Jumaeva Gulnoza To‘lqin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikkilamchi teri to‘qima sirtini elastik polimer- adgeziv bilan imitatsiyali boyitishning texnologiyasi” 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5411.
Ilmiy rahbar:  Toshev Akmal Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc. 03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi texnologik va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan elastik polimer-adgezivlar asosidagi imitatsiyali boyituvchilarni ishlab chiqish, asosiy fizik – mexanik va kimyoviy hamda gigienik xossalarini saqlab qolgan holda ikkilamchi teri to‘qimalarini pardozlashning samarali texnologiyasini yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ikkilamchi xom rezina asosida elastik polimer adgezivlar dastlabki tarkiblari aniqlanib, kompozisiya ishlab chiqilib ularning tarkibi  va  strukturasi infra-qizil spektroskopiya, differensial-termik, termogravimetriya, skanerlovchi kalorimetriya va adsorbsion usullar bilan  identifikatsiyalangan; 
elastik polimer adgeziv tarkibini shakllantirishda xom rezinaning optimal miqdori  uning qattiqligini kamaytirib, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi  va shuningdek nisbiy va qoldiq uzayishini sezilarli darajada ortishiga olib kelishi aniqlangan;
ikkilamchi teri to‘qimasini imitatsiyali boyitish uchun xom rezinani qo‘shimcha vulkanizatsiyalash orqali termo-elastik rezina kompozisiyasini tayyorlashning texnologik jarayoni yaratilgan;
dastlabki lazer impulsida teri sirt qatlamida harorat ta’sirida namlik sublimatsiyalanib  ichki fazada  havo  zichligi kamayadi, bosim pasayib, ikkinchi impuls energiyasi ikkilamchi tolalarni uzib tolalar aro bo‘shliqni kengaytirib ablyasiya sodir etilgan;
ikkilamchi teri to‘qimasida ko‘p qatlamli qoplama parda  hosil qiluvchi adgeziv elastomer kompozisiyaning kimyoviy tabiatini agressiv uglevodovodorodlarga nisbatan yuqori darajadagi olefobligi va parchalanmasligi   substratda sirt yuzasining tashqi faktorlar va fizik—kimyoviy kuchlanishlarga laminarligi aniqlangan;
elastik polimer adgeziv bilan ikkilamchi teri to‘qimasini imitatsiyali boyitish natijasida yuqori haroratga chidamliligini oshirish orqali elastik polimer adgeziv bilan ishlov berilgan ikkilamchi teri to‘qima mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi texnologik va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan elastik polimer-adgezivlar asosidagi imitatsiyali boyituvchilarni ishlab chiqish, asosiy fizik – mexanik va kimyoviy hamda gigienik xossali ikkilamchi teri to‘qimalarini pardozlashning samarali texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poybzal astarlik qismi uchun tayyorlangan ikkilamchi teri to‘qima sirtini elastik polimer-adgeziv bilan imitatsiyali boyitish texnologiyalari bo‘yicha «Shaxaydarov Xasan Sharahimovich» xususiy korxonasida, kauchuk asosli ikkilamchi xom rezina ishtirokida qoplama parda hosil qiluvchi komponentlarinig elastik polimer-adgeziv kompozisiyalarini ishtirokida imitatsiyali boyitish texnologiyasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi tarkibidagi “Global Avangard Technology” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2025 yil 11 dekabr 01-17/3346-son ma’lumotnomasi). Natijada,  elastik polimer adgeziv tarkibini shakllantirishda xom rezinaning optimal miqdori  uning adgeziyasini 1,14 N yoki 32 % oshirib, suv o‘tkazuvchanligini 7,7 % kamayib, bug‘ o‘tkazuvchanligi 7,2 % ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish