Panjiev Aziz Rizakulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolasi pishganlik darajasi asosida ip notekisligini baholash va bashoratlash” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.01-“To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3. PhD/T5970.
Ilmiy rahbar: Ochilov Tulkin Ashurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Djunaeva Lola Anvarovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-talqiqot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxta tolasining pishib etilganlik darajasi asosida tola hamda ip notekisligini baholash va bashoratlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
defolyasiyadan keyin pishib etilganlik muddati va darajasi turlicha bo‘lgan tolalarning va undan olingan iplarning fizik-mexanik xossalari- tolani tukdorligi,uzilish kuchi,solishtirma uzilish kuchi,rangi ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxta tolasining buramdorlik ko‘rsatkichini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan, mutloq va nisbiy xatoligi aniqlangan, sinov o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan namuna massasining muqobil varianti tavsiya etilgan;
pishib etilganlik muddati va darajasi turlicha bo‘lgan paxta tolasining ichki halqa diametri, maydoni va halqa perimetrlarining o‘zgarishi orqali ip notekisligi bashoratlangan;
turli muddatlarda pishib etilgan tolalardan olingan iplarning uzilish kuchi, tukdorligi va tukdorligi bo‘yicha kvadratik notekisliklari bo‘yicha o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlar kichik kvadratlar usulida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tolasining pishib etilganlik ko‘rsatkichi asosida tola va ip sifatini baholash hamda notekisligini bashoratlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan turli muddatlarda pishib etilgan tolaning ko‘rsatkichlari asosida paxtani pishganlik koeffisientining iplarning notekislik ko‘rsatkichlariga bog‘liqligini bashoratlash ishlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Reel Tex Tashkent” MChJ (Toshkent shahri) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 08 martdagi 03/13-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida g‘o‘zada ilk ochilgan ko‘sakdagi toladan olingan ipning ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant asosida olingan iplarning notekisligi 4,7% ga, variatsiya koeffisienti 7,3% ga, tukdorligi 21,4% ga, tukdorligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 7,8% ga kamaygan, uzilish kuchi 3,7% ga, solishtirma uzilish kuchi 0,3% ga oshgan;
paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, Sirdaryo viloyatidagi "Boyovut Cotton Textile" MChJ korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2024 yil 08 martdagi 03/13-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan variant asosida g‘o‘zada 9 kun ochilib turgan ko‘sakdan olingan tola tarkibidagi iflosliklar miqdori 12 kun ko‘sakda ochilib turgan paxta tolasi tarkibidagi iflosliklar miqdoriga nisbatan 15-17% past ekanligiga erishilgan.