Abdulazizov Shokirjon Abdurashid o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.    
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.01–To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi - “To‘qimachilik iplarining bir davrli deformatsiyasini aniqlovchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirish”.
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5969
Ilmiy rahbar: Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.15.03
    Rasmiy opponentlar: Rajapov Odiljon Olimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent; 
Ismolilova Sabida Isroilovna, UzR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustaxkamligi instituti, Ilmiy kotib, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘qimachilik iplarining bir davrli deformatsiyasini aniqlovchi jihoz konstruksiyasini takomillashtirish orqali o‘lchash aniqligini oshirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iplarni boshlang‘ich onlaridagi cho‘zuvchi kuch ta’sirida deformatsiyalanishining o‘zgarishlarini yuqori aniqlikda o‘lchovchi takomillashgan optik asbob konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ip deformatsiyasini aniqlovchi mavjud qurilmalardagi ipning yuqori qismini maxkam ushlab turuvchi qo‘zg‘almas qisqich o‘rniga avtomatlashtirilgan qisqich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashgan optik asbob yordamida aniqlangan deformatsiya qiymatlarini kompyuter tarmog‘ida aks ettirib olingan natijalarni raqam va grafik shaklga keltirib beruvchi “YarnDeform” dasturi ishlab chiqilgan;
matematik modellashtirish mezonlari asosida qurilgan regressiya modeli natijalari bo‘yicha iplarni bir davrli deformatsiyasini ishonchli bashoratlash imkoniyati beruvchi matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik iplarining bir davrli deformatsiyasini aniqlovchi takomillashgan optik jihoz konstruksiyasini qo‘llash orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
To‘qimachilik iplarining bir davrli deformatsiyasini aniqlovchi takomillashtirilgan jihoz konstruksiyasini “ArsoftTex” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 12-noyabrdagi dagi № 2680 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sochiqbop mato (yillik) (15.8 g/m² sirt zichligiga ega) ishlab chiqarishda iplarning uzilishi natijasida chiqadigan chiqindi miqdori darajasining 0,9% dan 0,7% ga kamayishi hisobiga 8448 kg xomashyo tejashga erishilgan.
Takomillashgan optik asbob yordamida aniqlangan deformatsiya qiymatlarini kompyuter tarmog‘ida aks ettirib olingan natijalarni raqam va grafik shaklga keltirib beruvchi “YarnDeform” dasturi “NT Holding home textile” MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025 yil 12-noyabrdagidagi № 2680 sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonada kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 278 mln.784 ming 000 (ikki yuz etmish sakkiz million eti yuz sakson to‘rt ming so‘m) ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish