Maksudova Dilfuza Tayirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sovershenstvovanie konstruksii spesobuvi dlya medisinskix rabotnikov s ispol`zovaniem trikotajnix materialov i ekologichnix komponentov” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.03 – «Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi» (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5990.
Ilmiy rahbar: Ilxamova Maloxat Utkurovna, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyaeva Gul`fiya Xarisovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Abulniyozov Kurbonbay Ismailovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot xodimlari uchun trikotaj materiallar va ekologik komponentlardan foydalanilgan, ergonomik jihatdan qulay maxsus poyabzal konstruksiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot xodimlari oyoq panjalarining gender xususiyatlarini inobatga olgan holda antropometrik ko‘rsatkichlari aniqlanib, oyoq panjasi yoylari parametrlarining o‘zgarish qonuniyatlari hamda ularning maxsus poyabzal konstruktiv elementlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asosida konstruktiv echimlari ishlab chiqilgan;
tibbiyot xodimlari uchun trikotaj materiallar hamda ekologik komponentlardan (lyufa va lyufa chiqindilaridan tayyorlangan qo‘yma patak va oraliq detallar) foydalangan holda gigienik va ergonomik ko‘rsatkichlari yaxshilangan maxsus poyabzal konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
turli tarkib va tuzilishga ega trikotaj materiallar hamda ekologik komponentlardan poyabzal konstruktiv elementlarida foydalanishning muqobil ishlab chiqarish parametrlari aniqlanib, ularning qo‘llanilishi tayyor mahsulotning fizik-mexanik va gigienik ko‘rsatkichlarini yaxshilashi, havo o‘tkazuvchanlikni oshirishi va massani kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
resurslarni tejash va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlaydigan tibbiyot xodimlari uchun maxsus poyabzal ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida profilaktik va gigienik xususiyatlarga ega maxsus poyabzal konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan konstruktiv echimlar va maxsus poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi ChP «SADIKOV OLIMJON NABIXODJAYEVICH» korxonasida ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZChARMSANOAT» Assotsiatsiyasining 2025 yil 26 noyabrdagi № 01-07/3232-son ma’lumotnomasi).  Natijada trikotaj materiali asosida maxsus poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan konstruktiv echimlar bir juft mahsulotga to‘g‘ri keladigan material xarajatlari 25,7 % ga kamaytirishga, maxsus poyabzalning to‘liq ishlab chiqarish tannarxi 24,4 % ga pasaytirishga, umumiy ishlab chiqarish xarajatlari esa 23,8 % ga qisqartirishga erishilgan. 
maxsus poyabzal konstruksiyasi hamda texnologik parametrlari MChJ «BLACKSTONE» korxonasida («O‘ZChARMSANOAT» Assotsiatsiyasining 2025 yil 26 noyabrdagi № 01-07/3232-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Natijada qo‘yma patak va oraliq elementlardan iborat tag detallar bo‘yicha bir juft mahsulotga to‘g‘ri keladigan material xarajatlari 16,3 % ga kamaytirilgan, ishlab chiqarish jarayonining umumiy samaradorligi oshirilgan hamda mahsulot sifati barqarorlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish