Imomova Shafoat Mahmudovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6383
Ilmiy rahbar: Xusenov Murod Zoxirovich, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,
PhD.03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Murodova Feruza Rashidovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kasimov Feruz Fayzulloevich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent .
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetenligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli ta’lim texnologiyalarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tarkibini mustaqil o‘zlashtirish imkonini taqdim etuvchi, ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini integrasiyalovchi kompyuterli imitasion-trenajyori dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan va uning metodik ta’minotini takomillashtirish maqsadida talabalarda ixtisoslik fanini o‘rganishga oid bilimlarni bosqichma-bosqich shakllantirish aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali tanqidiy fikrlash, ijtimoiy va kasbiy muammolarni tahlil qilish, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash qobiliyati, tafakkuri, kreativ savodxonlik madaniyati, tanlash, refleksiv kabi didaktik imkoniyatlari interaktiv hisoblash tizimlari ichki funksiya va buyruqlarini kognitiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kompetentligini kompyuterli imitasion-trenajyorning funksional imkoniyatlari asosida rivojlantirish vositalari zamonaviy pedagogik tushunchalar(motivatsion, kognitiv, texnologik, kommunikatsion)ning komponentlari orqali takomillashtirilgan va ularni raqamli ta’lim texnologiyalari orqali interaktiv hisoblash tizimlarida ishlashga o‘rgatish jarayoni modelining tuzilma - mazmunli komponent blokida ilmiy yondashuvlar, tamoyillar, didaktik ta’minot asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan qoidalar belgilab berilgan.
ixtisoslik fanlanini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarda kasbiy kompetenlikni rivojlantirish asosida o‘qitish metodikasi, fanni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirib, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida olingan natijalar bo‘yicha:
raqamli ta’lim texnologiyalarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlar tarkibini mustaqil o‘zlashtirish imkonini taqdim etuvchi, ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini integrasiyalovchi kompyuterli imitasion-trenajyori dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan va uning metodik ta’minotini takomillashtirish maqsadida talabalarda fanini o‘rganishga oid bilimlarni bosqichma-bosqich shakllantirishga oid takliflardan Buxoro muxandislik-texnologiya institutining “AIF”-2/20 - Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” (2019-2022 yy.) mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro muhandislik–texnologiya institutining 2024-yil 13-martdagi 1-2-806-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli ta’lim texnologiyalari asosida talabalarining interaktiv hisoblash tizimlariga oid kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkonini bergan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali tanqidiy fikrlash, ijtimoiy va kasbiy muammolarni tahlil qilish, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llarini izlash qobiliyati, tafakkuri, kreativ savodxonlik madaniyati, tanlash, refleksiv kabi didaktik imkoniyatlari interaktiv hisoblash tizimlari ichki funksiya va buyruqlarini kognitiv integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “Ta’limda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019- yil 4-oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-061 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak mutaxassislarning texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilash orqali o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak mutaxassislar kasbiy kompetentligini kompyuterli imitasion-trenajyorning funksional imkoniyatlari asosida rivojlantirish vositalari zamonaviy pedagogik tushunchalar(motivatsion, kognitiv, texnologik, kommunikatsion)ning komponentlari orqali takomillashtirilgan va ularni raqamli ta’lim texnologiyalari orqali interaktiv hisoblash tizimlarida ishlashga o‘rgatish jarayoni modelining tuzilma - mazmunli komponent blokida ilmiy yondashuvlar, tamoyillar, didaktik ta’minot asosida ixtisoslik fanlarini o‘qitishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan qoidalarga oid tavsiyalardan “Kimyoda axborot kommunikatsion texnologiyalar” nomli darslik (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-725 raqamli guvohnoma) hamda interaktiv hisoblash tizimlari ichki funksiya va buyruqlaridan dars jarayonida foydalanishga doir tavsiyalari “Kimyo ta’limida kompyuter dasturlarining o‘rni” nomli uslubiy qo‘llanma (Buxoro davlat universitetining 2023 yil 23 martdagi “112-U” sonli buyrug‘iga asosan nashr qilishga ruxsat berilgan) kabi o‘quv adabiyotlari mazmuniga singdirilgan. Natijada, interaktiv hisoblash tizimlariga oid kasbiy kompetentligi rivojlangan mutaxassis tayyorlashga erishilgan. Ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda talabalarining bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshgan;
ixtisoslik fanini raqamli ta’lim texnologiyalari vositasida talabalarda kasbiy kompetenlikni rivojlantirish asosida o‘qitish metodikasi, fanni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirib, kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Kompyuterli matematik tizimlar” fani bo‘yicha yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 6-fevraldagi №22005 - sonli guvohnomasi). Natijada yaratilgan elektron o‘quv qo‘llanma bo‘lajak mutaxassislarning regulyativ va kognitiv universal o‘quv xarakatlarini shakillantirishga xizmat qiladi.