Juraev Muxiddin Nortojievichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan sohasi): “Turli yuk ko‘taruvchanlikdagi avtomobil transporti vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash modellari va usullarini takomillashtirish (bug‘doy va paxta xomashyosini tashish misolida)”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/T913.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Ilesaliev Dauren Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Astanaqulov Komil Dollievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli yuk ko‘taruvchanlikdagi avtomobil transport vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlashni modellari va usullarini takomillashtirish bilan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekin maydoni hosildorligi, kombaynlar ish unumdorligi va avtomobil transporti vositalarining texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olgan holda, hisob-kitob algoritmlari va optimallashtirish mezonlari asosida, bug‘doy donini yig‘ib-terib olish jarayonida tashish uchun avtomobil transporti vositalarini ratsional tanlash uslubi ishlab chiqilgan;
turli yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil transporti vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash masalasining matematik modeli, yuk turlarini hisobga oluvchi parametr asosida yuk ortish-tushirish vositalarining ishlab chiqarish quvvatini hisobga oluvchi qo‘shimcha chegaraviy shartni kiritish orqali takomillashtirilgan;
kombinatorik optimallashtirish usuli yordamida turli yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobillarni marshrutlarga samarali taqsimlash masalasiga diskret echimlarni aniqlash imkonini beruvchi nazariy xossalar ishlab chiqilgan;
turli yuk ko‘taruvchanlikdagi avtomobil transport vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash masalasini echishning kombinatorika usuli va algoritmi, diskret optimallashtirish usuli yordamida, har bir marshrutga taqsimlanadigan avtomobillar soni, yuk ko‘taruvchanligi va marshrut bo‘yicha qatnov imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
iste’molchi va etkazib beruvchilarning manfaat chegaralarini inobatga olgan holda, avtomobil transport vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash orqali ish kuni davomida kombaynlarning va transporti vositalarining kunlik ish vaqtidan samarali foydalanish natijasida transport-tashish xarajatlarini minimallashtirish modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil transport vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash modellari va usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bug‘doy donini yig‘ib-terib olish jarayonida tashish uchun avtomobil transporti vositalarini ratsional tanlash uslubi va tashish marshrutlariga samarali taqsimlashning kombinatorika usuli va algoritmi “Qamashi oltin boshoq agrocluster” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-oktyabrdagi №4/E1504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy donini ekin maydonidan don qabul maskaniga tashishda zarur avtomobil transport vositalari soni aniqlab, ularni marshrutlarga optimal taqsimlash orqali tashish xarajatlarini 12% ga kamaytirilgan;
turli yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobil transporti vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash masalasining matematik modeli “Qamashi oltin boshoq agrocluster” MChJ va “Qamashi Tekstil” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-oktyabrdagi №4/E1504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bug‘doy doni va paxta xomashyosini tashishda avtomobil transporti vositalari yo‘nalishlarga samarali taqsimlanganda, mos ravishda ish vaqtidan foydalanishi darajasi 88 % va 92% gacha ta’minlandi va aylanishlanishlar vaqti 13% va 18 % gacha qisqargan;
turli yuk ko‘taruvchanlikka ega avtomobillarni marshrutlarga samarali taqsimlash masalasiga diskret echimlarni aniqlash imkonini beruvchi nazariy xossalarga tayangan algoritmik taqsimlash usuli “Qamashi oltin boshoq agrocluster” MChJ va “Qamashi tekstil” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-oktyabrdagi №4/E1504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, taqsimlashning optimal variantlarini tezkor aniqlash imkoniyati yaratilgan va resurslarni taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonining samaradorligini oshirilgan;
turli yuk ko‘taruvchanlikdagi avtomobil transport vositalarini marshrutlarga samarali taqsimlash masalasini echishning kombinatorika usuli va algoritmi, “Qamashi tekstil” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-oktyabrdagi №4/E1504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil transporti vositasi va ortish-tushurish vositalari kun davomida to‘liq yuklanishi ta’minlangan hamda paxta tozalash korxonasini uzlyuksiz xomashyo bilan ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ish kuni davomida kombaynlarning va transporti vositalarining kunlik ish vaqtidan samarali foydalanish natijasida transport-tashish xarajatlarini minimallashtirish modeli “Qamashi oltin boshoq agrocluster” MChJ va “Qamashi tekstil” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2025-yil 21-oktyabrdagi №4/E1504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida etishtirilgan 436903 tonna paxta-xomashyosini avtomobil transport vositasini marshrutlarga samarali taqsimlash natijalari orqali tashish xizmatlari amalga oshirilganda, tashish xarajatlaridan 486 884 544 so‘m hamda 436903 tonna bug‘doy donini don qabul qilish maskanlariga tashishda esa 1 906 207 789 so‘m tejashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish