Sharipova Nilufar Mavlonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7531.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Guzal Sodiqovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, (DSc) professor; Utaeva Naima Normuratovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari texnik tizimlarining ta’sirchanligini raqamli universal ko‘nikmalarga bir makon sifatida uyg‘unlashtirish, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim komponentlarining real ishlab chiqarish jarayonlariga kooperativligini diagnostik baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari texnologik jarayonlarni virtual laboratoriyalar, flip-o‘qitish STEAM, SMART, STARTUP loyihalariga ustuvorlik berish, “loyiha-ishlab chiqarish-taxlil” siklini kriterial baholashga bog‘liqlik asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan metodik tizim maqsad-natija bosqichlarini faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan va amaliy-kommunikativ jarayonlarga diversifikatsiyalash, texnologik va raqamli kompetensiyalarni mazmuniy, tashkiliy, pedagogik jarayonlarga transformatsiyalashni bosqichma-bosqich joriy etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kasbiy faoliyatida real, tabiiy va bosma vositalardan foydalanishni “Yosh muhandislar” to‘garagi, “Ustoz-shogird” tizimiga akslantirish, Advance Creative texnologiyalarini amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan baholash mezonlarga muvofiqliginijarayonli ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari texnik tizimlarining ta’sirchanligini raqamli universal ko‘nikmalarga bir makon sifatida uyg‘unlashtirish, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim komponentlarining real ishlab chiqarish jarayonlariga kooperativligini diagnostik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Tolali materiallarni quritish va namlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3059/04 raqamli nashr ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari texnologik jarayonlarni virtual laboratoriyalar, flip-o‘qitish STEAM, SMART, STARTUP loyihalariga ustuvorlik berish, “loyiha-ishlab chiqarish-taxlil” siklini kriterial baholashga bog‘liqlik asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Tolali materiallarni quritish va namlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3059/04 raqamli nashr ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyalari va mazmunini takomillashtirilgan.
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan metodik tizim maqsad-natija bosqichlarini faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan va amaliy-kommunikativ jarayonlarga diversifikatsiyalash, texnologik va raqamli kompetensiyalarni mazmuniy, tashkiliy, pedagogik jarayonlarga transformatsiyalashni bosqichma-bosqich joriy etish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Tolali materiallarni quritish va namlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3059/04 raqamli nashr ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish metodik tizimi (modeli)ni takomillashtirish samaradorligi oshgan.
Bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi kasbiy faoliyatida real, tabiiy va bosma vositalardan foydalanishni “Yosh muhandislar” to‘garagi, “Ustoz-shogird” tizimiga akslantirish, Advance Creative texnologiyalarini amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan baholash mezonlarga muvofiqliginijarayonli ta’minlash asosida takomillashtirilgan metodik tavsiyalar “Tolali materiallarni quritish va namlash” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3059/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak muhandis-texnologlarda amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi va samaradorligini takomillashtirish mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish