Kenjaev Avaz Sayitmurat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kiyimbop charm olishda tuyaqush terilariga ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5712.
Ilmiy rahbar: Begaliev Xashim Xikmatdjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor; Shoyimov Shohrux Shuhratovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuyaqush terilaridan yuqori sifatli, kiyimbop va raqobatbardosh ekzotik charm olishni ta’minlash maqsadida, resurs tejamkor va samarali texnologiyani takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pikellash jarayonida proteolitik fermentlar majmuasidan iborat Elbro SR ferment preparatini qo‘llash orqali tuyaqush terilariga ishlov berishning takomillashtirilgan va ixcham texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tuyaqush terilarini fermentli pikellash jarayonida nokollagen oqsillarni parchalovchi ferment preparatining maqbul konsentratsiyasi tajribaviy-statistik usulda aniqlangan;
taklif etilgan tarkib asosida fermentli pikellash jarayonida teri to‘qimasida nokollagen oqsillar yuvib chiqarilishi natijasida oshlash jarayonida xromli oshlovchi moddalarning teri toqimasi tolali oqsillari bilan kimyoviy bog‘lanishlar hosil bo‘lganligini, spektrofotometr, skanerli mikroskopiya (SEM), element tahlili, IQ-spektroskopiya va differestial termik tahlil (DTA) natijalari asosida aniqlangan;
tuyaqush terisiga ishlov berishning takomillashgan texnologiyasidagi fermentli pikellash jarayonini otkazilishi teri yuza sirtidagi pigment dog‘larni parchalanishi natijasida tuyaqush “Krast” charmi yuza sirti mereyasida pat g‘uddalari (follikulalari) tuzilisini o‘zgarishsiz saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tayyor tuyaqush charmining xossalariga pikellash oshlash texnologik jarayonlarining ta’sirini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuyaqush teri xomashyosiga ishlov berishdagi tayyorlov, oshlash oldi va oshlash va bo‘yash-yog‘lash jarayonlarini o‘tkazish texnologik reglamenti “TABIIY CHARM” XK da joriy qilingan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025 yil 01-3110-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermentli-pikellash jarayonlari tadqiqotlari asosida takomillashgan xromli oshlangan “Wet blue” charmining gidrotermik destruksiyasi nazorat namunasidan 2,3±0,2 0C yuqori bo‘lishiga, kiyimbop tuyaqush charmlarini 10 MPa deformatsiya bilan cho‘zilganda terining cho‘zilish kuchi 0,6 MPa ga, cho‘zilish ko‘rsatkichi esa 7,4% ga oshishiga erishilgan;
kiyimbop tuyaqush charmlarini fermentli pikellash jarayonida yangi tarkib qo‘llanilgan texnologiyasi “KARA DERI” MChJ da joriy etilgan. (“O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025 yil 01-3110-sonli ma’lumotnomasi). Natijada fermentli pikellash jarayonida ELBRO SR ferment preparatining optimal konsentratsiyasi 0,3-0,4% ni tashkil qilganda pikel eritmasiga yuvilib chiqadigan oqsillar mikdori nazorat variantiga nisbatan 1,8-2,0 baravarga oshganligi, xromli oshlangan va tayyor kiyimbop tuyaqush charmining fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishiga erishilgan.