Jumaniyazova Zulfiya Aitbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Tarbiyaviy ishlar jarayonida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlash metodikasi”, 13.00.03 - Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped11081
Ilmiy rahbar: Abdalova Sayyara Rustamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12.Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Azamat Qaxramonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Teshaboeva Feruza Raximovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarbiyaviy ishlar jarayonida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlarga tayyorlashni metodik jihatdan rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, makonda mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi imitatsion-audiovizual vositalardan foydalanish, tarbiyaviy mashg‘ulotlarning didaktik funksiyalariga mos bo‘lgan korreksion konsentrlarda adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning korreksion-didaktik imkoniyatlari, etik va huquq normalarini tiflosharxlash sharoitida o‘rgatuvchi differensial metodikalarni kompensator-kommunikatsiya jarayonida qo‘llash hamda kinestetik ta’sir darajalariga ko‘ra optimallashtirish asosida ochib berilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashning korreksion-pedagogik modeli, eshitish va taktil sezuvchanlikni stimullovchi ijtimoiy-emotsional ta'lim muhitida o‘quvchilarning ijtimoiy-akademik faoliyatini axloqiy prognoz indikatorlari bo‘yicha tashkil etish ustuvorligida ishlab chiqilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashning kompensatsion-rivojlantiruvchi texnologiyalarini interaktiv-kommunikativ, faol-amaliy va namunaviy kabi kishilik munosabatlari modellarini, emotsional idrokni tiflokinestetik ta’sirda rivojlantirish parelleli asosida individual qo‘llash orqali takomillashtirilganligi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashni uslubiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini yaratish makonda mo‘ljal olishga o‘rgatuvchi imitasion-audiovizual vositalardan foydalanish tarbiyaviy mashg‘ulotlarning didaktik funksiyalariga moslashtirish korreksion konsentrlarda adaptivlashtirish asosida takliflar “Boshlang'ich sinf o‘qituvchisining pegagogik kompetentligi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ilmiy nashrlar oilaviy- qo‘shnichilik jamiyatidagi tarbiyaviy ishlarini tizimli rivojlantirishga xizmat qilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashda tarbiyaviy mashg‘ulotlarning korreksion-didaktik imkoniyatlarini etik va huquq normalarini tiflosharxlash sharoitida o‘rgatuvchi differensial metodikalarni kompensator-kommunikatsiya jarayonida, kinestetik ta’sir darajalariga ko‘ra optimallashtirishga oid tavsiyalari “Inklyuziv ta’lim, Gospital pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-noyabrdagi 6918-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik model ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlarga tayyorlashda tarbiyaviy ishlarini uslubiy jihatdan tizimli rivojlantirishga xizmat qilgan;
ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlariga tayyorlashning korreksion-pedagogik modeli, eshitish va taktil sezuvchanlikni stimullovchi ijtimoiy-emotsional ta'lim muhitida o‘quvchilarning ijtimoiy-akdemik faoliyatini tashkil etishga oid takliflar “Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga signdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 22 dekabrdagi 8297-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning axloqiy prognoz indikatorlari bo‘yicha tashkil etishga doir metodik tavsiyalar amaliyotga joriy etilgan. Natijada, o‘quvchilarga o‘z yaqinlari hamda atrofdagi tengdoshlari va kattalar bilan bevosita muloqot qilish, mahalla hayotida ishtirok etish tajribasi yaratildi va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini his etishlariga zamin yaratildi.