Ismoilova Xayitxon Maxammadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Farg‘ona vodiysida oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal 1225
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Xuseynova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysida oilaviy urf-odat va qadriyatlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsiyasiga oid manbalarni tarixiy davrlashtirishdan kelib chiqib bir nechta turkumda klassifikatsiyalash vositasida vodiyning oila urf-odat, an’analari, turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari haqida zamonaviy ijtimoiy tafakkurda ilmiy, ob’ektiv-retrospektiv munosabat hosil bo‘lishi dalillangan;
ijtimoiy-madaniy sohalarda transformatsiya jarayonlari yuz berayotgan Farg‘ona vodiysi oilalarida urf-odat va qadriyatlarga amal qilinishi natijasida yosh avlodning intelektual salohiyati o‘sishi, jismoniy rivojlanishi, Vatanga, jamiyatga, oilaga nisbatan qadriyatiy dunyoqarashi mukammal rivojlangan shaxs sifatida shakllanishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.
Farg‘ona vodiysida oila urf-odatlar va qadriyatlar tizimida vorisiylik va tadrijiylik tamoyillari, qonuniyatlari, o‘zgarish segmentlari asoslangan; madaniy-mental fenomenlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan korrelyasiyasi dalillangan natijada Farg‘ona vodiysi oila qadriyatlari transformatsiyasi o‘zgarish segmentlari ochib berilgan;
zamonaviy global davrda Farg‘ona vodiysida demografik o‘sishning balandligi, mintaqada oilalar soni ortib borishi shu bilan birga, aholi orasida mehnat resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, ishsizlik oqibatida migratsiya jarayonining ko‘proq yosh yigitlarning oiladan yiroqda bo‘lishi oila qadriyatlarining buzilishiga, ajrimlarga olib kelayotgani, natijada yosh avlodni millat mentalitetiga mos tarzda tarbiyalashda, oila urf-odatlari va qadriyatlarini to‘g‘ri tushuntira olish, ularni targ‘ib qilish orqali O‘zbekiston geostrategiyasida Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab qolish muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysida oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsiyasining ahamiyatiga doir ishlab chiqilgan ijtimoiy-falsafiy takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsiyasiga oid manbalarni tarixiy davrlashtirishdan kelib chiqib bir nechta turkumda klassifikatsiyalash vositasida vodiyning oila urf-odat, an’analari, turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari haqida zamonaviy ijtimoiy tafakkurda ilmiy, ob’ektiv-retrospektiv munosabatlarni tahlil etishga oid ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2024-yil 5-martdagi №10/492-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ilmiy natijalari loyiha doirasida qo‘llanma, dastur va ishlanmalar ishlab chiqishda xizmat qilgan;
Iijtimoiy-madaniy sohalarda transformatsiya jarayonlari yuz berayotgan Farg‘ona vodiysi oilalarida urf-odat va qadriyatlarga amal qilinishi natijasida yosh avlodning intelektual salohiyati o‘sishi, jismoniy rivojlanishi, Vatanga, jamiyatga, oilaga nisbatan qadriyatiy dunyoqarashi mukammal rivojlangan shaxs sifatida shakllanishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9 fevraldagi 04-36-202-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Farg‘ona vodiysi oila qadriyatlari transformatsiyasi davriy turkumlashtirishdagi tamoyillar, qonuniyatlar tizimlashtirilishi, o‘zgarish segmentlari asoslanishi, zamonaviy global davrda O‘zbekiston geostrategiyasida Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlarini transformatsion jarayonlarining ijtimoiy, madaniy-mental fenomenlarini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan korreksiyasi dalillanishi bo‘yicha ilmiy qarashlar va faktlar bilan boyitib berishda xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysida oila urf-odatlar va qadriyatlar tizimida vorisiylik va tadrijiylik tamoyillari, qonuniyatlari, o‘zgarish segmentlari, madaniy-mental fenomenlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan korrelyasiyasi, Farg‘ona vodiysi oila qadriyatlari transformatsiyasi o‘zgarish segmentlari bo‘yicha ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022 yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067(P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 25-martdagi №41-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy global davrda O‘zbekiston geostrategiyasida Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlari transformatsion jarayonlarining ijtimoiy, madaniy-mental fenomenlarini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan korreksiyasiga xizmat qilgan;
zamonaviy global davrda Farg‘ona vodiysida demografik o‘sishning balandligi, mintaqada oilalar soni ortib borishi shu bilan birga, aholi orasida mehnat resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, ishsizlik oqibatida migratsiya jarayonining ko‘proq yosh yigitlarning oiladan yiroqda bo‘lishi oila qadriyatlarining buzilishiga, ajrimlarga olib kelayotgani, natijada yosh avlodni millat mentalitetiga mos tarzda tarbiyalashda, oila urf-odatlari va qadriyatlarini to‘g‘ri tushuntira olish, ularni targ‘ib qilish orqali O‘zbekiston geostrategiyasida Farg‘ona vodiysi oila urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab qolish muhimligi bo‘yicha ilmiy xulosalardan Bremen shahridagi A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy-tadqiqot markazining “Markaziy Osiyo oilalari qadriyatlari” mavzusidagi ma’ruzani shakllantirishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-fevraldagi 44461-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar, Fag‘ona vodiysida oila va qadriyatlar tizimining milliy mental xususiyatlarini yoritish hamda unda jamiyat yacheykasi sifatida oila tizimining rolini aniqlashga xizmat qilgan.