Alimbetova Mexriban Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filologiya yo‘nalishi talabalarining chet tildagi leksik kompetensiyasini autentik matnlar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9093.
Ilmiy rahbar: Djoldasova Gauxar Batirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilhom Begmatdo‘lovich pedagogika fanlari doktori, professor, Mahkamova Gulnara Turdaxunovna pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi filologiya yo‘nalishi talabalari chet tilidagi leksik kompetensiyasini autentik matnlardan foydalanish asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirishda autentik matnlardan tizimli foydalanishning maqsadga muvofiqligi ularning leksik-semantik boyligi, janr-uslubiy xilma-xilligi, madaniyatlararo ahamiyati hamda chet tilni egallash darajasiga mosligi asosida ilmiy jihatdan asoslangan;
chet tilini o‘qitishda autentik matnlarning didaktik funksiyalari til intuisiyasini rivojlantirish, mazmuniy taxmin qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda leksik birliklarni kontekstda maqsadli qo‘llashga yo‘naltirilgan tarzda tatbiq etish imkoniyati yaratilgan;
filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirishning CEFR talablari hamda bo‘lajak filologlarni tayyorlash xususiyatlariga moslashtirilgan uch bosqichli metodikasi (semantik anglash, kontekstual qo‘llash hamda refleksiya asosida mustahkamlash bosqichlari) ishlab chiqilgan va tajriba-sinovdan o‘tkazilgan;
autentik matnlar asosida leksikani amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan topshiriqlar tipologiyasi hamda uning samaradorligi eksperimental yo‘l bilan tasdiqlangan; mazkur tipologiya mazmuniy taxminni rivojlantirish, fanlararo bog‘liqliklarni aniqlash va o‘rganilgan materialni amaliy qo‘llashga yo‘naltirilgan topshiriqlarni o‘z ichiga olgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chet tilini o‘qitish jarayonida filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirishda autentik matnlardan tizimli foydalanishning metodik jihatdan maqsadga muvofiqligi, ularning leksik-semantik boyligi, janr-uslubiy xilma-xilligi, madaniyatlararo ahamiyati hamda chet tilni egallash darajasiga mosligi asosida tanlash mezonlariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan metodik qoidalar hamda autentik matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan mashqlar tipologiyasi asosida “Vocabulary in Context” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanildi va tajriba-sinov ishlari orqali sinovdan o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.04.2025-yildagi 136-son buyrug‘i, ro‘yxat raqami 648173). Natijada, filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
chet tilini o‘qitishda autentik matnlarning aniqlashtirilgan va kengaytirilgan didaktik funksiyalarini til intuisiyasini rivojlantirish, mazmuniy taxmin qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda leksik birliklarni kontekstda maqsadli qo‘llashga yo‘naltirilgan tarzda tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar oliy ta’lim muassasalarida “Til aspektlari amaliyoti” fani doirasida o‘quv jarayonini tashkil etishda tatbiq etildi. Mazkur jarayonda asosiy o‘quv-uslubiy manba sifatida “Vocabulary in Context” qo‘llanmasidan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 14.04.2025-yildagi 136-son buyrug‘i, ro‘yxat raqami 648173). Natijada, talabalarning leksik birliklarni kontekstda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi oshirilgan;
filologiya yo‘nalishi talabalari leksik kompetensiyasini shakllantirishning CEFR talablari va bo‘lajak filologlarni tayyorlash xususiyatlariga moslashtirilgan uch bosqichli metodikasi (semantik anglash, kontekstual qo‘llash, refleksiya asosida mustahkamlash bosqichlari) hamda unga oid metodik tavsiyalar Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida qo‘llanildi (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 18-avgustdagi 22-01-494/22-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, til kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishning samarali metodik modeli joriy etilgan;
autentik matnlar asosida leksikani amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan topshiriqlar tipologiyasi hamda mazmuniy taxminni rivojlantirish, fanlararo bog‘liqliklarni aniqlash va o‘rganilgan materialni amaliy qo‘llashga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Bilimlendiriwde reforma”, “Jaslar waqtı” va “Xabar” teleko‘rsatuvlari uchun materiallar tayyorlash jarayonida qo‘llanildi (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 15-avgustdagi 76/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, chet tillarni o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirishga doir zamonaviy metodik yondashuvlarni ommalashtirishga erishilgan.