Xashimov Rustam Uktamjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chov gernioplastikasidan so‘ng bemorlarga tibbiy – profilaktik yordam va reabilitatsiyani takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5253.
Ilmiy rahbarlar: Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Rizaev Jasur Alimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Obid Abduraxmanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent. Zayniev Alisher Faridunovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
jarrohlik taktikasi va gernioplastikani bajarishning texnik jihatlarini optimallashtirish orqali chov gernioplastikasidan keyin bemorlarga tibbiy-profilaktik yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya tizimi samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor chov gernioplastikasidan keyingi salbiy oqibatlar xavf omillarini baholashning klinik-instrumental ma’lumotlar va chov kanalining ul`tratovush xarakteristikasiga asoslangan miqdoriy ball tizimi ishlab chiqilgan;
implantat va urug‘ tizimchasi tuzilmalari o‘rtasida biologik to‘siq shakllanishini ta’minlaydigan modifikatsiyalangan gernioalloplastikani joriy etish orqali chov gernioplastikadan keyingi erta va uzoq muddatli asoratlarni oldini olish usuli ishlab chiqilgan (IAP №8190 ixtiroga patent);
chov gernioplastikadan keyingi davrda chov kanali va urug‘ tizimchasi holatini ul`tratovush va gemodinamik parametrlarni kompleks monitoring qilish dopplerografik baholashga asoslangan individuallashtirilgan tibbiy-profilaktik yordamning ko‘p bosqichli tizimi ishlab chiqilgan;
jarrohlik aralashuvi turini hisobga olgan holda individual yondashuvga asoslangan chov gernioplastikadan keyingi uzoq muddatli davrda bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishning integrativ ko‘p darajali modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chov gernioplastikasidan so‘ng bemorlarga tibbiy – profilaktik yordam va reabilitatsiyani takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 24.10.2025 y. 27/39-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor chov gernioplastikasidan keyingi salbiy oqibatlar xavf omillarini baholashning klinik-instrumental ma’lumotlar va chov kanalining ul`tratovush xarakteristikasiga asoslangan miqdoriy ball tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.05.2025 y. 62-son buyrug‘i) va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 y. 155ICh-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: chov churralarida jarrohlik taktikasini tanlashning ishlab chiqilgan algoritmi operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishni hisobga olgan holda gernioplastika usulini shaxsiy tanlashni ta’minlaydi, bu esa davolashning klinik samaradorligini oshirishga va qaytalanish chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: chov churralarida jarrohlik taktikasini tanlashning ishlab chiqilgan algoritmi asosida jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 7-10 kun uchun 5625400 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: chov churralarining tuzilishi va chastotasini kompleks tahlil qilish natijasida qiyshiq chov churralari ustunlik qilishi aniqlandi (67,6-71,4%), bemorlarning aksariyati 50 yoshgacha bo‘lgan fertil yoshda (75,9%). Ma’lumotlar taqqoslanadigan klinik material asosida olingan va bemorlarning reproduktiv funksiyasini saqlab qolishni hisobga olgan holda turli xil gernioplastika usullarining samaradorligini baholash va individual reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: implantat va urug‘ tizimchasi tuzilmalari o‘rtasida biologik to‘siq shakllanishini ta’minlaydigan modifikatsiyalangan gernioalloplastikani joriy etish orqali chov gernioplastikadan keyingi erta va uzoq muddatli asoratlarni oldini olish usuli ishlab chiqilgan (IAP №8190 ixtiroga patent). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.05.2025 y. 62-son buyrug‘i) va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 y. 155ICh-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: endovideoxirurgik chov gernioalloplastikasining yuqori klinik samaradorligi asoslangan bo‘lib, bu operatsiyadan keyingi yara asoratlari chastotasini sezilarli darajada kamaytirish, tezlashtirilgan reabilitatsiya va operatsiyadan keyingi uzoq davrda bemorlarning hayot sifatini barqaror yaxshilash bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorligi: endovideoxirurgik chov gernioalloplastikasi bilan bemorlarda jarrohlik aralashuvi usulining samaradorligi ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 15024100 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: o‘tkazilgan tadqiqotda gernioplastikaning endovideoxirurgik usullari (TAPP, TEP) va modifikatsiyalangan ochiq "taranglashmagan" gernioplastikadan foydalanish operatsiyadan keyingi og‘riq sindromining intensivligini vizual-analog shkala (VAS) bo‘yicha 1,6 ± 0,3 ballgacha sezilarli darajada kamaytirishi aniqlandi. Ushbu usullardan foydalanganda operatsiyadan keyingi erta asoratlar chastotasi an’anaviy ochiq usullarga nisbatan 19,8% dan 6,2% gacha sezilarli darajada kamaydi. Ushbu yondashuvlarning minimal invazivligi va yuqori fiziologikligi operatsiyadan keyingi reabilitatsiyaning yanada qulay kechishini ta’minlaydi, shuningdek, erkaklarning reproduktiv funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari, operatsiyadan keyingi uzoq davrda kasallikning qaytalanish chastotasining 9,8% dan 1,7% gacha sezilarli darajada kamayishi kuzatilmoqda, bu chov churralarini jarrohlik yo‘li bilan davolash amaliyotiga zamonaviy kam invaziv va modifikatsiyalangan ochiq usullarni joriy etishning yuqori samaradorligi va klinik maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. 
uchinchi ilmiy yangilik: chov gernioplastikadan keyingi davrda chov kanali va urug‘ tizimchasi holatini ul`tratovush va gemodinamik parametrlarni kompleks monitoring qilish dopplerografik baholashga asoslangan individuallashtirilgan tibbiy-profilaktik yordamning ko‘p bosqichli tizimi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.05.2025 y. 62-son buyrug‘i) va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 y. 155ICh-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: modifikatsiyalangan "taranglashmagan" gernioalloplastikani biologik to‘siq bilan qo‘llashning klinik samaradorligi asoslangan bo‘lib, u moyak qon oqimining saqlanishini, seroma, fibroz bitishmalarning oldini olishni va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishni ta’minlaydi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va reabilitatsiyasini tezlashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: modifikatsiyalangan "taranglashmagan" gernioalloplastikani biologik to‘siq bilan qo‘llash amaliyotidan keyin operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: to‘rsimon implantatni qoplash uchun churra qopi laxtaklaridan foydalangan holda modifikatsiyalangan ochiq taranglashmagan chov gernioplastikasi operatsiyadan keyingi seromalar chastotasini kamaytirishda yuqori klinik samaradorlikni ko‘rsatdi - Lichtenstein klassik usulida 8,8% dan 1,5% gacha. Implantat va urug‘ tizimchasi tuzilmalari o‘rtasida biologik to‘siqning shakllanishi fibroz-chandiqli o‘zgarishlar rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, qon tomir-urug‘ tutami kompressiyasi ehtimolini minimallashtiradi, bu esa o‘z navbatida erkaklarda reproduktiv funksiyaning saqlanishini ta’minlaydi (asoratlar 7,6% dan 0% gacha kamayganda) va operatsiyadan keyingi erta davrning yanada qulay kechishiga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jarrohlik aralashuvi turini hisobga olgan holda individual yondashuvga asoslangan chov gernioplastikadan keyingi uzoq muddatli davrda bemorlarni kompleks reabilitatsiya qilishning integrativ ko‘p darajali modeli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.05.2025 y. 62-son buyrug‘i) va Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 y. 155ICh-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan reabilitatsiya algoritmi zamonaviy fizioterapevtik usullar, reproduktiv funksiyani monitoring qilish va psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi, bu esa kasallikning qaytalanish chastotasini sezilarli darajada kamaytirishga, surunkali og‘riq sindromining oldini olishga va bemorlarning hayot sifatini saqlab qolishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan reabilitatsiya algoritmi samaradorligi bilan intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 9855450 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: chov gernioplastikasidan keyin takomillashtirilgan tibbiy-profilaktik yordamning ishlab chiqilgan algoritmi erta asoratlar chastotasini kamaytirish, urug‘ tizimchasi va moyak tuzilmalarida qon oqimini saqlab qolish, reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish va bemorlarning hayot sifatini oshirishni ta’minlab, yuqori klinik samaradorlikni ko‘rsatdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish