Kurbonboev Ilhom Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoratepa tog‘ massivi qoyatosh rasmlari  davriy tarixiy talqini”,  07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar1500
Ilmiy rahbar: Xolmatov Normahammad O‘rozovich tarix fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.13/2025.27.12.Tar.02.01.
Rasmiy opponentlar: Shaydullaev Shopo‘lat, tarix fanlari doktori, professor;  Rahimov Komil Akramovich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Qoratepa tog‘ massivida shimoliy yonbag‘rida ro‘yxatga olingan yangi qoyatosh suratlari tadqiqoti natijasida insoniyat tarixining tosh, bronza, ilk temir va antik hamda o‘rta asrlar davrida bu hududda yashagan qadimgi ovchi va chorvador xalqlarning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayoti, diniy hayotini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yonbag‘ri soy daralarida ilk marotaba aniqlanib, ro‘yxatga olingan 10 ta yangi qoyatosh rasmlari yodgorliklari arxeologik xaritasi yaratildi.
Qoratepa tog‘ massivi hududida olib borilgan dala arxeologik qidiruv tadqiqotlari natijasida Kattasoy, Baxrinsoy, Yaylovchasoy, Ashurbobo soyi, Qozontoshsoy, Otkamarsoy, Bo‘tabobo soyi, Oyshaning zovi, Taloqyopgan,  Darvozatosh, Ilonsoy daralari yon qayirlarida jami 1111 ta yangi qoyatosh rasmlari aniqlanib, birinchi marotaba ilmiy muomalaga kiritilgan;
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yonbag‘rida aniqlangan yangi qoyatosh rasmlari syujetlari ilk marotaba turiga ko‘ra 12 ta guruh va 39 tipga ajratilgan;
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yonbag‘ri yangi qoyatosh rasmlari tadqiqotlar natijasida tosh (mezolit, neolit) davri, bronza davri, ilk temir va antik davrlari, o‘rta asrlar davri hamda etnografik davrlarda chizilganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Qoratepa tog‘ massivi qoyatosh rasmlari davriy tarixiy talqini” mavzusidagi dissertatsiya ishi yuzasidan qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amaliyotga joriy etildi:
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yonbag‘ri soy daralarida ilk marotaba aniqlanib, ro‘yxatga olingan 10 ta yangi qoyatosh rasmlari yodgorliklari arxeologik xaritasi va ular to‘g‘risida tayyorlangan batafsil ma’lumotlardan; 
Qoratepa tog‘ massivi hududida olib borilgan dala arxeologik qidiruv tadqiqotlari natijasida Kattasoy, Baxrinsoy, Yaylovchasoy, Ashurbobo soyi, Qozontoshsoy, Otkamarsoy, Bo‘tabobo soyi, Oyshaning zovi, Taloqyopgan,  Darvozatosh, Ilonsoy daralari yon qayirlarida jami 1111 ta yangi qoyatosh rasmlari va ularning umumlashgan bazaviy ma’lumotlaridan;
Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yonbag‘ri yangi qoyatosh rasmlari tadqiqotlar natijasida tosh (mezolit, neolit) davri, bronza davri, ilk temir va antik davrlari, o‘rta asrlar davri hamda etnografik davrlarda chizilganligi tasvirlar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatini shakllantirishda hamda  Samarqand viloyati hududidagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyidagi qadimgi ajdodlarimiz moddiy madaniyat bilan bog‘liq ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini yangilashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 27-maydagi 04-05/2117 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi natijasida muzeylarga tashrif buyuruvchi yoshlarni Vatanimiz tarixi, qadimgi ajdodlarimiz boy madaniy merosiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.
Qoratepa tog‘ massivi hududida olib borilgan dala arxeologik qidiruv tadqiqotlari natijasida Kattasoy, Baxrinsoy, Yaylovchasoy, Ashurbobo soyi, Qozontoshsoy, Otkamarsoy, Bo‘tabobo soyi, Oyshaning zovi, Taloqyopgan, Darvozatosh, Ilonsoy daralari yon qayirlarida aniqlangan yangi qoyatosh rasmlari hamda ular syujetlarida turli tasvirlarning 12 ta guruhi va 39 tipi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur hududning qadimgi hayvonot dunyosi haqida muhim ma’lumot beruvchi manba ekanligi borasidagi fikr va mulohazalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ekspedisiya” teleko‘rsatuvlari ssenariylarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-iyundagi 15-33/403-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga hamda teletomoshabinlarga qoyatosh rasmlari yodgorliklarining tarixi va bu boradagi tasavvurlarni boyitishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish