Utepbergenov Amangeldi Kutlimuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirish (Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped254.
Ilmiy rahbar: Mamurov Baxodir Baxshullaevich - pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraximov Sanjar Urinboevich - pedagogika fanlari doktori, dotsent; Joʻraev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxonovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti nazariy-tahliliy, diagnostik-analitik, eksperimental, refleksiv-motivatsion, integrativ o‘rganishlar orqali ta’limiy imkoniyatlari zamonaviy konsepsiyalar (kompetensiyaviy, akmeologik va innovatsion yondashuvlar) asosida kompetensiyalar kartasini ishlab chiqishga ustuvorlik berish negizida aniqlangan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirishning istiqbolli didaktik strategiyalari (kompetensiyaviy-integratsion, akmeologik-rivojlantiruvchi, ijodiy-adaptiv, refleksiv-motivatsion, innovatsion-didaktik, etno-madaniy-aksilogik)ni bosqichma-bosqich tatbiq etishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan; 
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish modeli amaliyot dasturlarining variativligi, dinamikligi, muammoli vaziyatlarni prognostik modellashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim tarbiya amaliyotidagi yondashuvlarni o‘zaro hamkorlik, hurmat va faollik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan; 
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmi konseptual-maqsadli, tashkiliy-metodologik, konstruktiv-jarayonli, baholovchi-natijaviy komponentlar mazmuni bilan proporsional optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi pedagogik bilimlarni amaliy faoliyatga ijodiy qo‘llash, yangi didaktik vaziyatlarga ijodiy adaptatsiya, mantiqiy-konstruktiv xulosalar chiqarish hamda global ta’lim transformatsiyasiga integrativ moslashuv asosida ijodiy-adaptivlik, akmeologik-liderlik, refleksiv-motivatsion va innovatsion-didaktik mezonlar orqali oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimini takomillashtirish” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti nazariy-tahliliy, diagnostik-analitik, eksperimental, refleksiv-motivatsion, integrativ o‘rganishlar orqali ta’limiy imkoniyatlari zamonaviy konsepsiyalar (kompetensiyaviy, akmeologik va innovatsion yondashuvlar) asosida kompetensiyalar kartasini ishlab chiqishga ustuvorlik berish negizida aniqlashga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 431390 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimining pedagogik imkoniyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilariningda pedagogik madaniyatni rivojlantirishning istiqbolli didaktik strategiyalari (kompetensiyaviy-integratsion, akmeologik-rivojlantiruvchi, ijodiy-adaptiv, refleksiv-motivatsion, innovatsion-didaktik, etno-madaniy-aksilogik va akmeologik-liderlik)ni bosqichma-bosqich tatbiq etishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirishga oid takliflar “Dene tárbiyası teoriyası hám metodikası” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-008 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimining akmeologik yondashuv asosida didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyati modeli amaliyot dasturlarining variativligi, dinamikligi, muammoli vaziyatlarni prognostik modellashtirishda mustaqil ta’lim faoliyatini yaxlitligini ta’minlash hamda ta’lim tarbiya amaliyotidagi yondashuvlarni o‘zaro hurmat, hamkorlik va faollik tamoyillariga ustuvorlik asosida ishlab chiqilgan xulosalar “Kurash turlarin o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 04-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 246212 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish mexanizmi konseptual-maqsadli, tashkiliy-metodologik, konstruktiv-jarayonli, baholovchi-natijaviy komponentlar mazmuni bilan proporsional optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Uzlyuksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 431390 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimi natijalari samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish samaradorligi pedagogik bilimlarni amaliy faoliyatga ijodiy qo‘llash, yangi didaktik vaziyatlarga ijodiy adaptatsiya, mantiqiy-konstruktiv xulosalar chiqarish hamda global ta’limiy transformatsiyalarga integrativ moslashuv asosida ijodiy-adaptivlik, akmeologik-liderlik, refleksiv-motivatsion va innovatsion-didaktik mezonlar “Futbol oyınınıń teoriyası hám metodikası” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 594316 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining pedagogik madaniyatini rivojlantirish tizimini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish