Niyazmetova Nargiza Baxromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/Ped10174.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Xamrakul Rizakulovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlar doktori (DSc), professor; Sharipova Guzal Sodiqovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari malaka talablariga o‘zaro ta’sirini integrativ yondashuvga asoslangan trans-mavzu, novatorlik, integral subektlar pozisiyasi xususiyatlariga muvofiqlashtirish, integral subektlar pozisiyasini kreativlik, refleksiya texnologiyalariga uyg‘unlashtirishni tahlil qilish va baholash asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyat turlarini ish beruvchining talablariga strategik maqsadlarni muvofiqligini ta’minlash, fanlar integratsiyasini kreativlik, dizayn tafakkuri va amaliy ko‘nikmalarga transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni ta’lim mazmunini didaktik ta’minot va konseptual maqsadlarga integratsiyalash, ta’lim metodlarni fanlararo integratsiyasi mazmuniga mos innovatsion modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi talabalarning konstruktiv kompetensiyalarini faollashtiruvchi traektoriya (san’at mozaikasi, kreativ xarita, mantiqiy metod, virtual tajriba)lar bilan intensivlashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasini baholash mezonlari indikatorlariga amaliy yo‘naltirish asosida oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari malaka talablariga o‘zaro ta’sirini integrativ yondashuvga asoslangan trans-mavzu, novatorlik, integral subektlar pozisiyasi xususiyatlariga muvofiqlashtirish, integral subektlar pozisiyasini kreativlik, refleksiya texnologiyalariga uyg‘unlashtirishni tahlil qilish va baholash asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 - yil 20 - oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan №441-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmi takomillashtirilgan;
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish modeli kasbiy faoliyat turlarini ish beruvchining talablariga strategik maqsadlarni muvofiqligini ta’minlash, fanlar integratsiyasini kreativlik, dizayn tafakkuri va amaliy ko‘nikmalarga transformatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 - yil 20 - oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan №441-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining integrallashgan mazmuni o‘quv-metodik ta’minot bilan uyg‘un holda takomillashtirilgan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni ta’lim mazmunini didaktik ta’minot va konseptual maqsadlarga integratsiyalash, ta’lim metodlarni fanlararo integratsiyasi mazmuniga mos innovatsion modellashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 - yil 20 - oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan №441-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim jarayonida zamonaviy dars – zamonaviy o‘qituvchi – zamonaviy talaba hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi talabalarning konstruktiv kompetensiyalarini faollashtiruvchi traektoriya (san’at mozaikasi, kreativ xarita, mantiqiy metod, virtual tajriba)lar bilan intensivlashtirish, kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasini baholash mezonlari indikatorlariga amaliy yo‘naltirish asosida oshirishga oid takliflar “Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 - yil 20 - oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i asosida berilgan №441-002 raqamli nashr ruxsatnomasi). .Natijada baholash tizimi kompetensiyaviy yondashuv asosida aniq, shaffof va ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilgan.