimining integral va murakkab tuzilmali fenomen sifatida istiqbolda faoliyat samaradorligi va inson kapitalini rivojlanishiga xizmat qiluvchi asosiy elememnti sifatita izohlangan;
zamonaviy rahbar imidjini shakllantirishda mas’uliyatni his etish, jamoada tolerant muloqotni o‘rnata olish, o‘z atrofiga sog‘lom fikrlovchi insonlarni to‘plash va ularga tayanish, rasmiyatchilikka berilmaslik, o‘z bilimini muntazam oshirib borish, o‘zgalar fikrini eshitish va hurmat qilish, mansab vakolatini suiste’mol qilmaslik kabi axloqiy qadriyatlarning samaradorligi olib borilgan quzatuvlar natijasida aniqlangan;
boshqaruv tizimida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, boshqaruv tizimida rahbar ayollar faoliyati samaradorligiga imkoniyat yaratish va rahbar ayollarning boshqaruv salohiyatini kreativlik, innovatorlik, tashabbuskorlik sifatlari bilan, shaxsiy fazilatlarini intellektual va axloqiy-estetik madaniyat asosida rivojlantirish va realizatsiya qilishning yangicha ijtimoiy-aksiologik mazmuni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rahbar kadrlarning axloqiy-estetik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-ma’naviy muammolariga oid tadqiqotimiz doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruv tizimining evolyusiyasi va tarixiy an’analari shakllanishining ijtimoiy-falsafiy tadqiqi asosida rahbar kadrlar uchun zaruriy axloqiy sifatlar va estetik ko‘nikmalarning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri, adolatli va qonuniy tashkil etishdagi imkoniyatlari, boshqaruv samaradorligi to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar va mutafakkirlarning qarashlari asosida adolatli boshqaruvchi fazilatlarini rivojlantiruvchi omillar falsafiy argumentlar asosida ochib berilganligiga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining targ‘ibotiga doir chora-tadbirlari” 15-bandi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va “Strategiya-2030” davlat dasturining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish” mavzusida targ‘ibot dasturini ishlab chiqish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 7-martdagi 10/111-son Dalolatnoma). Natijada mamlakatimizda rahbarning liderlik va boshqaruv qobiliyatini rivojlantirish va “xalqni rozi qilish”ga yo‘naltirilgan faoliyati natijakorligini oshirishga xizmat qilgan;
jamiyatni modernizatsiyalash va islohotlar samaradorligiga erishishda zamonaviy rahbar shaxsning axloqiy madaniyati (farosatlilik, mas’uliyatlilik, halollik, adolatlilik) va estetik madaniyati (didlilik, notiqlik, muloqotchanlik) ni uyg‘unlikda rivojlantirishning ahamiyati, tashabbuskorlik va kreativlik fazilatlarini boshqaruv samaradorligiga ta’siri mantiqiy tahlillar asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangiligidan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024 yil sentyabr-dekabr oylarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Virtual dunyo” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025 yil 27 fevraldagi 05-09-237-son Dalolatnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekistonning munosib o‘ringa ega bo‘lishida zamonaviy boshqaruv va unda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligi oshishiga, shuningdek, jamiyat yangi taraqqiyot bosqichi sharoitida turli salbiy oqibatlarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan turli tadbirlar, davra suhbatlarini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda boshqaruv tizimining demokratlashuvi va erkinlashuvi jarayonida rahbar kadrlarning boshqaruv faoliyatida insonparvarlik tamoyillari va adolat prinsiplariga tayanishi, kasbiy faoliyatda notiqlik, kasbiy etiket, axloqiy madaniyat va estetik didni mujassamlashtirish asosida boshqaruv tizimining integral va murakkab tuzilmali fenomen sifatida istiqbolda faoliyat samaradorligi va inson kapitalini rivojlanishiga xizmat qilishi ijtimoiy-nazariy jihatdan asoslab berilganligiga doir xulosalaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021 yil 9 sentyabrdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan Ustavida belgilangan “davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish, jamiyat hayotida va davlatni boshqarishda ongli va mas’uliyatli ishtirok etishning fuqarolar manfaatlariga mos bo‘lgan xilma-xil shakllarini ta’minlab beradigan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng tarmoqli tizimini yaratish”ga doir vazifalarini bajarishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Respublika Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish asoslari” mavzusidagi tadbirning dasturi va qo‘llanmasini ishlab chiqishda keng foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasining 2025 yil 28 martdagi 01-27/38-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshqaruv tizimini modernizatsiyalashga doir faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan;
zamonaviy rahbar imidjini shakllantirishda mas’uliyatni his etish, jamoada tolerant muloqotni o‘rnata olish, o‘z atrofiga sog‘lom fikrlovchi insonlarni to‘plash va ularga tayanish, rasmiyatchilikka berilmaslik, o‘z bilimini muntazam oshirib borish, o‘zgalar fikrini eshitish va hurmat qilish, mansab vakolatini suiste’mol qilmaslik kabi axloqiy qadriyatlarga asoslanish samaradorligi va imkoniyatlari mantiqiy asoslanganligiga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini tartibga solish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida 500-sonli Qarorining 1-ilova 3-bob, 12-band z) kichik bandining 5-xatboshisini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025 yil 21 apreldagi 04-02/138-sonli Ma’lumotnomasi) Natijada, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi;
boshqaruv tizimida ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, boshqaruv tizimida rahbar ayollar faoliyati samaradorligiga imkoniyat yaratish va rahbar ayollarning boshqaruv salohiyatini kreativlik, innovatorlik, tashabbuskorlik sifatlari bilan, shaxsiy fazilatlarini intellektual va axloqiy-estetik madaniyat asosida rivojlantirish va realizatsiya qilishning ijtimoiy-aksiologik mazmuni nazariy asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarish doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025 yil 4 apreldagi 04/11-4428-sonli Ma’lumotnomasi) va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish