Narzullaev Doniyor Shuxrat o‘g‘lining fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish” 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B. 2025.2.DSc/Ped1133
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy maslaxatchi: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Mirzaolim Xaydaralievich Namangan davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori(DSc); Xodjaev Begzod Xudoyberganovich Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori(DSc); Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori(DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari (integrative-aksiologik muhit, muammoli-evristik metodlar) hamda pedagogik-psixologik xususiyatlari (empatiya, refleksiya, ijtimoiy persepsiya) – tanqidiy va sanogen tafakkur mexanizmlari integratsiyasiga ustivorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, aksiologik va faoliyatli-pragmatik komponentlar sintezi asosida hamda sun’iy intellekt va interfaol pedagogik texnologiyalar integratsiyasiga muvofiq, madaniyatlararo muloqot jarayonida empatiya va tolerant qaror qabul qilish kabi talablarni belgilash orqali takomillashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti etnopedagogikaning empirik jihatiga muvofiq o‘qituvchining pozision harakatlari bilan ta’lim oluvchilarning real amaliy faoliyatini imitatsiyalash jihatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishning integrativ texnologiyasi bilim, faoliyat, perseptiv-reflektiv bosqichlarga muvofiq jarayon algoritmini gipotetik darajalar bo‘yicha kaskad tartibida loyihalashning natijaviyligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minoti “Pedagogik tolerantlik” moduli bo‘yicha tayanch texnologik xaritaga muvofiq, muammoli, vitagen, germenevtik o‘qitish strategiyalarini faoliyat mazmuniga moslashtirish sur’atini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasi asosida:
magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari (integrativ-aksiologik muhit, muammoli-evristik metodlar) hamda pedagogik-psixologik xususiyatlari (empatiya, refleksiya, ijtimoiy persepsiya) – tanqidiy va sanogen tafakkur mexanizmlari integratsiyasiga ustivorlik berish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Pedagogik tolerantlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i, 333377-raqamli guvohnoma). Natijada, magistratura talabalarida pedagogik tolerantlikni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va didaktik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, aksiologik va faoliyatga yo‘naltirilgan tarkibiy asoslarga tayangan holda sun’iy intellekt va interaktiv pedagogik texnologiyalarni integratsiyasiga muvofiq madaniyatlararo muloqot jarayonida empatiya va tolerant qaror qabul qilish kabi talablarni belgilash orqali takomillashtirishga qaratilgan takliflar “Pedagogik tolerantlik” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli buyrug‘i, 333377-raqamli guvohnoma). Natijada, madaniyatlararo muloqotda ijtimoiy-psixologik adaptatsiya imkoniyatlarini kengaytirish va tolerant xulq-atvor modelini amaliyotga tatbiq etishga xizmat qilgan;
aksiologik yondashuv asosida magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish modelining tashkiliy-pedagogik komponenti etnopedagogikaning empirik jihatiga muvofiq o‘qituvchining pozision harakatlari bilan ta’lim oluvchilarning real amaliy faoliyatini imitatsiyalash jihatini kengaytirish asosida takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etish va dasturlar senariysini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 09-apreldagi 04/-39-162-son ma’lumotnomasi). Natijada, magistratura talabalrida pedagogik tolerant tolerantlikni rivojlantirishga oid ma’lumotlar bilan teletomoshabinlarni yaqindan tanishtirish orqali tadqiqotning ilmiy yangiligini ommalashtirishga erishilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishning integrativ texnologiyasi bilim, faoliyat, perseptiv-reflektiv bosqichlarga muvofiq jarayon algoritmini gipotetik darajalar bo‘yicha kaskad tartibida loyihalashning natijaviyligini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli buyrug‘i, 863317-raqamli guvohnoma). Natijada, magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
magistratura bosqichi talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik ta’minoti “Pedagogik tolerantlik” moduli bo‘yicha tayanch texnologik xaritaga muvofiq, muammoli, vitagen, germenevtik o‘qitish strategiyalarini faoliyat mazmuniga moslashtirish sur’atini kengaytirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+Capacity Building Project 101129076 EMPOWER: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” mavzusidagi xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 31-martdagi 01/11-02/0-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, magistratura talabalarida pedagogik tolerantlik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan.