Agzamova Nargiza Gapurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2024.1.PhD/Iqt.3931
Ilmiy rahbar: Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, DSc, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 22/2025.27.12.I.02.01
Rasmiy opponentlar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, dotsent
Yetakchi tashkilot: Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sayyohlarga majmuaviy turistik mahsulotlarni shakllantirish va taqdim etish bilan birga, hududning tabiiy hamda milliy o‘ziga xosligini ifodalovchi va asrab-avaylovchi mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari yaratish hamda daromad manbaini ta’minlash orqali moliyaviy foyda keltiradigan sayyohlik faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaligi, hunarmandchilik, mehmon uylari, gid va transportni birlashtiradigan kontrakt-kooperatsiya modeli negizida standart turpaketlarni “modul” shaklida ishlab chiqish orqali qishloq turizmi yo‘nalishidagi turistik elementlarning yaxlit turpaketga aylanishini ta’minlash natijasida qiymat zanjiri va klaster kooperatsiyasi etishmasligining oldini olish taklifi asoslangan;
qishloq turizmi subektlari uchun turist oqimi va bronlash tarixiga tayanadigan, kredit yoki lizing berishda garovga qarab emas, balki biznesning pul oqimiga qarab “ball” qo‘yib, to‘lov qobiliyatini baholash asosida mikrokredit yoki lizingni joriy etish hamda riskni portfel sug‘urtasi bo‘yicha diversifikatsiya qilish orqali moliyaviy ta’minlash asoslangan;
Toshkent viloyatida qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida qishloq turizmini rivojlantirish bo‘yicha 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq turizmini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qishloq turizmi” kategoriyasining iqtisodiy mazmuni sayyohlarga majmuaviy turistik mahsulotlarni shakllantirish va taqdim etish bilan birga, hududning tabiiy va etnomadaniy o‘ziga xosligini saqlab, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari hamda daromad manbaini ta’minlash, nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm transporti va distribusiyasi” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 28-noyabrdagi 364-sonli buyrug‘i), (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-dekabrdagi 03-17/597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida oliy o‘quv yurt talabalarida takomillashtirilgan “qishloq turizmi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
fermer xo‘jaligi, hunarmandchilik, mehmon uylari, gid va transportni birlashtiradigan kontrakt-kooperatsiya modeli negizida standart turpaketlarni “modul” shaklida ishlab chiqish orqali qishloq turizmi yo‘nalishidagi turistik elementlarning yaxlit turpaketga aylanishini ta’minlash natijasida qiymat zanjiri va klaster kooperatsiyasi etishmasligining oldini olish taklifi asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Toshkent viloyati Turizm boshqarmasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-1/108-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Toshkent viloyati qishloq hududlarda turizm tarmog‘i raqobatbardoshligi ortib, turistlar oqimi barqarorlashgan.; 
qishloq turizmi subektlari uchun turist oqimi va bronlash tarixiga tayanadigan, kredit yoki lizing berishda garovga qarab emas, balki biznesning pul oqimiga qarab “ball” qo‘yib, to‘lov qobiliyatini baholash asosida mikrokredit yoki lizingni joriy etish hamda riskni portfel sug‘urtasi bo‘yicha diversifikatsiya qilish orqali moliyaviy ta’minlash asoslangan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi Toshkent viloyati Turizm boshqarmasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-1/108-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq hududlarda turizm tarmog‘i raqobatbardoshligi ortib, turistlar oqimi barqarorlashgan;
qishloq turizmida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining  2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p omilli ekonometrik model asosida ishlab chiqilib,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi Pf-87-son “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 18-dekabrdagi 03-17/597-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi  turizm sohasida strategik rejalashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va yangi innovatsion xizmat turlarining joriy etilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish