Atamuradova Dilshoda Ravshankulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda umumiy topologiya elementlarini mobil ilovalar asosida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD11159
Ilmiy rahbar: Jiemuratov Rzamurat Esbergenovich, Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Kayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ashirova Anorgul Ismoilovna, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda umumiy topologiya elementlarini mobil ilovalar asosida mustaqil o‘rganish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarda umumiy topologiya elementlarini mobil ilovalar yordamida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari “Enriched Virtual Model”, “Flipped Classroom Modeli”, “Self-Blend Model”, “Flex Model”, “Rotation Model” blended learning texnologiyasi modellari tizimli va kompleks yondashuvini ta’minlash, ta’lim texnologiyalarini moslashrirish (adaptive learning), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, adabiyotlar tahlili, fan dasturlarini o‘rganish, talabalarning o‘quv faoliyatini savol-javob, tadqiqot, loyihaviy ish, munozara, mustaqil o‘qish, o‘z-o‘zini baholash, amalyotga yo‘naltirilganlik, faollik, uzlyuksizlik tamoillari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga asoslanib aniqlashtirilgan;
umumiy topologiya elementlarini mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish tuzilmasi nazariy bilimlarni real muammolar echimida qo‘llash, elektron kutubxonalardan samarali foydalanish, o‘quv ma’lumotlarini tahlil qilish hamda taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish modullari, test va reflektiv yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli-pedagogik, faol o‘rganish yondashuvlariga asosan takomillashtirilgan;
talabalarda umumiy topologiya elementlarini mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish jarayonining pedagogik modeli shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli-pedagigik, faol o‘rganishga asoslangan yuondashuvlarni, ilmiylik, mustaqillik, amaliyotga yo‘naltirilganlik, uzlyuksizlik, faollik tamoillariga singdirish hamda Individual Rotation, Self-Blend Model “Enriched Virtual model, Blended Learning modellariga moslashtirish, mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish mazmuni, metod, vosita va shakllarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
mobil ilova asosida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi talabalarda umumiy topologiya elementlarini o‘rganish jarayonida visual ko‘rish, eshitish va amalda bajarishga yo‘naltirish, mustaqil izlanish, muammoni hal etish yo‘llarini mantiqiy tafakkur orqali aniqlashga qaratilgan FSMU, Klaster, Hamkorlik va Muhokama, Muammoli ta’lim (Problem-Based Learning) metodlarini kiritish asosida takomillashtirishtirilgan va tajriba-sinov ishlarini o‘tkazib, natijalarni matematik-statistik usullar yordamida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida mobil ilova orqali umumiy topologiya elementlarini mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
talabalarda umumiy topologiya elementlarini mobil ilovalar yordamida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari “Enriched Virtual Model”, “Flipped Classroom Model”, “Self-Blend Model”, “Flex Model”, “Rotation Model” blended learning texnologiyasi modellari tizimli va kompleks yondashuvini ta’minlash, ta’lim texnologiyalarini moslashtirish (adaptive learning), shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, adabiyotlar tahlili, fan dasturlarini o‘rganish, talabalarning o‘quv faoliyatini savol-javob, tadqiqot, loyihaviy ish, munozara, mustaqil o‘qish, o‘z-o‘zini baholash, amalyotga yo‘naltirilganlik, faollik, uzlyuksizlik, tamoillari bilan o‘zaro muvofiqligini ta’minlashga oid tadqiqotning ilmiy yangiligi “Informatikaning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi №537-sonli buyrug‘iga asosan №537493-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil o‘zlashtirish jarayonini samarali tashkil etish uchun didaktik va metodik asoslarni takomillashtirishga hamda boyitishga xizmat qilgan.
umumiy topologiya elementlarini mobil ilova yordamida mustaqil o‘rganish tuzilmasi nazariy bilimlarni real muammolar echimida qo‘llash, elektron kutubxonalardan samarali foydalanish, o‘quv ma’lumotlarini tahlil qilish hamda taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan baholash va o‘z-o‘zini nazorat qilish modullari, test va reflektiv yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli-pedagogik, faol o‘rganish yondashuvlariga oid tadqiqotning ilmiy yangiligi “Chiziqli algebra va analitik geometriya” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi №537-sonli buyrug‘iga asosan №537454-sonli nashr ruxsatnomasi). Natijada, geometrik usullarining didaktik ta’minotini takomillashtirishga oid nazariy asoslar yanada kengaytirildi;
mobil ilova asosida mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi talabalarda umumiy topologiya elementlarini o‘rganish jarayonida visual ko‘rish, eshitish va amalda bajarishga yo‘naltirish, mustaqil izlanish, muammoni hal etish yo‘llarini mantiqiy tafakkur orqali aniqlashga qaratilgan FSMU, Klaster, Hamkorlik va Muhokama, Muammoli ta’lim (Problem-Based Learning) metodlarini kiritish asosida takomillashtirishtirilgan va tajriba-sinov ishlarini o‘tkazib, natijalarni matematik-statistik usullar yordamida rivojlantirishga yo‘naltirilgan takliflar “Informatikaning nazariy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i asosida taqdim etilgan 537493-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumiy topologiya elementlarini mobil ilova yordamida mustaqil o‘zlashtirish metodikasini takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish