Bazarboeva Shoxsanam Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda veterinariya ishining shakllanishi: tarixiy tahlil, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:2025-12-12.PhD/Tar 
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, Tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oriental universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.11.01
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor. Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axmedov Begzod Abduraxmonovich  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1870-1917-yillarda Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligida olib borgan veterinariya siyosati, mustamlaka davrida bu sohaning ahvoli hamda tarmoqning chorvachilikda tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasida veterinariya tizimini shakllanishi jarayonida veterinariya tashkilotlari va shifoxonalarini tashkil etgan bo‘lsa-da, ular, asosan, mustamlaka ma’muriyatiga iqtisodiy foyda keltiradigan chorvachilik sohasigagina xizmat ko‘rsatganligi hamda it, mushuk kabi uy hayvonlari va parrandalar e’tiborsiz qoldirilganligi ochib berilgan.
Turkiston o‘lkasida ikkita parallel shaklda ishlovchi veterinariya tashkilotlari mavjud bo‘lib, ulardan biri qonunan harbiy vazirga bo‘ysunganligi, boshqasi esa amalda epizootiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot Turkiston general-gubernatorligi qoshidagi veterinariya boshqarmasiga va Ichki ishlar vazirligiga bo‘ysunganligi, mazkur tashkilotlarning hamkorlikda faoliyat yuritmaganligi chorva hayvonlari orasida tarqalgan turli kasalliklarga qarshi kurashga salbiy ta’sir etganligi dalillangan.
O‘lkada veterinariya muassasalari tomonidan hayvonlarni davolash va epizootiyalarga qarshi kurashish ishlarini olib borishdagi kamchiliklar va bu sohada mutaxassislar etishmaganligi tufayli veterinariya sohasining asosiy vazifasi bo‘lgan chorvachilik holatini yaxshilash masalasi keyingi o‘ringa tushib qolganligi aniqlangan.
Veterinariya xodimlarining aksariyati mutaxassislik bo‘yicha chuqur bilimga ega emasligi, ulardan ko‘pchiligi faqat maktabni bitirgan va talabalardan iborat bo‘lib,  kasalliklarga qarshi kurashning ratsional usullaridan bexabar bo‘lganligi hamda moliyaviy mablag‘ etishmovchiligi kabi muammolar  epidemik va endemik kasalliklarga qarshi samarali kurash olib borilmaganligining asosiy sababi bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda veterinariya ishining shakllanishi: tarixiy tahlil mavzusida olib borilgan tadqiqot ishi davomida olingan natija, amaliy taklif va tavsiyalardan:
“XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda veterinariya ishining shakllanishi: tarixiy tahlil”  mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 11-iyundagi 
257-son ma’lumotnomasi).
Xususan, “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda tadqiqotda ilgari surilgan 1870-1917-yillarda Turkiston general-gubernatorligidagi veterinariyaning ahvoli hamda bu tarmoqning iqtisodiy va chorvachilik jarayonlardagi o‘rni, o‘rganilayotgan davrda aholi kundalik hayotida veterinariya xizmatidan foydalanish yo‘llarini tahlil qilish, chorva mollari kasalliklarga qarshi kurash jarayonida mustamlaka ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan tashabbuslarni tahlil etish kabi munosabatlariga oid ilmiy xulosalardan ma’lumot sifatida foydalanildi. (“O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 9-oktyabr 01-44-289-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish