Kanatbaev Sagidat Saduovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrallashgan fizika darslarida o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped793
Ilmiy rahbar: Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.09.01
Rasmiy opponentlar: Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Husniddin Oltinbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining eksperimental ko‘nikmalarini integrallashgan darslar orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish holati va shu sohadagi ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalari shakllanganlik darajalari ijodiy va mantiqiy fikrlash kriteriyalari asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi umumlashtirilgan darslarda mavzulararo umumiylik, uzviylik, ilmiylik tamoyillari hamda fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini nazariy, masalalar echish, amaliy, loyiha va laboratoriya ishlarida integrallashgan fizika darslari asosida o‘qitish metodikasi ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan;
o‘quvchilarning fizika faniga oid eksperimental ko‘nikmalari rivojlanganligining motivatsion, kognitiv, amaliy va kommunikativ darajalari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining eksperimental ko‘nikmalarini integrallashgan darslar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid uslubiy va amaliy takliflar natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitish holati va shu sohadagi ilmiy tadqiqotlar tahlili orqali o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalari shakllanganlik darajalari ijodiy va mantiqiy fikrlash kriteriyalari asosida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Jalpi fizika (Molekulaliq fizika)” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019- yil 20-iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654 – 179 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 20.11.2024 yildagi № 03-33-3417-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarining shakllanishi uchun metodik ta’minotni amalga oshirishga xizmat qilgan; 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini umumlashtirilgan darslarda mavzulararo umumiylik, uzviylik, ilmiylik tamoiyillari hamda fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Jalpi fizika (Mexanika)” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654- son buyrug‘i, 654 – 178 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 20.11.2024 yildagi № 03-33-3417-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini shakllantrishga xizmat qilgan;
fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini nazariy darslarda, masalalar echishda, amaliy, loyiha va laboratoriya ishlarida integrallashgan darslarga asoslangan o‘qitish metodikasi hamda o‘quvchilarda fizika faniga oid eksperimental ko‘nikmalarini rivojlanganligining motivatsion, kognitiv, amaliy va kommunikativ darajalari, baholash tizimi va indikatorlari prognoz parametrlarining miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish natijasida optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Jalpi fizika (Elektromagnetizm)” nomli darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2019-yil 4-oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892 – 042 raqamli guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 20.11.2024 yildagi № 03-33-3417-sonli ma’lumotnomasi). Najijada, mazkur darslik fizika qozoq tilida o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarning eksperimental ko‘nikmalarini integrallashgan darslar asosida shakllantrishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish