Atamurodov Bekzod Nizamkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Maxsus iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish va boshqarish tizimi samaradorligini oshirish, 
08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5850.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc.10/2025.27.12.I.01.09
Rasmiy opponentlar: Shadieva Gulnora Mardievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Akramov Akmal Ulmatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat samaradorligini oshirish va ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maxsus iqtisodiy zona” tushunchasining iqtisodiy mazmuni investisiyalarni imtiyozlar asosida jalb etish, eksportbop hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan hududiy-iqtisodiy tuzilmani tarmoqlar, ta’minot zanjirlari va klaster modellari asosida integratsiyalashgan tarzdagi boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
maxsus iqtisodiy zonalarda soliq imtiyozlarini raqamli tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan tahliliy-modelga asoslangan “Soliq-samaradorlik indeksi (SSI)” sohadagi soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini 75-80% aniqlik bilan baholash imkonini berishi asoslangan;
maxsus iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuv yo‘nalishini belgilash uchun hududning ishlab chiqarish, investision va ijtimoiy salohiyatini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkichlar majmuini integral indeks yordamida baholash asosida ularning empirik-ekonometrik rivojlanish modelini ishlab chiqish orqali prognoz aniqligini 85% darajada ta’minlanishi asoslangan;
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirishga qaratilgan interaktiv boshqaruv qarorlarini takomillashtirish va ularning faoliyati samaradorligini baholash asosida 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish va boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maxsus iqtisodiy zona” tushunchasining iqtisodiy mazmunini investisiyalarni imtiyozlar asosida jalb etish, eksportbop hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan hududiy-iqtisodiy tuzilmani tarmoqlar, ta’minot zanjirlari va klaster modellari asosida integratsiyalashgan tarzdagi boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda hududiy-iqtisodiy tuzilmani tarmoqlar, ta’minot zanjirlari va klaster modellari asosida integratsiyalashgan tarzdagi boshqaruv tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “maxsus iqtisodiy zona” tushunchasi boʻyicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini bergan;
maxsus iqtisodiy zonalarda soliq imtiyozlarini raqamli tahlil qilish orqali ishlab chiqilgan tahliliy-modelga asoslangan “Soliq-samaradorlik indeksi (SSI)” sohadagi soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini 75-80% aniqlik bilan baholash imkonini berishi boʻyicha taklifi Urgut erkin iqtisodiy zonasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Urgut erkin iqtisodiy zonasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/5-823-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi maxsus iqtisodiy zonalarda soliq imtiyozlarini raqamli tahlil qilishda, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholashda va davlat tomonidan qo‘llanilayotgan soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini bergan;
maxsus iqtisodiy zonalarning ixtisoslashuv yo‘nalishini belgilash uchun hududning ishlab chiqarish, investision va ijtimoiy salohiyatini ifodalovchi kompleks ko‘rsatkichlar majmuini integral indeks yordamida baholash asosida ularning empirik-ekonometrik rivojlanish modelini ishlab chiqish orqali prognoz aniqligini 85% darajada ta’minlanishi boʻyicha taklifi Urgut erkin iqtisodiy zonasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Urgut erkin iqtisodiy zonasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/5-823-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi maxsus iqtisodiy zonalarning empirik-ekonometrik rivojlanish modelini ishlab chiqish asosida samaradorlikni baholashning nazariy, amaliy va huquqiy asoslarini o‘rganish imkonini bergan;
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirishga qaratilgan interaktiv boshqaruv qarorlarini takomillashtirish va ularning faoliyati samaradorligini baholash asosida 2030-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish boʻyicha taklifi Urgut erkin iqtisodiy zonasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Urgut erkin iqtisodiy zonasining 2025-yil 24-noyabrdagi 05/5-823-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi maxsus iqtisodiy zonalarda investision faollikni oshirishga qaratilgan interaktiv boshqaruv qarorlarini takomillashtirish va ularning faoliyati samaradorligini baholash asosida istiqbol koʻrsatkichlar oʻrtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish