Tadjimova Shaxnoza Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Metodika razvitiya inoyazichnoy kommunikativnoy kompetensii studentov v kreditno-modul`noy sisteme (na primere texnicheskix vuzov)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9443
Ilmiy rahbar: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Mattiev Ilhom Begmatdoʻlovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Djavod Aminbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida texnik oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishda chet tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
texnika OTMlari talabalarining chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati kredit-modul ta’lim tizimi sharoitida mustaqil ta’lim faoliyati doirasida ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilgan, bunda kompetensiyaning tarkibiy komponentlari sifatida lisoniy kompetensiyasi va nutqiy kompetensiyaning integratsiyalashuvi, shuningdek, kasbiy-texnik yo‘nalishdagi ta’lim mazmunining kontekstual talablari (kasbiy vaziyatlar, terminologik minimum, kommunikativ vazifalar) asosida takomillashtirilgan;
chet tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar majmui hamda uning tavsifiy xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan va aniqlashtirilgan, shuningdek, kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan shakl, metod va vositalar (rolli o‘yinlar, keys-stadi, simulyasiyalar, loyiha metodi, kommunikativ topshiriqlar, Google Classroom) tizimlashtirilib aniqlashtirilgan;
texnika OTMlari talabalarining mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish sharoitida chet tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishni maqsad, mazmun va natija bloklari asosida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, reproduktiv, reproduktiv-amaliy hamda ijodiy bosqichlarni qamrab oluvchi modelni takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
texnika OTMlarining real ta’lim amaliyoti sharoitida takomillashtirilgan metodikaning samaradorligi empirik tadqiqot natijalari asosida tasdiqlangan: tajriba guruhlari talabalarida chet tilidagi kommunikativ kompetensiyaning shakllanganlik darajasi bo‘yicha ijobiy o‘sish dinamikasi qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kredit-modul tizimida mustaqil ishlarni bajarish doirasida chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takimollashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnika OTMlari talabalarining chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasi tushunchasining mazmun-mohiyati kredit-modul ta’lim tizimi sharoitida mustaqil ta’lim faoliyati doirasida ilmiy-nazariy jihatdan aniqlashtirilgan, bunda kompetensiyaning tarkibiy komponentlari sifatida lisoniy kompetensiyasi va nutqiy kompetensiyaning integratsiyalashuvi, shuningdek, kasbiy-texnik yo‘nalishdagi ta’lim mazmunining kontekstual talablari (kasbiy vaziyatlar, terminologik minimum, kommunikativ vazifalar) asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Self-study tasks for developing foreign language communicative competence: A guide for the 1st-ear studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i asosida berilgan 5462240 raqamli guvohnoma). Natijada, OTM talabalarining kredit-modul tizimida mustaqil ish doirasida chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
chet tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar majmui hamda uning tavsifiy xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslangan va aniqlashtirilgan, shuningdek, kredit-modul tizimi sharoitida mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan shakl, metod va vositalar (rolli o‘yinlar, keys-stadi, simulyasiyalar, loyiha metodi, kommunikativ topshiriqlar, Google Classroom) tizimlashtirilib aniqlashtirish bo‘yicha berilgan takliflardan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 5-sentyabrdagi 353-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda nutq faoliyati turlari to‘liq rivojlanmaganligi sabablarini aniqlashga imkoniyat yaratilgan;
texnika OTMlari talabalarining mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish sharoitida chet tili kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishni maqsad, mazmun va natija bloklari asosida amalga oshirishga yo‘naltirilgan, reproduktiv, reproduktiv-amaliy hamda ijodiy bosqichlarni qamrab oluvchi modelni takomillashtirishga oid tavsiyalar “Self-study tasks for developing foreign language communicative competence: A guide for the 1st-ear studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan berilgan 5462240 raqamli guvohnoma). Natijada, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga doir mustaqil ishlarda interfaol metodlardan foydalanishga erishilgan;
texnika OTMlarining real ta’lim amaliyoti sharoitida takomillashtirilgan metodikaning samaradorligi empirik tadqiqot natijalari asosida tasdiqlangan: tajriba guruhlari talabalarida chet tilidagi kommunikativ kompetensiyaning shakllanganlik darajasi bo‘yicha ijobiy o‘sish dinamikasiga oid takliflardan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 5-sentyabrdagi 353-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika OTMlarida talabalarning chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning modelini mustaqil ishlar doirasida takomillashtirish va uning mohiyatini ochib berishga sharoit yaratilgan.