Olimov Xayrullo Qayumovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tabiiy xomashyolardan o‘t haydovchi vositalar tarkib texnologiyalarini ishlab chiqish va sifat me’yorlarini belgilash», 15.00.01 – Dori texnologiyasi, 15.00.02 – Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Far47.
Ilmiy maslahatchi: Mirraximova Tanzila Axrorovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Far.24.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mirakilova Dilfuza Botiralievna, farmatsevtika fanlari doktori, katta ilmiy hodim; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor; Jalilov Fazliddin Sodiqovich, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy shifobaxsh o‘simlik xomashyolaridan olingan yangi o‘t haydovchi ta’sirga ega bo‘lgan dori vositasining va biologik faol qo‘shimchalarining mo‘’tadil tarkib, texnologiyalarini ishlab chiqish hamda ularning sifat me’yorlarini aniqlash orqali standartlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy o‘simliklar xomashyosi asosida o‘t haydovchi ta’sirga ega «Safrofit fitochay», «Safroart fitochay», «Gepatoship fitochay», «Safroboz» fitochoylarining mo‘’tadil tarkiblari tanlangan, taklif etilayotgan fitochoylarining sifatini baholashning maqbul usullari ishlab chiqilgan;
biologik faol moddalarga boy «Safrofit», «Safroart», «Gepatoship» quruq ekstraktlarini olishning innovatsion texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Safrofit», «Safroart», «Gepatoship» quruq ekstraktlarining sifatini nazorat qilish usullari ilmiy asoslangan;
mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi asosida «Gepatoship» va «Safroboz» granulalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda sifatini belgilash va standartlash mezonlari taklif qilingan;
«Gepatoship» kapsulalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda uning sifat me’yorlari belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiiy xomashyolardan o‘t haydovchi vositalar tarkib texnologiyalarini ishlab chiqish va sifat me’yorlarini belgilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«A.B.-BIOKOM» MChJ bilan hamkorlikda «Safroboz» 5 g dan granulali sashe paketchalar uchun ishlab chiqilgan tajriba sanoat reglamenti tasdiqlangan (OPR №32715). Natijada, mazkur tajriba sanoat reglamentining tasdiqlanishi o‘t haydovchi ta’sirga ega dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Safroboz» granulalarining spesifik faolligi va bezararligi isbotlangan («Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» DMning 2025 yil 11 noyabrdagi 41/11-20389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Safroboz» granulalarini o‘t haydovchi ta’sirga ega dori vositasi sifatida tibbiyot amaliyotida qo‘llash imkonini bergan;
«Safroboz» 5 g dan granulali sashe paketchalar uchun korxona farmakopeya maqolasi «Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» davlat muassasiga tasdiqlash uchun taqdim etilgan («Farmatsevtika mahsulotlari havfsizligi markazi» DMning 2025 yil 11 noyabrdagi 41/11-20389-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, gepatoprotektor va o‘t haydovchi dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
«Safrofit fitochay», «Safroart fitochay», «Gepatoship fitochay», «Gepatoship» granula va «Gepatoship» kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchalar uchun Texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 30523238- 11:2024, TI 30523238-12:2024, TI 30523238-13:2024, TI 309975419-13:2024, TI 309975419-14:2024). Natijada, «SULTON MEDPHARM» MChJ xususiy farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasida mazkur biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish