Buranova Lola Uktamovna
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining chet tilida monologik va dialogik nutqini rivojlantirishning zamonaviy metodlari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)  ixtisosligi.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7434 Ilmiy rahbar: Shamaxmudova Aziza Furkatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Ped.37.01
    Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Davronova Fotima Pirnazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining monologik va dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
filolog talabalarning monologik va dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik model “kommunikativ”, “kompetensiyaviy”, “talabaga yo‘naltirilgan” yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, unda nutq faoliyati turlarining “integrativ o‘qitilishi”, “autentik nutqiy vaziyatlar”, “refleksiv baholash” mexanizmlari va “natijaga yo‘naltirilgan” topshiriqlar tizimi metodik jihatdan asoslanib, talabalarning “og‘zaki nutq” kompetensiyasi, “kommunikativ faolligi” va “nutqiy mustaqilligi” rivojlanishi ilmiy asoslangan;
o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarning sistematik tahlili vositasida talabalarning monologik va dialogik nutqini rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini “lingvistik”, “pragmatik” va “kommunikativ” me’zonlarga moslashtirishi ilmiy-metodologik, lingvopedagogik, kommunikativ-pragmatik didaktik ta’minot taklif etilgan;
talabalarning monologik va dialogik nutqini rivojlantirish jarayonida kommunikativ, pragmatik va metalingvistik kompetensiyalarini kompleks shakllantirishni ta’minlovchi “Hissiyotlar monologi”, “Dalillar va faktlar”, “Madaniy stereotiplar”, “Emopril”, “Taqlid”, “Rubrika” kabi pedagogik texnologiyalar tizimining sinovdan o‘tkazilishi talabalarning lingvokommunikativ faoliyatini optimallashtirish, og‘zaki nutq strategiyalarini mukammallashtirish va media materiallar bilan integratsiyalashgan kommunikativ faoliyatni rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
talabalar nutq faoliyatining “kognitiv”, “metalingvistik” va “pragmatik” kompetensiyalarini integratsiyalashga qaratilgan interaktiv media resurslar, kontekstual vazifalar va autentik lingvistik manbalarning qo‘llanilishi orqali talabalarning monologik va dialogik nutqida lingvistik-pragmatik aniqlik, kommunikativ moslashuvchanlik, hamda muloqot madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarining monologik va dialogik nutqini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
filolog talabalarning monologik va dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik model “kommunikativ”, “kompetensiyaviy”, “talabaga yo‘naltirilgan” yondashuvlar asosida ishlab chiqilib, unda nutq faoliyati turlarining “integrativ o‘qitilishi”, “autentik nutqiy vaziyatlar”, “refleksiv baholash” mexanizmlari va “natijaga yo‘naltirilgan” topshiriqlar tizimi metodik jihatdan asoslanib, talabalarning “og‘zaki nutq” kompetensiyasi, “kommunikativ faolligi” va “nutqiy mustaqilligi” rivojlanishi ilmiy asoslanganligi bo‘yicha olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan 2/24-4/7-690-sonli “English Access Microscholarship Program” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 
4-fevraldagi №335/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, monologik va dialogik nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik modelni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga erishilgan;
o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarning sistematik tahlili vositasida talabalarning monologik va dialogik nutqini rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini “lingvistik”, “pragmatik” va “kommunikativ” me’zonlarga moslashtirishi ilmiy-metodologik, lingvopedagogik, kommunikativ-pragmatik didaktik ta’minot taklif etilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JPCLASS: “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2025-yil 4-fevraldagi №334/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, monologik va dialogik nutqni rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini “lingvistik”, “pragmatik” va “kommunikativ” me’zonlarga moslashtirishga erishilgan;
    talabalarning monologik va dialogik nutqini rivojlantirish jarayonida kommunikativ, pragmatik va metalingvistik kompetensiyalarini kompleks shakllantirishni ta’minlovchi “Hissiyotlar monologi”, “Dalillar va faktlar”, “Madaniy stereotiplar”, “Emoprill”, “Taqlid”, “Rubrika” kabi pedagogik texnologiyalar tizimining sinovdan o‘tkazilishi talabalarning lingvokommunikativ faoliyatini optimallashtirish, og‘zaki nutq strategiyalarini mukammallashtirish va media materiallar bilan integratsiyalashgan kommunikativ faoliyatni rivojlantirishga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan SUZ-800-21-GR 3181-sonli “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 5-martdagi № 04/853-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning lingvokommunikativ faoliyatini optimallashtirish, og‘zaki nutq strategiyalarini mukammallashtirishga erishilgan;
talabalar nutq faoliyatining “kognitiv”, “metalingvistik” va “pragmatik” kompetensiyalarini integratsiyalashga qaratilgan interaktiv media resurslar, kontekstual vazifalar va autentik lingvistik manbalarning qo‘llanilishi orqali talabalarning monologik va dialogik nutqida lingvistik-pragmatik aniqlik, kommunikativ moslashuvchanlik, hamda muloqot madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirishi isbotlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining “Fayzli oqshom” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-apreldagi №1154/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning nutqida lingvistik-pragmatik aniqlik, kommunikativ moslashuvchanlik, hamda muloqot madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan ma’lumot taqdim etilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish