Ibragimov G‘anijon G‘ayratovichning
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyaviy dastaklardan foydalanish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Urinov Bobur Nasilloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, (DSc).03/2025.27.12.I.23.01
Rasmiy opponentlari: Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mirzaev Farxod Ismailovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tashkent International University.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyaviy dastaklardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 uslubiy yondashuvga ko‘ra “aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni transmilliy investorlar bilan strategik sheriklikni shakllantirish orqali jamiyatning kapital tarkibi, risklar taqsimoti va bozor qiymatini optimallashtirish jarayoni sifatida takomillashtirilgan;    aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga investisiya qilish samaradorligining yuqori darajasini ta’minlovchi aksiyadorlik jamiyatida dividendni to‘lash qobiliyati koeffisientining (0,4 ≤ KDT ≤ 0,7) maqbul oraliq chegarasi taklif etilgan;    aksiyadorlik jamiyati aktivlarini fond bozoriga samarali joylashtira olmaslik holatini aksiyalar bo‘yicha dividendli daromad koeffisienti (KDD < 0,15) ning muayyan miqdoriy chegarasi orqali baholash asosida investorlar uchun aksiyadorlik jamiyatining dividendli daromad koeffisienti darajasini oshirishni ta’minlash taklif etilgan;    aksiyalar narxining kunlik o‘zgarish prognozi asosida ularni investorlar tomonidan sotib olishning mazkur imkoniyatini pasaytirib yuboruvchi “o‘zgaruvchan” (∆K ≥ 1), o‘zgaruvchanlik koeffisientlarini saqlab qoluvchi “moslanuvchan” (0,5 ≤ ∆K < 1), mazkur imkoniyatini oshiruvchi “o‘suvchan” (0 ≤ ∆K < 0,5) mezonlari bo‘yicha tabaqalashtirish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyaviy dastaklardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyaviy dastaklardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini transmilliy investorlar bilan strategik sheriklikni shakllantirish orqali jamiyatning kapital tarkibi, risklar taqsimoti va bozor qiymatini optimallashtirish jarayoni sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Portfel` menejmenti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining, 2024-yil 24-maydagi, № 150-07) – buyrug‘i.Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda aksiyadorlik jamiyatining kapital tarkibi, risklar taqsimoti va bozor qiymatini optimallashtirish jarayoni sifatida takomillashtirilgan “aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga investisiya qilish samaradorligining yuqori darajasini ta’minlovchi aksiyadorlik jamiyatida dividendni to‘lash qobiliyati koeffisientining (0,4 ≤ KDT ≤ 0,7) maqbul oraliq chegarasi bo‘yicha taklifi “Kvars” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kvars” AJning 2026-yil 25-fevraldagi 01-18/725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari narxi nominal bahosiga nisbatan 234 so‘mga oshib, dividendlarni to‘lash qobiliyatini yaxshilash imkoni yaratilgan; 
aksiyadorlik jamiyati aktivlarini fond bozoriga samarali joylashtira olmaslik holatini aksiyalar bo‘yicha dividendli daromad koeffisienti (KDD < 0,15) ning muayyan miqdoriy chegarasi orqali baholash asosida investorlar uchun aksiyadorlik jamiyatining dividendli daromad koeffisienti darajasini oshirishni ta’minlash taklifi “Kvars” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kvars” AJning 2026-yil 25-fevraldagi 01-18/725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati dividendli daromad koeffisientini 0,18 (18 %) ga oshirish orqali aktivlarini fond bozoriga samarali joylashtirish imkoni yaratilgan;
aksiyalar narxining kunlik o‘zgarish prognozi asosida ularni investorlar tomonidan sotib olishning mazkur imkoniyatini pasaytirib yuboruvchi “o‘zgaruvchan” (∆K ≥ 1), o‘zgaruvchanlik koeffisientlarini saqlab qoluvchi “moslanuvchan” (0,5 ≤ ∆K < 1), mazkur imkoniyatini oshiruvchi “o‘suvchan” (0 ≤ ∆K < 0,5) mezonlari bo‘yicha tabaqalashtirish taklifi “Kvars” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kvars” AJning 2026-yil 25-fevraldagi 01-18/725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz ko‘rsatkichlari 0 ≤ ∆K < 0,5 oralig‘ida hamda aksiya narxi “o‘suvchan” bo‘lib, investor tomonidan aksiyalarni sotib olish imkoni oshgan;
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida xorijiy investisiyalarni jalb etishda moliyaviy dastaklardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ekonometrik modellar asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish taklifi “Kvars” AJ tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Kvars” AJning 2026-yil 25-fevraldagi 01-18/725-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatiga 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asosida investisiyalarni jalb etish hajmi 2,2 foizga oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish