Qo‘chqarov Oybek G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Bozor munosabatlarining o‘zgarishi sharoitida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’limning integratsiyasi (ijtimoiy-falsafiy jihatlari)”
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal.1489
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ganiev Baxodirjon Sadikjanovich
falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Zamilova Rimma Ramilovna Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bozor munosabatlari sharoitida kasb hunar va o‘rta maxsus ta’lim uyg‘unligini ijtimoiy falsafiy jihatdan o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim integratsiyasining ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasi ishlab chiqildi. Integratsiya jarayoni faqat ta’lim tizimidagi islohot sifatida emas, balki shaxsning faol ijtimoiy sub’ekt sifatida shakllanishi va jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash mexanizmi sifatida asoslanib, mazkur jarayonning ontologik, aksiologik va funksional mezonlari ishlab chiqildi;
global va lokal rivojlanish tendensiyalari uyg‘unligi asosida ta’lim integratsiyasining nazariy modeli taklif qilinib, dual ta’lim tizimi, raqamlashtirish va fanlararo yondashuvlar bir butun tizim sifatida ko‘rib chiqilib, inson kapitalini shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar orqali asoslab berildi;
inson kapitali tushunchasining mazmuni kengaytirilib, uning faqat iqtisodiy resurs sifatida emas, balki ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga ega shaxs sifatida talqin qilindi. Natijada iqtisodiy yondashuvlar bilan ta’lim nazariyalari o‘rtasidagi metodologik bog‘liqlik ochib berilib, integrativ ta’lim modelining samaradorligi empiric jihatdan isbotlandi;
integratsiya jarayonida kasbiy ta’lim va mehnat munosabatlarining evolyusiyasi kompetensiyaviy hamda aksiologik yondashuv asosida tahlil qilinib, ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorgarlik mazmunini kompetensiyalar tizimi va qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati nazariy jihatdan dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bozor munosabatlarining o‘zgarishi sharoitida kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’limning integratsiyasi (ijtimoiy-falsafiy jihatlari) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim integratsiyasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati yangi kontekstda integratsiya jarayoni faqat ta’lim islohoti emas, balki insonning faol ijtimoiy subekt sifatidagi kamolotiga oid yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi quyidagi yo‘nalishlarda “Kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’lim integratsiyasining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”ni amaliyotga joriy etib kelmoqda. Jumladan, Mahalla va yoshlar markazlarida “Ta’lim va inson kapitali” mavzusida ochiq muhokamalar, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish uchun hamda dasturini ishlab chiqishda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/549-son Ma’lumotnomasi). Natijada, bu chora-tadbirlar orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi mazkur yangicha falsafiy yondashuvni nafaqat nazariy darajada, balki amaliyotda ham samarali tatbiq etib, ta’lim-tarbiya tizimining ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
global va lokal tendensiyalar uyg‘unligida integratsiyaning nazariy modeli sifatida dual ta’lim, raqamlashtirish va fanlararo yondashuvlarning inson kapitalini shakllantirishdagi o‘rniga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining “Global va lokal tendensiyalar uyg‘unligida integratsiyaning nazariy modeli” yo‘nalishining asosiy tamoyillarini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 11-sentyabrdagi 2-13-21-4934-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yoshlar ishlari agentligiga global va lokal tendensiyalar uyg‘unligida yaratilgan integratsiya nazariy modelini nafaqat rivojlantirish, balki mamlakat yoshlarini zamonaviy iqtisodiyotga tayyorlashdagi ijtimoiy‐falsafiy platformaga aylantirishga xizmat qilgan;
inson kapitalining ma’naviy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan ta’lim modeli iqtisodiy yondashuvlarni ta’lim nazariyalari bilan uyg‘unlashtirilishi yangi integrativ model ekanligiga oid yangiliklaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021-yil № 01-05/10-sondagi o‘ninchi s’ezdida tasdiqlangan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturining ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2023-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari ijrosi bo‘yicha ish rejasini tuzishda keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 9-sentyabrdagi 01-27/395-son Ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy takliflar partiyaning targ‘ibot tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, yoshlarda milliy o‘zligini anglash, uzlyuksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirish, yuksak ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalashda muhim masala sifatida e’tirof etilgan;
integratsiya jarayonida kasbiy ta’lim va mehnat munosabatlarining evolyusiyasi ta’lim muassasalarida kompetensiyaviy va aksiologik yondashuv sifatidagi yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining “Ma’naviy-ijtimoiy kompetensiyalar” va “Axloqiy etuklik” kurslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/549-son Ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur chora-tadbirlar orqali Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi yangi integrativ ta’lim modelini nafaqat nazariy jihatdan boshlab, balki amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish orqali inson kapitalining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy tomonlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.