BAZAROV Soli Rahmatovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qizilqum sharoitida sur rang qorako‘l qo‘ylarini  urchitishning seleksion-genetik asoslarini takomillashtirish», 06.02.01-«Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini urchitish, ko‘paytirish, seleksiyasi va genetikasi» (qishloq xo‘jalik fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 12.05.2015./B2015.2.Qx183.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yusupov Suratbek Yunusovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 16.07.2013.Qx/V.25.01.

Rasmiy opponentlar: X.I.Ukbaev, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; M.E.Ashirov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Sh.R.Umarov, qishloq xo‘jalik fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: buxoro zot tipidagi sur rangli irsiy-genetik xususiyatlarini mustahkamlash asosida ularning mavjud suruvlarini takomillashtirish, yangi zavod tiplari va sermahsul qo‘ylar populyasiya va liniyalarini yaratish, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot bera oladigan qorako‘l qo‘ylar suruvini yaratishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Qizilqum cho‘li sharoitida sur rangli qorako‘l qo‘ylar irsiyatining qonuniyatlari, belgilarning o‘zaro bog‘liqligi, qo‘ylar konstitusional shakllanishi va o‘sishi, rivojlanish bilan bog‘liqligi,  turli juftlash usullarida hayotchanligi va mahsuldorligi aniqlangan;

sovliqlarni turli oziqlantirish sharoitida sur rangining ifodalanish darajasi, teri sathi yuzasi bo‘ylab tarqalgani va boshqa mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining namoyon bo‘lishi ochib berilgan;

hayvonlarning sermahsul suruvlarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish, eksportga  yo‘naltirilgan  mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va tarmoq samaradorligini oshirish bo‘yicha yuqori samarali urchitish usullari va juftlash sxemalari ishlab chiqilgan;

O‘zbekiston zavod tipidagi kumushsimon rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylarini nasliy imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

   IV. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari va ularning samarasi: dissertatsiya tadqiqotida sur rangli qo‘ylarni urchitishning seleksion-genetik asoslarinitakomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar kumushsimon rangbaranglikdagi sur rang qorako‘l qo‘ylarining «O‘zbekiston kumush suri» zavod tipini yaratish uchun Navoiy viloyatining «Abay», «Qizilqum» va «Saribel» naslchilik shirkat xo‘jaliklaridagi tadqiqotlar asosida hayvon zotiga patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi,  UZ  ZAP 00012, 2004 y.). Mazkur ixtiro sur rang kumushsimon rangbaranglikdagi jaket barra tipidagi qorako‘l qo‘ylar podasi sifat ko‘rsatkichlari foizini oshirishga, o‘zining genotipidagi ko‘rsatkichlarini avlodiga yuqori darajada o‘tkazishini ta’minlaydi; 

zavod tipi qorako‘l qo‘ylarining yirikligi, ulardan olingan qo‘zi terilari kattaligi, teri mag‘zi yupqaligi, mustahkam gul tipli, uzun yarim doirasimon qalam gulli qorako‘l terilarni yaratish bo‘yicha ishlanmalar Konimex tumanining «Abay», «Qizilqum», «Saribel» naslchilik shirkatlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan. Bunda yuqori sifatli eksportbob qorako‘l terilar salmog‘i 75-80 foiz, mustahkam irsiy xususiyatlariga ega bo‘lgan jaket barra tipidagi qo‘zilar 65-70 foiz,  kumushsimon rangbarangligi 85-90 foiz, terilarni  sotish hisobiga iqtisodiy samara 44–45 mln. so‘mni tashkil etgan («O‘zbek qorako‘li» kompaniyasi 2015 yil 17 iyundagi 39/01-169-sonli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish