O‘roqova Sharofat Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy didaktik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.06 - Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8161.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti.  
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Shaxnoza Abduxakimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kamalov Azamat Farxodovich, pedagogika fanlari doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari dizayn va tanqidiy fikrlash komponentlarini raqamli trenajor, interfaol kvestlar va geymifikatsiya elementlariga integratsiyalashning intensivligini kompleks pedagogik baholash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishni dasturiy didaktik ta’minoti raqamli immersiv muhitni intellektual ekotizimli muhitga kognitiv integratsiyalash, resurslarning kreativ, muammoli va adaptiv mazmuniga muvofiqligini didaktik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi rag‘batlantiruvchi, amaliyot va refleksiyaga yo‘naltirilgan mazmunga “AFTI” texnologiyasini “AKS jadvali”, “ATTQO strategiyasi” va “Fakt-tahlil” metodlari orqali sinergik uyg‘unlashtirish va bosqichma bosqich uzviy transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
dasturiy didaktik ta’minot vositasida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi multi-dissiplinar loyihalarni birlashtirgan (https://informatikart.sendpulse.online) adaptiv platformasi teskari aloqaning kollaborativligini ta’minlashga olib kelganligi tufayli kasbiy kreativ faoliyat traektoriyasini rivojlantiruvchi resurslar va mezonlarni kiritish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning dasturiy didaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari dizayn va tanqidiy fikrlash komponentlarini raqamli trenajor, interfaol kvestlar va geymifikatsiya elementlariga integratsiyalashning intensivligini kompleks pedagogik baholash asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Informatika va raqamli texnologiyalar” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 31-yanvardagi 6/31 son qaroriga asosan berilgan 2024/34U-192 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’limda raqamli dasturiy didaktik vositalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishni dasturiy-didaktik ta’minoti raqamli immersiv muhitni intellektual ekotizimli muhitga kognitiv integratsiyalash, resurslarning kreativ, muammoli va adaptiv mazmuniga muvofiqligini didaktik loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Raqamli texnika va dasturiy ta’minot” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-buyrug‘i asosida berilgan №68-492 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli ta’lim platformasi asosida kreativ fikrlash kompetensiyalarni takomillashtirishga erishilgan;
raqamli ta’lim sharoitida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi rag‘batlantiruvchi, amaliyot va refleksiyaga yo‘naltirilgan mazmunga “AFTI” texnologiyasini “AKS jadvali”, “ATTQO strategiyasi” va “Fakt-tahlil” metodlari orqali sinergik uyg‘unlashtirish va bosqichma bosqich uzviy transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Adobe Illyustrator dasturida laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1  son qaroriga asosan berilgan 2024/214U-343 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishda raqamli dasturiy didaktik vositalaridan samarali foydalanishning metodik imkoniyatlari kengaytirilgan, ta’lim sifati oshgan;
dasturiy didaktik ta’minot vositasida talabalarning kreativ fikrlash kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligi multi-dissiplinar loyihalarni birlashtirgan (https://informatikart.sendpulse.online) adaptiv platformasi teskari aloqaning kollaborativligini ta’minlashga olib kelganligi tufayli kasbiy kreativ faoliyat traektoriyasini rivojlantiruvchi resurslar va mezonlarni kiritish asosida oshirishga oid tavsiyalar “Informatika va raqamli texnologiyalar” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 31-yanvardagi 6/31 son qaroriga asosan berilgan 2024/34U-192 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, raqamli dasturiy didaktik ta’minoti asosida kreativ fikrlash kompetensiyalarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish